Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi


Pedagogikada dastlabki axborotning quyidagi turlari mavjud



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə11/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.

Pedagogikada dastlabki axborotning quyidagi turlari mavjud:
Shaxs xususiyatlari; aqliy qobiliyatlar, talab, qiziqish; bilim va bilish darajasi.
Ushbu ma’lumotlar bolaning masalani ijodiy bajarishga tayyorligini aniqlashda muhimdir. Shuning uchun bunday faoliyatni tashkil qilishda quyidagilarni bilish kerak:
a ) bilim darajasi, ya’ni bolaning ijodiy faoliyati qanday tushunchalarga asoslanib bajariladi;
b) ijodiy ishlashning qanday
shakllanganligi;
d) bolalarda uchraydigan o‘ziga xos
qiyinchiliklar;
e) bolaning shaxsiy xususiyatlari.
Bilim jarayonining holatini ta’riflaydigan axborot ham katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun pedagog (tarbiyachi) e’tibori bolaning maqsadga qarab harakatlanishini ta’riflaydigan joriy axborot ko‘rsatkichlariga qaratilishi kerak. N.F.Talizin joriy axborotni quyidagi turlarga bo‘ladi: o‘rganuvchi tomonidan dasturlangan faoliyat bajarilayaptimi; bajarilishi to‘g‘rimi; faoliyat shakli o‘zlashtirishning ushbu bosqichiga mos keladimi; umumiylashtirish, o‘zlashtirish, bajarish tezligiga asoslanib faoliyat shakllanmoqdami.
Har bir aniq holatda joriy axborotning mazmuni bolaga, topshirilgan dasturga bog‘liq bo‘ladi.
Joriy axborotning ijodiy ishlashdagi o‘ziga xos ko‘rsatkichlari quyidagilar:
a) bolaning vazifani bajarish qobiliyati (maqsadga muvofiqlik, to‘g‘rilik, tezlik);
b) ish jarayonida paydo bo‘layotgan qiyinchiliklar va ularning kelib chiqish sabablari;
d) masalani o‘zlashtirish uslubini tanlashda bolaning mustaqilligi;
ye) bolaning o‘zini-o‘zi nazorat qilishi.
Har bir ijodiy ish tugab bo‘lganidan keyin olingan axborot muhim o‘rin egallaydi. Ushbu axborot ijodiy ishning borishiga baho berishda va obyektiv tahlil qilishda muhim ahamiyatga egadir, chunki olingan natijalar ishning boshida qo‘yilgan maqsadga erishish qay darajada yordam berishini hamda faoliyat bosqichlarining ketma-ketligi qay darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiqligini aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə