|
Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить слоGidravlik yuritmali ekskavatorlar
|
səhifə | 3/8 | tarix | 28.03.2023 | ölçüsü | 1,41 Mb. | | #103363 |
| Kurs ishi ekakavator )Gidravlik yuritmali ekskavatorlar. Gidravlik yuritmali bir choʻmichli ekskavatorlar koʻp motorli, toʻla buriladigan va burilmaydigan, ish jihozlar bikr qilib osilgan mashinalar boʻlib, dvigatelning quvvatini ijrochi mexanizmlarga uzatish uchun gidravlik hajmli yuritma qoʻllaniladi. Bu turdagi ekskavatorlar mexanik ekskavatorlarga nisbatan kengroq xildagi almashinuvchi ish jihozlariga ega va ish jihozlarining asosiy hamda yordamchi harakat turlari nisbatan koʻp, bu esa ularni texnologik imkoniyatlarini kengaytiradi va shaxar, sanoat hamda gidroinshootlar qurilishida bajariladigan yer qazish ishlarini, ayniqsa tor sharoitlarda qurilish ishlarini mexanizatiyalash darajasini oshirishga imkon beradi.
Gidravlik ekskavatorning gidravlik tizimda manba orqali godronasoslar ishchi suyuqliklarni bosim ostida harakatga keltirib gidravlik energiyani yuzaga keltiradi. Gidravlik quvurlar, himoyalovchi, boshqaruvchi va nazoratlovchi gidro elementlar esa bu energiyani mehanik harakatga keltiradigan gidrodvigatellarga uzatiladi. Natijada aylanma, burilma va tug’ri chiziqli ilgarilanma qaytma harakatlarni yuzaga keladi.
Gidravlik ekskavatorlar asosiy tizimlari: Mexanika; Konstruksiya, pastki rama, buriluvchi platforma, ishchi qurilmalar, harakatlanish mexanizmi. gidravlik tizmi; gidravlik silindr, gidronasos, gidromator, zolotniklar, yuqori bosim rukavasi, filter, boshqaruvchi va himoyalanuvchi qurilmalari. Elektrik tizmi; Zalotniklarni boshqaruv salinoidlar, yoritish, issitish, ishchi qurilmalarni past haroratda issitish, haroratniboshqaruvchi datchiklar tizmi, bosim, bortdagi kompyutor ko’rsatkichlarni boshqarish, operatorga ma’lumotni ta’minlash. Quvvat manbai; Ichki yonuv dvigateli,elektrodvigatel, buralish reduktori, harakatlanish va uzatma reduktori gidravlik nasoslari
Gidravlik ekskavatorlar sharnir-richagli (1-rasm) va teleskopik ish jihozli buladi, ularni ushlab turish va harakatga keltirish uchun bikr bog'lanishlar – gidrosilindrlar qoʻllaniladi. Sharnir-richagli jihozlarning ish harakatlari strelaning qiyalik burchagini oʻzgartirish, dastani choʻmich bilan birga strelaga nisbatan burish va choʻmichni dastaga nisbatan burish, teleskopikli turida esa – teleskopik strelani chiqarish va ichiga tortib olishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |
|
|