Математическое моделирование используется для того, чтобы избежать порчи элементов при ошибке и их замены, а также снизить сло



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə2/8
tarix28.03.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#103363
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi ekakavator )

Umumiy qism

Ekskavatorlar o‘zi yurar yer qazish mashinalari bulib, ular gruntni qazish va uni bir joydan ikkinchi joyga surish uchun xizmat kiladi. Ular ish jixozi ma’lum sigimga ega bo‘lgan cho‘michdan iborat siklli ishlaydigan bir kovshli ekskavatorlarga va ko‘p cho‘michli, kurakli va frezali (cho‘michsiz) ish jixoziga ega bo‘lgan uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlarga bo‘linadi. Bir cho‘michli ekskavatorlar ishni aloxida, ko‘p marta takroorlanadigan sikllar bilan bajaradi, buning natijasida yerni qazish va uni siljitish jarayoni aloxida va ketma-ket bajariladi. Ish jarayonida mashina vaqti-vaqti bilan navbatdagi grunt xajmini ishlash uchun joyidan jilib turadi. Uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlar esa gruntni qazish va uni siljitish jarayonini bir vaqtning o‘zida va uzluksiz bajaradi. Bunday ekskavatorlarning ish unumi bir cho‘michlilarnikiga nisbatan yuqori, chunki ular grunt va ish jixozlarini jildirish uchun ish vaqtining 2/3 qismini sarf qiladi.


Uzluksiz ishlaydigan ekskavatorlar esa vazifasiga ko‘ra bo'ylamasiga truboprovod va turli xil kommunikatsiyalar uchun xandaklar qaziydigan (xandak ekskavatorlari), kanallar va suv yo‘llari qaziydigan (kanal kovlagichlar) xamda kon tekislash va meloratsiya ishlari uchun mo‘ljallangan ko‘ndalangiga kovlaydigan mashinalarga va radial kovlaydigan mashinalar- katta xajmdagi ochish va kon ishlari uchun mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. Shaxar, sanoat va gidroinshootlar qurilishida ko‘proq bir cho‘michli universal qurilish va xandak ekskavatorlari qo‘llaniladi.
Bir cho‘michli ekskavatorlar vazifasiga ko‘ra qurilishda yer qazish va yuklash-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan universal qurilish ekskavatorlariga, qurilish materiallari, ruda va ko'mir qazib olish, ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish uchun mo‘ljallangan kon ekskavatoriga bo‘linadi.


Bir cho'michli qurilish ekskavatori.

Bu ekskavatorlarga sigimi 0,25 … 4 m3 bo‘lgan bir cho‘michli turli xil almashtiriladigan ish jixozlariga ega bo‘lgan universal ekskavatorlar kiradi. Ular


I – IV kategoriyali gruntlarda yer qazish ishlarini bajarish uchun xizmat kiladi.
Qurilish ekskavatorlarining asosiy qismlari: gusenitsali va pnevmogildirakli yurish qurilmasi, burilish platformasi hamda almashadigan ish uskunalaridan iborat. Burilish platformasi yurish qurilmasiga rolikli tayanch-burilish doirasi orqali tayanib turadi va unga nisbatan gorizontal tekislikda burilishi mumkin.
Bir choʻmichli qurilish ekskavatorlari quyidagi belgilariga koʻra tasniflanadi: yurish qurilmasi turiga koʻra – gusenitsali (normal va tayanch yuzasi kattalashtirilgan) va pnevmogildirakli; yuritma turiga koʻra – bir motorli (gidravlik); tayanch-burilish qurilmasiga koʻra – toʻla buriladigan (ish jihozlarining planda burilish burchagi chegaralanmagan) va toʻla burilmaydigan (ish jihozlarining plandagi burilishi 180°…270° ga chegaralangan); ish jihozlari osmalarining turiga koʻra – poʻlat arqon polistpastlarga osilgan egiluvchan osmali va gidrosilindrlar yordamida bikr osilgan; ijrochi ish jihozlarining bajarilishiga koʻra sharnir-richagli va teleskopik.
Bir choʻmichli ekskavatorlar quyidagi asosiy belgilari boʻyicha tasniflanadi.:
• Foydalanish bo'yicha: qurilish, universal, karyerli, foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish,maxsus;
• Yurish tuzilmasi bo'yicha: gusenitsali, pnevmogʻildirakli, qadamlovchi, relsli, va suzuvchi;
• Ishchi jihozini ishlatishi bo'yicha : Egiluvchan (kanatli) osmali; qattiq osmali (gidrotsilindrlar ishchi jihoz elementlari gidrotsilindrlar bilan harakatga keladi); teleskopik qulochli;
• Kuch yuritmasi bo'yicha : Bir va koʻp dvigatelli, elektrik, ichki yonuv dvigatelli, dizel- elektrik.
• Transmissiya turi bo'yicha: mexanik, gidravlik, elektrikli va aralash transmissiyali;
• Boshqarish tizimi bo'yicha: Gidravlik ,pnevmatik, elektrik kombinatsiyalashgan (elektropnevmatik, elektrogidravlik);
• Tayanch burilish tuzilmasi boʻyicha: toʻliq buriluvchan va burilmaydigan
Bulardan tashqari, ekskavatorlar oʻlchamlari, massasi, quvvati va choʻmichining sigʻimiga koʻra uzaro fark qiladi.
Bir choʻmichli ekskavatorning asosiy parametrlari quyidagilardir: choʻmichning sigʻimi, ish siklining davomiyligi, qazish va tuproqni to'kish radiusi, qazish balandligi va chuqurligi, tuprokni tukish balandligi, ekskavator yenga oladigan yul kiyaligi, mashinaning konstruktiv va ekspluatatsion massasi, gruntga bo'ladigan oʻrtacha solishtirma bosim, yurish qurilmasining koleyasi va bazasi.
Qurilishdaga turli xil yer qazish va yuklash bilan bog'lik boʻlgan ishlarni
turli sharoitlarda bajarish uchun bir choʻmichli qurilish ekskavatorlari choʻmich va boshqa almashtiriladigan ish jihozlari bilan taʼminlanadi.
Agar ekskavatorlarga kamida uchta almashtiriladigan ish jihozi - to'gʻri kurak (lopata), teskari koʻrak va draglayn oʻrnatish mumkin bulsa, ularga boshka turdagi ish jihozlari oʻrnatish xam mumkin va bunday ekskavatorlar universal ekskavatorlar deyiladi.
Ekskavatorlarning xar qanday ish jihozi bilan ishlash sikli quyidagi operatsiyalardan iborat:
1) ish yo'li - koʻtarish va bosish yoki tortish mexanizmi yordamida choʻmichni grunt bilan toʻldirish, joyiga olib borish va tukish;
2) salt yo'li - bush choʻmichni tukish joyidan yana qazish joyiga keltirish;
3) ekskavatorni yangi ish joyiga olib o'tish.
Ekskavator ish siklining qismlarini ishi misolida batafsilroq ko'rib chiqamiz.
Choʻmichni toʻldirish ekskavator ish unumini belgilovchi asosiy jarayondir. Koʻtarish paytida choʻmich bosim ostida gruntga kirib, gruntni qatlamlab qirqa boshlaydi (qirindi xosil qilib). Boglanishi kam, sochiluvchan va o'ta yumshoq gruntlarda choʻmich gruntni qirqmasdan, balki porsiyalab va bulaklab oladi.
To'lgan choʻmichdagi tuprokning hajmi qirqilgan qirindining kesimi va uzunligiga bogliq. Bu uzunlikning vertikalga proyeksiyasi - qazish balandligi Nk deyiladi. Ketma-ket qirqishlar jarayonida choʻmich trayektoriyasining shakli o'zgarmasligi uchun qirindi kesimining gorizontal bo'yicha uzunligini qazish balandligi buylab taxminan bir xil deb qabul qilsa xam bo'ladi. Qirindini qalinligi bosim yo'nalishida oʻzgaruvchan boʻlib, bosim vali balandligida eng katta (Smax) qiymatiga yetadi.
Qazish davomiyligi qikl umumiy vaqtining taxminan 30 - 35% ni tashkil etadi. Sikl davomiyligini koʻpaytirmaslik uchun choʻmichni burilish paytida-
yoq boʻshatish uchun yuboriladi. Buning uchun choʻmichni barcha harakat-larning tezlik va tezlanishlarini minimal burish burchagida (400 atrofida) moslab olish talab qilinadi. Boʻshatish vaqtining davomiyligi gruntning qovushqoqligi, choʻmich hajmi hamda boʻshatish joyiga boglik boʻlib, 1 ... 8 sekundni tashkil etadi. Choʻmichni boʻshatishga ochish choʻmichni burish bilan bir vaqtda boʻlishi kerak. Avtomobil transportida kuzovning hajmi 4 ... 5 choʻmichning hajmiga, temir yo'l transportida - 8...10 choʻmichning hajmiga teng boʻlishi kerak.
Ekskavatorning barcha mexanizmlari pnevmatik yoki gidravlik usulda boshkariladi. Kam koʻshiladigan yordamchi mexanizmlar richaglar yordamida boshqariladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə