Bu yerda eng muhim yechim o‘lchamlar zanjirlarini berkituvchi zvenolarini
aniqlash hisoblanadi. Berkituvchi zveno texnologik qo‘yim
sifatida ham berilishi
mumkin, u konstruktor belgilagan qo‘yim bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida
tayyorlangan detallar yoki yig‘ilgan mashinalar sifati to‘g‘risida aniq bir fikr aytish
mumkin bo‘ladi. Texnologik qo‘yim kichik bo‘lishi kerak, hech bo‘lmaganda
konstruktornikiga teng. Agar bu shartlarga rioya qilinmayotgan bo‘lsa,
detallarni
tayyorlash texnologik jarayonini o‘zgartirish zarur.
O‘lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba‘zi bir qoidalarni qo‘llash
zarur. O‘lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattalashtirish natijasida
berkituvchi zveno kattalashsa, kattalashtiruvchi
zveno deb ataladi va
A
i
bilan
belgilanadi. O‘lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattalashtirish bilan
berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi
zveno deb yuritiladi va
A
i
bilan
belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig‘iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi
yoki kichiklashtiruvchi zvenolar ko‘rinishidagi bo‘laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli
sxemalar tuziladi (3.10- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi
zveno, A1, A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi.
O‘lchamlar
zanjirlari yordamida, qoida bo‘yicha ikkita masala yechiladi.
Dostları ilə paylaş: