Bunda ixtisoslashtirilgan
ishchi joy deb, shunday ishchi joyga tushuniladiki,
bitta buyumni yoki guruh buyumlarni umumiy sozlangan va alohida qayta sozlashlar
bilan uzoq muddatli vaqt oralig‘ida tayyorlash yoki ta‘mirlash uchun xizmat qiladi.
Guruhlashtirilgan texnologik jarayon, shuningdek bir guruhli amaldan iborat bo‘lishi
ham mumkin (bir amalli guruhlashtirilgan texnologik jarayon). Guruhlashtirilgan
texnologik amal qo‘llaniluvchi jihozlar, texnologik moslamalar va sozlash umumiyligi
bilan tavsiflanadi.
Guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar hamma
turdagi ishlab chiqarishlar
uchun faqat korxona miqyosida ishlab chiqiladi.
Perspektiv texnologik jarayon
deb,
hozirgi zamon fan va texnika, usullar va
vositalar yutuqlariga mos keluvchi, uning bajarilishida to‘la yoki qisman o‘zlashtirish
korxona oldida turgan texnologik jarayonga aytiladi.
Ishchi texnologik jarayon
deb, ishchi texnologik va
konstruktorlik hujjatlari
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga aytiladi. Ishchi texnologik jarayonni faqat
korxona miqyosida ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishni konkret predmetini tayyorlash
yoki ta‘mirlash uchun qo‘llaniladi.
Loyihaviy texnologik jarayon
- bu texnologik hujjatlarning
dastlabki loyihasi
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: