|
Mashina detallari uchun zagotovka turlari vaKesish maromlarini hisoblashMARUZA - 9Kesish maromlarini hisoblash
uchun dastlabki ma‘lumotlar rolini quyidagilar
bajaradi:
1. Ishlov beriladigan detal to‘g‘risidagi ma‘lumotlar (ishchi chizmasi, ishlov
berish bo‘yicha texnik shartlar), zagotovka materiali, shakli, o‘lchamlari, o‘lchamning
dopusklar maydoni, to‘g‘ri geometrik shakldan og‘ishlar chegarasi (ovallilik,
konussimonlik va h.k.), ishlov berilayotgan yuza tozaligi va aniqligi, yuzalarni o‘zaro
joylashish aniqligi;
2. Zagotovka to‘g‘risidagi ma‘lumot: zagotovka turi va uni olish usuli,
qo‘yimlarni miqdori va turi: yuzaning holati;
3. Metall kesish dastgohining pasporti.
Yuqoridagi ma‘lumotlarga asoslangan holda kesish maromlarini hisoblash
quyidagi tartibda olib boriladi:
1.
Kesish chuqurligi
- t tanlanadi, bu kattalik qo‘yimlar hisobidan keltiriladi.
2.
Kesuvchi asbob
tanlab olinadi. Uning materiali geometrik va konstruktiv
parametrlari va standarti (maxsus bo‘lmasa) ko‘rsatiladi.
3.
Surishlar miqdori
aniqlanadi. Surishlar miqdori – S detalning o‘lchamlari,
turi va kesish chuqurligiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi. Uzatishlar miqdorining
qabul qilingan kattaligi dastgoh pasporti bilan moslashtiriladi, ya‘ni dastgoh bo‘yicha
kichik va yaqin miqdori qabul qilinadi.
4.
Kesuvchi asbobning turg‘unlik davri
tanlanadi. Kesuvchi asbobning
turg‘unlik davri- T uning turiga, o‘lchamlariga va ishlov berish xarakteriga bog‘liq
bo‘ladi.
5.
Kesish tezligi
aniqlanadi. Kesish tezligini aniqlashda ishlov berilayotgan
material, ishlov berish xarakteri, kesish chuqurligi, kesuvchi asbobning turi, uzatishlar
miqdori inobatga olinadi. Hisoblab topilgan yoki jadvallardan qabul qilingan kesish
tezligi asosida dastgoh shpindelining aylanishlar soni topiladi. Bu kattalik uzatishlar
miqdori kabi dastgoh pasporti bo‘yicha moslanadi.
|
|
|