Mashg’ulot. Mavzu: So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi. Jigar qurtining tashqi, va ichki tuzilishi, rivojlanish sikli. Ishning maqsadi: J



Yüklə 22,9 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü22,9 Kb.
#157527
1   2   3   4   5   6
13 – mashg’ulot-fayllar.org

Ishning bajarish tartibi: 1. Jigar qurtining lichinkalarini miratsidiy, sporatsista, rediya, serkariyalarning bо‘yalgan mikroreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzatib, ularning tuzilishini о‘rganing va rasmini chizing.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Jigar qurtining sistematik obzori.
2. Jigar qurtining yashash muhiti va tashqi tuzilishi.
3. Hazm qilish va ayirish organlarini ta’riflang.
4. Jigar qurtining jinsiy sistemasi va kо‘payishini tushuntiring.
5. Jigar qurtining rivojlanish sikli.

14 mashg’ulot.

Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi. Vakillar: Qoramol solityori, Cho‘chqa solityori, exinokok. Tasmasimon chuvalchanglarni ayrim vakillarini rivojlanishi.
Ishning maqsadi: Tasmasimon chuvalchanglardan qoramol, cho’chqa solityori va exinokokkning tuzilishi va rivojlanish siklini о‘rganish.

Kerakli materiallar va jihozlar: Fiksatsiya qilingan qoramol, cho’chqa solityorlari va exinokokk prеparatlar, mikroskoplar, Pеtri kosachasi, soat va buyum oynalari, binokulyarlar, lupalar, tablitsalar va boshqalar.
Ishning mazmuni: Qoramol solityori voyaga yetgan davrida odamlarning ingichka ichagiga (oxirgi xо‘jayin), uning lichinkalari esa qoramollarning (oraliq xо‘jayini) muskillari orasida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-12 metrgacha bо‘lib, bosh (skoleks), bо‘yin va mingga yaqin proglottidlardan iborat. 1,5-2 mm kattalikdagi skoleks noksimon shaklda bо‘lib, tananing oldingi uchida joylashgan. Unda 4 ta sо‘rg‘ichlar mavjud. Sо‘rg‘ichlar о‘rtasida ridimept kо‘rinishdagi xartum bо‘lib, unda xitinli ilmoqchalar bо‘lmaydi. Sо‘rg‘ichlar yordamida solifyor ichak devoriga yopishib oladi. Bosh qismining pastki bо‘g‘inlariga (proglottidlarga) bо‘linmagan qismi bо‘yini tashkil qiladi. Bо‘yin qism kо‘ndalang bо‘linib, Yangi yosh bо‘g‘inlarni hosil qiladi. Bu jarayonni strobilyasiya solityorning uzun zanjirsimon tanasi esa strobila deyiladi. Qoramol solityorining tanasi (strobilasi) о‘n mingdan ortiq proglottidlardan iborat. Bо‘g‘inlar xar xil tuzilishig ega. Bо‘yin qismidan keyin bevosita boshlanadigan bо‘g‘inlarning bо‘yi eniga qaraganda ancha kichik, ularda jinsiy organlar rivojlanmagan bо‘ladi. Solityor tanasining о‘rta qismidagi bо‘g‘inlar (200-250 bо‘g‘inlardan boshlanadi)tо‘rtburchak shaklida bо‘ladi. Bularda erkaklik va urg‘ochilik jinsiy organlar sistemalari rivojlangan.




Yüklə 22,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə