Matematik o'yinlar



Yüklə 46 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü46 Kb.
#123257
MATEMATIK O\'YINLAR


MATEMATIK O'YINLAR

REJA:
1. Maktabgacha tarbiya muassasalarida matematika bo’yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilishning ahamiyati.


2. Matematika bo’yicha ishni rejalashtirish.
3. Kalendar rejaga qo’yiladigan talablar va hisobot.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbiga oid tayyorgarchiligiga bog’liq.


Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari ishini rejalashtirish va tashkil qilishsiz ish hal bo’lmaydi.
Matematika mashg’ulotlarini planlashtirish
Matematika mashg’ulotlari ham boshqa predmet mashg’ulotlari kabi kalendar planda rejalashtiriladi. Ba‘zi paytlarda tarbiyachining kalendar planidan tashqari, plan konspekt ham tuziladi. Qanday paytlarda? - Qanday maqsad bilan?
Kalendar plandan konspektning farqi nima? Mashg’ulot konspekti batafsil yoziladi, ba‘zi paytlarda tarbiyachi qiladigan ish so’zma — so’z yozilib, ko’chirma gaplar va bolalarning ismlari, ham keltirib yoziladi. Konspekt yozish va konspekt bilan mashg’ulot o’tish tarbiyachi uchun ancha oson bo’ladi. Ammo, tarbiyachilar bolalar bog’chasida ko’pincha o’zlari tuzgan planlar bilan mashg’ulotlarini o’tkazadilar. Shuning uchun ham tarbiyachilar konspektdan ham avval plan yozishni, uni tuzishni o’rganishlari kerak.
Tarbiyachilar matematika mashg’ulotlarni faqat o’z gruppasidagina emas, balki boshqa gruppalarda o’tkaziladigan mashg’ulotlarni ham programma mazmunini bilishlari kerak. Yilning boshida ikkala tarbiyachi ham matematikadan, mashg’ulotlarni planlashtirishi juda muhim.
Mashg’ulot konspektining taxminiy sxemasi
Mashg’ulotning nomi.
Dasturning mazmuni.
Oldindan olib boriladigan ish. /Bolalarning bilim darajalarini bilish/
Mashg’ulotga tayyorlanishi.
Bolalarni tashkil qilish, mashg’ulotning borishi, metodik usullar /bular hammasi birgalikda yoziladi/.
SHuningdek, tarbiyachilarning nutqi bu yerda juda katta ahamiyatga ega. Uning nutq madaniyati va savodi, ravon va anik, muloyim va sodda, anik, qisqa tushuntiradigan, to’g’ri savol bera oladigan, u ko’p bo’lmasdan aniq savollar berib, qo’yilgan vazifaga to’lik javob oladigan bo’lishi kerak.
Har bir bola bilan mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda ham yakkama- yakka ish olib borishi zarur. Matematika mashg’ulotlarida olgan bilimlarini boshqa mashg’ulotlarda mustahkamlab borishi kerak. Bolalar bog’chasi dasturi malakali tarbiyachilarga moslab tuzilgan. Ammo dastur - bu darslik emas. U bilan ishlashni o’rganish va bilish kerak. Undan keyin shu planga qarab 2 haftalik mashg’ulotlar plani tuziladi. Lekin shunday narsalarga e‘tibor qilish kerak:
1. Hamma va ayrim bolalarni bilish darajalarini.
2. Programma vazifalarini
3. Ko’rgazma qurollar qancha borligini bilish va qanday materiallarni tayyorlash kerakligini e‘tiborga olish kerak bo’ladi. Lekin aniq mashg’ulot planini umumiy sxemaga aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o’tib, mashg’ulotning qismlarini ko’rsatishi noto’g’ri. Mashg’ulot planini mashg’ulot konspektiga o’xshatish ham kerak emas.
Matematikadan mashg’ulotlar plani aniq tuzilishi kerak. Metodika va nazariyani biladigan boshqa tarbiyachi ham bu plandan foydalanib mashg’ulot o’tkazishi mumkin bo’lishi kerak.
Ish tajribasida ayrim tarbiyachilar boshqa odam tayyorlagan planlarni, konspektlarni ko’chirish bilan shug’ullanadilar. Bu albatta, unga katta zarar keltiradi. Bunday tarbiyachi hech qanday ijodiy ish olib bormaydi va bolani tarbiyalashda juda katta, yomon xatoga yo’l qo’yadi.
Plan tuzishning taxminiy sxemasi
1. Mashg’ulotning nomi: Bu punktda uchraydigan xatolar:
A) mashgulot nomi o’rniga uning nomeri yoki didaktik o’yin nomini yozib qo’yadilar, bu noto’g’ri hisoblanadi.
2. Programma mazmuni:
Bu punktda biz nimalarni o’rganish, qanday tushunchalarni qanday hajmlarda berilishini yozamiz. Undan keyin ishimizga qo’yilgan vazifalarni, maqsadimizni yozamiz.
/Bundagi xatolar/
a) o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ifodalashda aniq so’z topa olmaslik, ko’pincha tarbiyachilar «o’rganishi» deb yozadilar, bu noto’g’ri, chunki /faqat bir mashg’ulotda bolani o’rgatib bo’lmaydi. Shuning uchun boshqa so’zlarni ishlatish lozim. Ya‘ni, tanishtirish, ko’rsatish, mustahkamlash, mashq qilish kabilar/.
SH. Ko’rgazmali materiallar:
Bu punkgda metodik usullar yozilmaydi. Planda mashg’ulotga kerakli ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
IV. Mashg’ulotning borishi
Bu punktda ham metodik usullar yozilmaydi, faqat mashg’ulot haqida batafsil yoziladi.
Mashg’ulotning borishi qismlarga bo’linadi. Shularning hammasini qisqa, aniq va ko’chirma gaplarsiz yozish kerak.
1. Mashg’ulotning nomi: elementar matematika.
1. Bolalar nutqida “ko’p”, “bitta-bittadan”, “birorta ham” so’zlarni qo’llanilishini shakllantirish va aktivlashtirish.
2. Programma mazmuni:
Bolalarni ayrim predmetlarni gruppadan ajratib olishga va ayrim predmetlardan gruppa tuzishga o’rgatishni davom ettirish, gruppadagi, barcha predmetlar uchun umumiy bo’lgan 1-2 belgini topishga bolalarni o’rgatish; bolalar nutqida “ko’p”, “bitta”, “bittadan”, “birorta ham” so’zlarni qo’llanilishini aktivlashtirish, bir soni gapda ot vazifasida kelganida turlash.
Ill. Ko’rgazmali material:
O’yinchoqlar: gruppadagi bolalar soniga teng miqdorda archacha va quyoncha.
IV. Mashg’ulotning borishi:
1 qism: Bolalarni archachalarning ko’pligiga jalb qilaman. Keyin esa bitta archacha olib bolalardan menda nechta archacha borligini so’rayman, ulardan javob olgan har bir bolani bittadan archacha olishga taklif etaman va ularning har biridan nechta archacha olganligini so’rayman. Hammalari archachalarni olib bo’lganlaridan so’ng stolda bitta ham archacha qolmaganligini " ta‘kidlayman va bolalarga archachani ko’zdan kechirishni taklif qilaman. Bolalardan archachalarning rangini, har birida nechtadan archacha borligini savollar berib so’rayman, so’ng umumlashtiraman.
Hamma bolalarda bittadan archacha borligini stol ustida bitta ham archacha qolmaganligini ta‘kidlayman va bolalarga hammalari birgalikda birorta ham archacha qolmaganligini aytishni taklif qilaman. Shundan so’ng hamma bolalarga bittadan archachani stol ustiga olib kelib qo’yishlarini aytaman va bolalarning har biridan nechta archacha qo’yganligini so’rayman. Shundan so’ng archalar ko’payib qolganligini ularga tushuntiraman. Oxirida esa archalar ko’pligini aytib yakunlayman.
2 qism: Bunda xuddi shunday mashqni quyonchalar bilan o’tqazib, bolalarni gruppadagi predmetlarning hammasi uchun umumiy bilishlarni ko’ra bilishga o’rgataman. Ulardan archacha va quyonchalar rangini so’rayman. Ularning javoblaridan xulosa qilaman.

Pedagogik ishning hisoboti va analizi


Hayot gruppadagi ta‘lim tarbiyaviy jarayonni analiz qilishni, uning sifat va samaradorligini aniqlashni talab qiladi. Mashg’ulot aniq bolalar va alohida olingan har bir bola programma materialini qanday egallaganligi (topshiriqlarni hamma uddaladimi, kim uddalay olmadi, sababi nimada, bu bolalarga tatbiqan harakatlarning qanday individual programmasini mo’ljallash, yo’q bo’lgan va orqada qolgan bolalarga yetishib olishlarida qanday yordam berish, mashg’ulotda boallarning aktivligi qanday bo’lganligi) qayd etiladi, bolalar intellektlari, xotiralari, idroklarida qanday siljishlar tashlanganligi, ularning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari nimalarda ifodalanganligi, ta‘lim tarbiya jarayonini o’stiruvchi hamda tarbiyalovchi ahamiyat kasb etgan-etmaganligi aks ettiriladi.


Bolalarning yutuqlari maksimal darajada ob‘ektiv baholanishi kerak, chunki haqiqiy ahvolni analiz qilishgina maktabgacha yoshdagi bolalarga bundan keyin ta‘lim va tarbiya berish usullarini aniqlash uchun asos bera oladi. Shuning uchun tarbiyachi faqat o’zining taasurotlariga asoslanmasligi, balki bolalar faoliyati (rasm, yasalgan narsa, bolalar hikoyalari va shu kabilar)ning natijalaridan foydalanishi lozim. Nimalar egallanmaganligi, kimlar va nima egallanmaganligi albatta hisobga olinishi kerak. Masalan, kichkintoylarning nutqlarnni o’stirish va ularga savod o’rgatish mashg’ulotlaridagi faoliyatlarini analiz qilishda bolalarning predmet va hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlarining cifati, ularning nutqiy ko’nikmalari, ifoda vositalaridan foydalanish, so’z yasash, so’zni o’zgartirish malakalari, so’zning tovush strukturasini farqlashning rivojlanganligi va shu kabilarga e‘tibor berish zarur.
Bolaning ta‘limda orqada qolish sabablari analiz qilinar ekan, tarbiyachilarning ishlarini kuzatish, ularga bu hodisalar sabablarini aniqlashlarida ko’maklashish, alohida-alohida o’qitishni uyushtirishda va bolalarga individual yondashishni amalga oshirishda foydali maslahatlar berishi kerak.
Umumiy ta‘lim va hunar maktabining islohoti mehnat ta‘limiga doir ishlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Yangi programmada bolalarning mehnati birinchi marta bolalar faoliyatining mustaqil turi sifatida ikkinchi kichik gruppadan boshlaboq alohida bo’limga ajratilgan. Shuning uchun hisobotda bolalarda mehnat ko’nikma va malakalari, kollektiv mehnat malakalarining rivojlanish darajasini qayd etish lozim. Bunday analiz tarbiyachiga pedagogik jarayonning tafsilotini ko’rish, ijobiylik va kamchiliklarni ob‘ektiv baholash, asosli xulosalar chiqarish, o’z mehnati mahsulini ko’rish va uning istiqbolini belgilash imkonini beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Stolyar A.A. Formirovanie elementarnx matematicheskix predstavleniy u doshkolnikov. M., 1988 y.
2. Bikbaeva N.U., Ibroximova 3.I. Qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish. T.1995 y.
3. Metlina L.S. Bolalar bog’chasida matematika. T. — 1981 y.
4. Bolalar bog’chasining ta‘lim tarbiya dasturi.
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə