Mashg`ulotning maqsadi va vazifalari



Yüklə 185,52 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü185,52 Kb.
#147206
1   2   3
8-seminar. ta`lim

bosqich. “Davra suhbati” usulida amalga oshiriladi. Talabalarga munozara uchun savollar tarqatiladi (2-ilova). Talabalarga ushbu mashg`ulotni bajarish uchun 5-7 daqiqa beriladi. Topshiriqni bajarib bo`lgach 3-5 daqiqa oralig`ida og`zaki taqdimot qilinadi. Ushbu mashg`ulotni bajarganligi uchun 1.0 ball taqdim etiladi.

  • bosqich. “Taqdimot” 1 bosqich. Har bir guruhga oldindan tayyorlangan mavzu doirasidagi ―qisqacha ma‘lumotlarni tarqatib chiqadi. Berilayotgan ―qisqacha ma‘lumot hajmi har bir guruh uchun bir xil bo`lishi kerak. Chunki ularga ushbu ma‘lumotni o`rganish uchun bir xil vaqt ajratiladi. Ajratilgan vaqt mobaynida har bir guruh a‘zosi ma‘lumotnomani o`qib, tushunib tahlil qila olishi kerak.

    Namuna sifatida quyidagi qisqa ma‘lumotnoma tavsiya etiladi;
      1. 1-ilova


    Qisqa ma‟lumotnoma”

    Mustaqillik ostonasida O`zbekiston SSRda ta‟lim tizimining holati va O`zbekistonda mustaqillik yillarida ta‟lim tizimidagi islohotlar”.


    Istiqlol yo`lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma‘naviy, madaniy omillarga e‘tibor berish bilan birga maorif, ta‘lim-tarbiya ishlariga e‘tibor kuchaytirilmoqda. Ta‘lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib, ongni o`zgartimay bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa, biz ko`zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi, deydi I.A.Karimov.
    Respublikamizda ta‘limning yangi tizimini amalga oshirishda, O`zbekiston hukumati tariximizdagi ta‘lim jarayonlarini o`rganib chiqib, ilg‗or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta‘lim tashabbusini inobatga olib ta‘limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e‘tibor ta‘lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko`tarish va O`zbekistonning ma‘rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi.
    1997-yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasining―Ta‘lim to`g`risidagi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Unda shunday deyiladi: ―Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va faravonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o`zgartish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
    O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir‖. Ushbu qonun 1992-yil 2- iyulda qabul qilingan ―Ta‘lim to`g`risidagi qonunda o`zining mazmun- mohiyatiga ko`ra tubdan farq qilar edi. Jumladan, 2003-yilda mamlakatda 9702 umumta‘lim maktablarida 6 mln. 272000 o`quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o`qituvchilar ta‘lim-tarbiya bergan bo`lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o`quvchi 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991-yili O`zbekistonda 52 oliygoh bo`lgan bo`lsa, 2010-yilda ularning soni 63 taga etgan. 2014- yilda esa hammasi bo`lib 380 ta maktab, 160 tadan ortiq kasb-hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 milliard so`m sarflangan. Ushbu mablag`larning 120 milliard so`mdan ortig‗i ta‘lim muassasalarini o`quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan ta‘minlash uchun ajratildi –deya qayd etadi Prezident. 2015-2020 yillar oralig`ida esa 500 ta umumta‘lim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta‘mirlash rejelashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etildi. Ushbu amalga oshirilayotgan islohotlarni oliy ta‘lim tizimi ham mustasno emas, albatta. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti qayd etganidek ―2011- 2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oliy ta‘lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash bo`yicha qiymati 230 milliard so`mlik ishlar bajarildi.
    2016-yilga kelib mamlakatimizda barcha sohalarda bo`lgani kabi ta‘lim sohasida ham katta o`zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim-tarbiya sohasini rivojlantirish yangi bosqichga ko`tarildi. ―Biz ta‘lim va tarbiya tizimining barcha bo`g`inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o`zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz‖.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab o`tilganidek, yangi ta‘lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta‘mirlashga alohida e‘tibor qaratildi. 12 ta umumta‘lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta‘mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 tabog`cha kapital ta‘mirlandi. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo`g`in hisoblangan maktabgacha ta‘lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o`rni va ahamiyatini e‘tiborga olib, maktabgacha ta‘lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangibog`chalar qurishimiz, ta‘lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko`tarishimiz lozim.
    Ko`plab ota-onalar, o`qituvchi va o`quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta‘lim qayta tiklandi. Respublikamizda 11 yillik o`rta ta‘limning joriy etilishi hamda oliy ta‘lim qamrovining kengayishi, yoshlarni bosh yurishlariga o`rin qoldirmadi. Bu o`quvchiga ota ona bag`rida bo`lib ham o`qib ham o`zi xohlagan hunarni egallashiga imkon beradi.

    Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta‘lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 30- sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta‘lim vazirligi tashkil etildi. Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o`zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan ortiqbog`cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 30- sentyabrda qabul qilingan―Maktabgacha ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlarito`g`risida‖gi qarori maktabgacha ta‘lim tizimini yagona uzluksiz ta‘lim tizimining muhim bo`g‗ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma‘naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta‘lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat qilmoqda. Qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta‘limni rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 million o`quvchi ta‘lim oladi, o`quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o`rta ta‘lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‗ishlangan yig‗ilishida o`qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini alohida ta‘kidladi. Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda o`qituvchining maoshi mamlakatdagi o`rtacha oylikdan 1,5 barobar ko`p. Mamlakatimizda esa o`qituvchining maoshi umumiy o`rtacha oylikning atigi 79 foizini tashkil etadi.
    Joylardagi o`qituvchilarga bo`lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta‘lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo`limlarda o`rta maxsus ma‘lumotga ega bo`lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma‘lumot olish imkoniyati yaratildi.
    Ta‘lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug`bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o`qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.
    Oliy ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta‘lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018-yilda yurtimizda xalqaro talablarga javob beradigan oliy ta‘lim tizimini yaratish bo`yicha keng qamrovli ishlar qilindi. 2018-yilda mamlakatimizda jami 13 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi, jumladan, Samarqandda―Ipak yo`li turizm xalqaro universiteti, Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta‘lim muassasasi―Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filiali, Toshkent shahrida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali faoliyat boshladi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 25-sentyabrdagi Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida ―El-yurt umidi jamg`armasi tashkil etildi. Ushbu jamg`arma chet ellarda faoliyat ko`rsatayotgan salohiyatli vatandosh olimlar, mutaxassislar va ekspertlarni O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga faol jalb etishga, shuningdek iqtidorli yoshlarning rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim olishi, yetakchi xalqaro institutlar hamda xorijiy tashkilotlarda malaka oshirishiga ko`maklashadi. 2018-yil 18–19 oktyabr kunlari birinchi marotaba yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar mavzusida O`zbekiston– Rossiya ta‘lim forumi o`tkazildi. Unda Rossiyaning yetakchi oliy ta‘lim muassasalarining 80 dan ortiq rektori ishtirok etdi. Ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan ta‘lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma hamda bitimlar imzolandi. Jumladan, O`zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta‘lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo`shma ta‘lim dasturi joriy etilishi nazarda tutildi. Har bir kelishuv bo`yicha yo`l xaritalari ishlab chiqilgan. O`zMU, BDU, FarDU, O`z FA va boshqa O`zbekiston oliy o`quv yurtlari va ilmiy muassasalari Rossiya oliy ta‘lim muassasalari bilan bitimlar imzoladi.
    ―Vernadskiy–Ulug`bek loyihasi bo`yicha qo`shma ilmiy maktablar yaratildi. Vernadskiy universiteti ilmiy-ma‘rifiy konsorsiumlari bilan 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik dasturi imzolandi. Prezidentimizning 2018 yil 5 iyundagi Oliy ta`lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi qarori oliy ta‘lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ta‘lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta‘lim muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po`lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo`yicha kelishuvlarga erishilganini ta‘kidlash lozim. Oliy ta‘lim muassasalaridan iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo`limlar ochildi. 2-ilova

    Yüklə 185,52 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə