Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi


Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat



Yüklə 200,26 Kb.
səhifə3/14
tarix20.05.2022
ölçüsü200,26 Kb.
#87407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi tarixi nazariyasining hozirgi holati zamonaviyligi.

Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o‘rganishga tayyorlashni rejalash;
- matematik tushunchalarning rivojlantirish yo‘llari va shartlarini ishlab chiqish;
— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko‘rsatmalar berish.
Gnedenko o‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi: “Oddiy o‘rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini o‘zlashtirish uchun zamin bo‘lgan) va “o‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.
1.2.Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi nazariyasining hozirgi holati.

  1. bolalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  2. mashg‘ulot jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatlilikni tushuntirish;

  3. o‘z kuchiga, qobiliyatiga bo‘ladigan ishonchni tarbiyalash;

  4. matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.

Matematik tushunchalarni shakllantirishda S.I.Shvarsburd quyidagi komponentlarni ajratadi:

  1. keng qamrovli tasvirlashni rivojlantirish;

  2. asosiyni tanlay bilish, abstrakt fikrlashni bilish;

  3. aniq holatdan savolni matematik ifodalashga o‘tishni bilish;

  4. tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘lishni bilish;

  5. ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;

  6. matematik masalani yechishda toqat qilishni bilish, deduktiv fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish;

  7. yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish.

Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon yaratadi.
Bilim va ko‘nikmalarni o‘rganuvchilarning ko‘pchiligi bilish bu matematik masalada qo‘yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va ko‘nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir.
“ Bilish”ning ayni shunday ifodalanishi ushbu izlanishda ko‘rilmoqda. “Ko‘nikma” bolaning masalani yechishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko‘riladi. Bilimni o‘zlashtirish va bilim hamda ko‘nikmalarning shakllanishi o‘rtasidagi bog‘lanish bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘riladi. Ushbu ko‘nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar o‘zlashtiriladi.
I.A.Markushevich maktabgacha ta’lim oldida turgan asosiy vazifa bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir deydi.

Yüklə 200,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə