Ma’lum vaqtdan so‘ng (masalan 30 minutdan keyin) “bozor” to‘xtatiladi va
o‘qituvchi guruhlar to‘plagan pullarni jadval yordamida hisoblaydi. Guruhlarni
nomerlash yoki ularning o‘zlari guruhga nom tanlashlari mumkin. Qaysi guruh
ko‘proq pul to‘plagan bo‘lsa, shu guruh g‘olib
topiladi, qolgan guruhlarga ham
o‘rinlar beriladi. O‘qituvchi guruhlarning bajargan ishlarini kuzatib, qaysi guruh biror
topshiriqni bajarishga qiynalgan yoki bajara olmagan bo‘lsa, shu topshiriqni bajargan
guruhlar yechimini doskada namoyish qilib berishlari mumkin. Biror topshiriqni har
bir guruh bajara olmagan bo‘lsa, o‘qituvchining o‘zi shu topshiriqni yechish
yo‘llarini ko‘rsatib berishi mumkin va shu kabi misollar ustida ishlash zarurligini
bilib olishi mumkin.
So‘ngra o‘qituvchi guruhlarning to‘plagan pullariga qarab o‘quvchilarni
baholaydi. Besh balli tizimda eng ko‘p pul to‘plagan guruh o‘quvchilariga 5 ball,
keyingi 2 ta guruhga 4 balldan, keyingi 3ta guruhga 3
balldan va hokazo, qo‘yish
mumkin.
Yakuniy jadval
1-V
2-V
3-V
4-V
5-V
Jami
O‘rin
Ball
1-G
500
425
2-G
425
350
3-G
350
500
Bu usullardan foydalanish doiralari:
Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda.
Afzalliklari -
ushbu mashq o‘quvchilarga maktabda o‘rganiladigan fanlar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga yordam beradi, o‘quvchilar birmuncha dastlabki
ishni bajarishga ulgurgan mavzular o‘rtasidagi aloqani o‘rganish
uchun juda qulay
imkon yaratadi.
Zamonaviy o‘qituvchining muammolardan biri - muammolarni aniqlash va aniq
misollar bilan talabalarga tushuntirish. Bu sifat ta’lim tizimini barpo etishning juda
muhim shartidir. Chunki ilm murakkabligi amaliy muammolarni hal qilish uchun
qo‘llash samaradorligi bilan bevosita bog‘liq.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kun o‘quvchisini bugungi zamonning
talablari asosida o‘qitish lozim. Zero, yangi texnologiyalar
zamonida dunyoga
kelayotgan o‘g‘il-qizlar o‘zining bir qator umumiy sifatlari bilan ajralib turadi.
Turmush tarzimiz, qiziqish va xohish-istaklarimiz global makonda qariyb o‘xshash
tus olayotgan bir vaqtda kechagi o‘qitish usullari bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Zamon bilan hamqadam rivojlanib borgandagina yuksak intellektual avlodni
tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga
tatbiq etish asosida ta’lim samaradorligini oshirish va ta’lim
jarayoniga texnologik
yondashish mumkin. Hamda bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o‘quvchi-
talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Ta’limda
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
887
innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadidagi ilmiy natijalarni o‘rganish va
nazariy ma’lumotlarni tayyorlash, o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otishga
xizmat qilishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda yoshlarni olimpiadalarga tayyorlash mashg‘ulotlarida
interfaol metodlardan foydalanish [1-27] ham maqsadga muvofiq. Tajribalar shuni
ko‘rsatmoqdaki, mashg‘ulotlar davomida matematikaning amaliyotga tadbiqlariga
bag‘ishlangan ilmiy ishlar [28-29] bo‘yicha qisqacha ma'lumotlar berilishi,
ularda
fanga bo‘lgan qiziqishni ortishi va dunyoqarashlarini kengayishiga hamda ilmiy
ishlar [30] chop qilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: