Matematik statistikaning vazifalari masalalar reja



Yüklə 69,02 Kb.
səhifə1/4
tarix27.05.2023
ölçüsü69,02 Kb.
#113513
  1   2   3   4
matematik statistikaning vazifalari masalalar


matematik statistikaning vazifalari masalalar
reja
1. Matematik statistika elementlari.
2. Matematik statistikaning parametrik masalalari.
Matematik statistikaning parametrik
va noparametrik masalalari.  
[4] 176-178, [5] 140-143, [6] 108-110,[9] 182-184
[4] 179-186, [5] 140-143, [6] 110-115,[9] 206-209
[5] 143-149, [6] 115-116,[9] 206-209
1. Matematik statistika elementlari.
Statistika so`zi lotincha so`zdan olingan bo`lib, holat, vaziyat degan ma`noni anglatadi.
Statistika tabiatda va jamiyatda bo`ladigan ommaviy hodisalarni o`rganadi. Statistika fani qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ommaviy tasodifiy hodisalarni kuzatish natijalarni tasvirlash, to`plash, sistemalashtirish, tahlil etish va izohlash usullarini o`rganadi.
Matematik statistika esa ommaviy va ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan tabiiy jarayonlarni tahlil etish uchun matematik apparat bo`lib xizmat qiladi.
Matematik statistikaning vazifasi o`rganilayotgan ob`yekt bo`yicha statistik ma`lumotlarni to`plash, ularni taxlil qilish va shu asosda ba`zi bir xulosalarni chiqarishdan iborat.
Quyida matematik statistikaning asosiy masalalari bilan tanishib chiqamiz:
1. Faraz qilaylik, tasodifiy miqdor   ning taqsimot funksiyasi  bo`lsin. Statistika nuqtai nazaridan  tasodifiy miqdor ustida n ta o`zaro bog`liq bo`lmagan tajribalar o`tkazib,  qiymatlarni olgan bo`laylik. Hosil bo`lgan   lar bo`yicha   tasodifiy miqdorning no`malum  taqsimot funksiyasini baholash matematik statistikaning vazifalaridan biridir. Matematik statistikaning ushbu masalani yechish bilan shug`ullanuvchi bo`limi noparametrik baholash nazariyasi deb ataladi.
2.   tasodifiy miqdor k ta noma`lum parametrga bog`liq ma`lum ko`rinishdagi taqsimot funksiyaga ega bo`lsin.  tasodifiy miqdor ustidagi kuzatishlarga asoslanib, bu noma`lum parametrlarni baholash matematik statistikaning vazifasidir. Matematik statistikada bu masalani yechish bilan shugulanuvchi bo`lim parametrik baholash nazariyasi deyiladi.
3. Kuzatilayotgan miqdorlarning taqsimot qonunlari, ba`zi xarakteristikalari haqidagi har qanday farazlarni “statistik gipotezalar ” deb ataladi.
Faraz qilaylik, ba`zi mulohazalarga asoslanib,  tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasini  deb hisoblash mumkin bo`lsin, shu  funksiya xaqiqatdan ham  ning taqsimot funksiyasimi yoki yo`qmi degan savol statistik gipoteza hisoblanadi.
U yoki bu gipotezani tekshirish uchun kuzatishlar orqali yoki maxsus tajribalar o`tkazish yo`li bilan ma`lumotlar olib, ularni qilingan gipotezaga muvofiq nazariy jihatdan kuzatilayotgan ma`lumotlar bilan taqqoslab ko`rish kerak. Agar olingan ma`lumotlar haqiqatdan ham nazariy jihatdan kutilgan ma`lumotlar bilan mos kelsa, u vaqtda bu fakt o`sha gipotezaning to`g`riligiga ishonch hosil qilish bilan, uni qabul qilish uchun asos bo`lishi mumkin. Agar olingan ma`lumotlar nazariy jihatdan kutilayotgan ma`lumotga yetarlicha to`g`ri kelmasa u holda qilingan gipotezani qabul qilishga asos bo`lmaydi.
Umuman, kuzatish natijalari bilan nazariy jihatdan kutiladigan natija orasidagi farq turlicha bo`lishi mumkin. Shu farqni statistik baholash natijasida u yoki bu gipotezani ma`lum ehtimollik bilan qabul qilish mumkin, ya`ni shu farq katta bo`lsa gipoteza qabul qilinmaydi, aks holda qabul qilinadi, albatta bu farq qancha bo`lganda gipotezani qabul qilish mumkinligi masalaning quyilishiga bog`liq bo`ladi.
Matematik statistikaning bu masalani yechish bilan shug`ullanuvchi bo`limi statistik gipotezalar nazariyasi deyiladi.

Yüklə 69,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə