Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi


Ikkinchi va uchinchi, birinchi va ikkinchi



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə10/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.

Ikkinchi va uchinchi, birinchi va ikkinchi bosqichlarning chegaralari taxminiy bo‘lsa-da, masala yechilayotganda ushbu chegaralar aniq namoyon bo‘ladi. Ushbu bosqich qisqartirilgan xarakterda bo‘lishi mumkin; oxirgi harakat shundagina o‘rinli bo‘ladi, qachon natijaga olib keluvchi hamma harakatlar oldingi bosqichda bajarilgan bo‘lsa, o‘quv amaliyotida uchinchi bosqich bola tomonidan masalaning og‘zaki yechilish jarayonida tashqi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ushbu bosqichda tugallangan oxirgi toza nusxali u yoki bu uslub orqali obyektlashgan yechim hosil bo‘ladi.
To‘rtinchi, so‘nggi bosqich. Masalaning ustida ishlashning ushbu bosqichi kelib chiqqan natijaning to‘g‘riligini tekshirish va chamalab ko‘rmoqni (ammo tekshirish yechimning ajralmas qismi bo‘lib kelmaydi), boshqa yechim imkoniyatlarini topishni, ularni taqqoslash, topilgan yechimning foydasi va kamchiligini aniqlash, masalani yechish jarayonida foydalanilgan va kelajakda foydalanish mumkin bo‘lgan usul hamda uslublarni ajratish va ularning bola yodida qolishi, topilgan natijaga ko‘maklashuvchi matematik xarakterdagi natijalarni aniqlashni tahlil qiladi.
Pedagog tarbiyachilar quyidagi savollarni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishlari mumkin:

  1. Masalani yechish jarayonidagi bola fikrlash psixologiyasining xususiyatlarini qanday o‘rganish mumkin?

  2. Ushbu o‘rganishlardan foydalangan holda masalani yechishga o‘rgatish uslubi haqidagi nazariyani qanday tuzish mumkin?

Bolada matematik tushunchalarni rivojlantirish uchun uning shaxs xususiyatlarini bilish muhimdir.
Buning uchun pedagog (tarbiyachi), bola haqidagi muhim ma’lumotlarga, ya’ni uning ijodiy faoliyatiga tayyorgarligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi muhimdir. Faoliyat jarayonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va faoliyatning so‘nggi natijalari haqida bilish katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun matematik tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborotning uch shaklini shartli ravishda ajratish mumkin: dastlabki, joriy va so‘nggi. Axborotning ahamiyati shundaki, u oldinda turdagi ishning maqsadini yoki bolaning aniq vazifalarini bajarishga tayyorgarligini to‘g‘ri aniqlashga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə