Mashina detallari uchun zagotovka turlari va


Guruhlashtirilgan texnologik jarayon



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix27.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#162229
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
MARUZA - 9

Guruhlashtirilgan texnologik jarayon
- bu har xil konstruktiv, ammo 
texnologik belgilari umumiy bo‘lgan guruh buyumlarini tayyorlash texnologik 
jarayoni (GOST 3.1109-82). Shu ta‘rifga mos ravishda guruhlashtirilgan texnologik 
jarayonning o‘zi turli shakldagi tanavorlarga ishlov beruvchi jarayon sifatida
guruhlashtirilgan texnologik amallardan tashkil topgan, ixtisoslashtirilgan ishchi 
joylarda ma‘lum guruh buyumlarni tayyorlash texnologik marshruti ketma-ketligida 
bajariladi (GOST 14.316-75).


Bunda ixtisoslashtirilgan ishchi joy deb, shunday ishchi joyga tushuniladiki, 
bitta buyumni yoki guruh buyumlarni umumiy sozlangan va alohida qayta sozlashlar 
bilan uzoq muddatli vaqt oralig‘ida tayyorlash yoki ta‘mirlash uchun xizmat qiladi. 
Guruhlashtirilgan texnologik jarayon, shuningdek bir guruhli amaldan iborat bo‘lishi 
ham mumkin (bir amalli guruhlashtirilgan texnologik jarayon). Guruhlashtirilgan 
texnologik amal qo‘llaniluvchi jihozlar, texnologik moslamalar va sozlash umumiyligi 
bilan tavsiflanadi. 
Guruhlashtirilgan texnologik jarayonlar hamma turdagi ishlab chiqarishlar 
uchun faqat korxona miqyosida ishlab chiqiladi. 
Perspektiv texnologik jarayon
deb, hozirgi zamon fan va texnika, usullar va 
vositalar yutuqlariga mos keluvchi, uning bajarilishida to‘la yoki qisman o‘zlashtirish 
korxona oldida turgan texnologik jarayonga aytiladi. 
Ishchi texnologik jarayon
deb, ishchi texnologik va konstruktorlik hujjatlari 
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga aytiladi. Ishchi texnologik jarayonni faqat 
korxona miqyosida ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishni konkret predmetini tayyorlash 
yoki ta‘mirlash uchun qo‘llaniladi. 
Loyihaviy texnologik jarayon
- bu texnologik hujjatlarning dastlabki loyihasi 
bo‘yicha bajariluvchi texnologik jarayonga tushuniladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə