Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi


Shu nuqtai nazardan muammolarni o‘rganishga ko‘p olimlarning ishlari bag‘ishlangan. Ularda bir necha g‘oyalar aniq aks ettirilgan



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə6/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.

Shu nuqtai nazardan muammolarni o‘rganishga ko‘p olimlarning ishlari bag‘ishlangan. Ularda bir necha g‘oyalar aniq aks ettirilgan:
a) g‘oyalardan biri — bolalarning amaliy faoliyati bajarilishidagi ayrim belgilar ularning har xil birikmalarini ajratib ko‘rsatmoqda, ya’ni amaliy masalalarni mustaqil ravishda tuzmoq, bajarish, ijodiy xarakterdagi masalalarni yechish, aniq va yashirin jarayonlarning funksional bog‘lanishini tushungan holda bajarishva hokazo;
b) izlanishlarning ikkinchi guruhi matematik tushunchalarni shakllantirishning xususiyatlarini bilim boyligi va uni o‘zlashtirish darajasi orqali izohlashni o‘z ichiga oladi;
d) uchinchisi — matematik tushunchalarni shakllantirishning asosini tarbiyachilarning turli xil (masalan, tushunchalar yig‘indisini: qo‘shmoq, mulohaza qilmoq, mantiqiy bog‘lanishni aniqlamoq, bilmoq) masalalarni yechishda namoyon bo‘lgan umumiy qobiliyatlari bilan bog‘laydi.
Ikkinchi yo‘nalishdagi izlanishlar matematik tushunchalarni shakllantirishning mexanizmi, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va tushuntirishga bag‘ishlangan. Bunda matematik tushunchalarni shakllantirishni shaxs xususiyatlari (kasbga bo‘lgan qiziqish, shaxs uchun ijodiy fikrlashning ahamiyati, shaxsning yoshiga xos bo‘lgan xususiyatlar) bilan bog‘lashga harakat qilingan.
Bolada matematik tushunchalar shakllangan hisoblanadi. Agar masalani yechishdagi yangilikni, masalani qiziqarli yechish uslubini, doim qo‘llab kelgan standart uslublaridan voz kechib, masalaning yangi yechimlarini, muammoning asosiy bog‘lanish mohiyatini anglash va uni yechish uchun turli usullarni topish, amaliy masalalarni yechish muammolaridan chiqish, oldindan aytib berish qobiliyatlariga ega bo‘lsa, matematik tushunchalar rivojlangan hisoblanadi.
L. S. Vigotskiy fikrlashning rivojlantirish muammosini o‘rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi. Bunda u bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish lozimligini ta’kidlaydi.
L.S. Vigotskiyning fikri bo‘yicha, bolaning tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonisiz o‘tmaydi, faqatgina o‘quv axborotlarining to‘plami (bilim, bilish) fikrlashni harakatlantiradi, bolalarning fikrini rivojlantiradi.
O‘z navbatida matematik tasavvurning hosil bo‘lishi bilim va bilishni o‘zlashtirish yuqori darajada bo‘lishiga dastlabki shart hisoblanadi.
L . S. Vigotskiydan keyin psixolog va didaktlarning ko‘pchiligi o‘rgatish — rivojlanish manbai, tarbiyachilarning bilimi va bilishi— ularning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biridir, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qitish jarayonida tasavvurni hosil qildirish jarayonini ko‘zda tutish muhimdir, ya’ni tarbiyachilarning egallagan matematik tushunchalarni rivojlanish darajasini e’tiborga olish va ularni keyingi yengilroq maydonga siljitish kerak. Ushbu maydonni aniqlash uchun L. S.



Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə