|
Mashina detallari uchun zagotovka turlari vaKesish kuchining tashkil etuvchisi yoki burovchi momentiMARUZA - 9Kesish kuchining tashkil etuvchisi yoki burovchi momenti
aniqlanadi.
7. Kesish uchun
yetarli bo‘lgan quvvati
aniqlanib, bu quvvat dastgohning F.I.K.
orqali uning elektrodvigatel quvvati bilan solishtirilib ko‘riladi. Agarda kesish uchun
talab etilgan quvvat dastgoh quvvatidan katta bo‘lsa, u holda kesish chuqurligi ikkiga
bo‘linib ikki o‘tishda bajariladi yoki kesish tezligi pasaytiriladi.
Ko‘rib chiqilgan barcha ishlar texnologik jarayonni loyihalash uchun zarur
bo‘lib, ularni bajarishda mashinasozlik texnologiyasi asoslarini chuqur bilish taqozo
etiladi.
Barcha loyihalash ishlari bajarilib bo‘lingandan so‘ng yangi ishlabchiqarilgan
texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
aniqlanadi.
Loyihalangan texnologik jarayon standartlar asosida tuzilgan kartalarda
rasmiylashtiriladi. Bunday kartalarga quyidagilar kiradi:
a)
marshrut kartasi
(GOST 3.1404-71). Bu kartada texnologik jarayonni tashkil
etuvchi barcha operatsiyalarni bajarish ketma-ketligi va tartibi ifodalanadi. Bundan
tashqari, dastgoh, moslama, kesuvchi asbob va o‘lchov asboblari to‘g‘risidagi
ma‘lumot mujassamlashtiriladi.
b)
eskizlar kartasi
(GOST 3.1404-74). Bu kartada texnologik jarayon
operatsiyasining grafik tasviri aks ettiriladi.
v)
operatsiyalar kartasi
(GOST 3.1404-71). Bu kartada texnologik jarayon
operatsiyasi to‘la ifodalangan bo‘lib, har bir texnologik o‘tish, holatlar ifodalanib,
dastgoh, kesuvchi yoki yordamchi asboblar, o‘lchov asboblari hamda kesish maromlari
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltiriladi. Ushbu kartadan sovutish-moylash suyuqliklari
to‘g‘risidagi ma‘lumot ham ko‘rsatiladi.
3.2.6-§. Texnologik jarayonlarni tasnifi
Ishlab chiqarish sharoitiga va maqsadiga qarab loyihalanuvchi texnologik
jarayonlarning turli ko‘rinishi va shakli qo‘llaniladi. Texnologik jarayonlarning
ko‘rinishi, jarayon bilan qamrab oluvchi buyumlarning soni bilan aniqlanadi (bitta
buyum, bir tipdagi yoki har xil tipdagi buyumlar guruhi).
|
|
|