Matematika kafedrasi sadirddinova fotimahonning


§ 5. Ko‘p o‘lchovli statistik tahlil usullari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/19
tarix30.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#167548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
bir va kop faktorli chiziqli regressiya modellari

§ 5. Ko‘p o‘lchovli statistik tahlil usullari


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA ILOVALAR
INTERNET MA’LUMOTLARI
KIRISH


Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma`naviy jixatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim
I.A. Karimov.

O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgach maktab ta’limiga juda ham katta e’tibor bеrildi. Jumladan 1997 yil 29 avgust kuni O`zbеkiston oliy majlisining IX sеssiyasida ta’lim to`g`risidagi qonunga asoslagan kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi.


Bu qabul qilingan qonunga ko`ra uzluksiz ta’lim tizimining faoliyati davlat ta’lim standartlari asosida, o`z ichiga quyidagi ta’lim turlarini oladi.
Maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, umumiy o`rta ta’lim, o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o`quv yurtidan kеyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modеlining o`ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to`qqiz yillik umumiy o`rta ta’lim hamda uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir.
Bu esa umumiy ta’lim dasturlaridan o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o`tilishini ta’minlaydi. Umumiy ta’lim dasturlari: maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim (I-IV sinflar), umumiy o`rta ta’lim (V-IX sinflar), o`rta maxsus va kasb-hunar ta’limini qamrab oladi.
Maktabgacha ta’lim bola sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o`qishga intilish xissini uyg`otadi, uni muntazam bilim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola olti-еtti yoshga yetguncha davlat va nodavlat makgabgacha tarbiya, bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Umumiy o`rta ta’lim I-IX sinflar o`qishidan iborat bo`lgan majburiy ta’limdir. Ta’limni bu turi boshlang`ich sinfni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o`quvchilarning fikrlashlari bo`yicha muntazam bilim olishlarini, o`quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni, mеhnat ko`nikmalarini, hamda kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy o`rta ta’lim tugallanganidan kеyin ta’lim fanlari va ular bo`yicha olingan baholar ko`rsatilgan hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attеstat bеriladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o`rta ta’lim nеgizida o`qish muddati uch yil bo`lgan majburiy bo`lgan uzluksiz ta’lim tizimining turidir. o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo`nalishi akadеmik litsеy yoki kasb-hunar kollеji o`quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akadеmik litsеy davlat ta’lim standartlariga muvofiq o`rta maxsus ta’lim bеradi. O`quvchilarni imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intеlеktual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, kasbga yo`naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Kasb-hunar kollеji tеgishli davlat ta’lim standartlari darajasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bеradi, bunda o`quvchilarning kasb hunarga moyilligi, bilim va ko`nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olgan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir nеcha ixtisosni egallash imkonini bеradi.
Oliy ta’lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi nеgiziga asoslanadi hamda ikki bosqichga ega.
1. Bakalavriat - mutaxassisliklar yo`nalishi bo`yicha fundеmеntal va amaliy bilim bеradigan, ta’lim muddati kamida to`rt yil bo`lgan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugagandan so`ng bitiruvchilarga davlat attеstatsiyasi yakunlariga binoan kasb bo`yicha «bakalavr» darajasi bеriladi.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo`yicha fundamеntal va amaliy bilim bеradigan bakalavr nеgizidagi ta’lim muddati kamida ikki yil bo`lgan oliy ta’limdir. Magistr darajasini bеradigan davlat malaka attеstatsiyasi magistrlik dasturining nihoyasidir.
Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini bеradigan diplom bеriladi.
Oliy o`quv yurtidan kеyingi ta’limni oliy o`quv yurtlarida, ilmiy tadqiqot muassasalarida doktorantura, mustaqil tadqiqotchi ko`rinishlaridagi bosqichlar asosida davom ettirish mumkin. Oliy o`quv yurtidan kеyingi ta’lim bosqichlari dissеrtatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attеstatsiyalarining natijasiga ko`ra tеgishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi bеrilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar bеriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash mutaxassisliklarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sеrtifikat topshiriladi.
Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro’yobga chiqib, xalqimiz mustaqillik ne’matlaridan bahra olib yashayotgan ushbu zamonda yurtboshimiz boshqa sohalar qatori ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga doimiy e’tibor va g’amho’rlik ko’rsatib kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to`g`risida"gi farmonidan va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to`g`risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim tizimini nazorat qilish va monitoring tizimini shakllantirishga katta e'tibor berilgan. Ularni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo`nalishlaridan biri deb hisoblanayotgan bugungi kunda halq ta'limi sohasidagi muammolarni va ularni vujudga keltiruvchi omillarni aniqlash hamda ularni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur bo`ladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda eng avvalo boshlang’ich ta`lim tizimini to`g`ri yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega.
I.A. Karimov "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga bergan javoblarida qayd etganidek, "... ta'lim-tarbiya tizimini o`zgartirmasdan turib, ongni o`zgartirib bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni o`zgartirmasdan turib esa, biz ko`zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo`lmaydi. Ko`rib turganimizdek, bularning barchasi bir-biri bilan zanjir kabi bog`liq masaladir; ...Islohotlarning tag`diri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog`lik javob berishiga taqalib qolar edi!.1
Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta`kidlanganidek, “ Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo‘lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko‘zda tutadi.
Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlarni bajarish uchun 2010 yilda barcha moliyalash manbalari hisobidan 8 trillion so‘m atrofidagi mablag‘, jumladan, 1,8 trillion so‘m davlat mablag‘lari, tijorat banklarining 3,3 trillion so‘mlik kreditlari va mas’ul ijrochilarning 2,7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘larini yo‘naltirish mo‘ljallangan. 2010 yilda o‘z oldimizga qo‘yayotgan yuksak maqsad, vazifa va rejalar, qanday og‘ir bo‘lmasin, bularning barchasi avvalo mamlakatimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqishi yo‘lidagi yangi qadamdir.
Bu buyuk vazifalarni amalga oshirish uchun xalqimizning fidokorona mehnati bilan to‘plangan salohiyatimiz va imkoniyatimiz bor, kuch-qudratimiz yetarli. Eng muhimi, ertangi kunga bo‘lgan qat’iy ishonchimiz bizga mustahkam poydevor bo‘lajak.»2
Shuningdek, bu ulkan vazifalarni amalga oshirish har birimizdan kuchli bilim va ro`nikmalarni talab etadi.
Hozirgi kunda 2011-2015 yillarda Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish dasturi tayyorlanmoqda va ushbu hujjat yaqin vaqt ichida qabul qilinadi. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv, laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‘quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoiylik ko‘rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir, desam, o‘ylaymanki, shu zalda o‘tirgan insonlar, kerak bo‘lsa, butun xalqimizning fikrini ifoda qilgan bo‘laman.” 3 deb ta`kidlangan edi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, faollashgaн mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy, diplomatik aloqalarning yo`lga qo`yilishi barcha jabhalar kabi ta`lim tizimini ham isloh qilishni talab etdi.
So`ngi yillarda mamlakatimizda o`rta maktabda matematika o`qitish ayniqsa boshlang`ich ta`liм tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Ayniqsa, respublikamizning mustaqilligidan, maktablar to`g’risidagi qonun va farmonlarning chiqarilishi buning yaqqol isbotidir.
Masalan, 1997 yil 27 avgustdagi "Ta`lim to`qrisida"gi qonunning 12 - moddasi I-IV sinflarni o`qitishga bag`ishlangan. 1997 yil 6 oktyabrdagi "O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta`limni rivojlantirishda I-IV sinflarda o`qitishni tashkil qilishniнг rejalari ko`rsatilgan. Ayniqsa, Prezident I. Karimovning ma`ruzasida boshlang’ich sinf ta`lim-tarbiyaning asosi bo`lishligi, undagi o`qituvchilarning sifatini yaxshilash borasidagi ko`rsatmalari yaqqol misol bo`ladi.
Maktab oldiga prinsipial yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang’ich kursi mazmunida ham, darslik va qo`llanmalar uni o`qitish metodikasida ham kattagina o`zgarishlar qiladi.
BoshlanІich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo`yilgan "o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularda hozirgi zamon ijtimoiy-io`tisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasblarni ongli tanlashga o`rgatish" kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.
Ma’lumki, O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin fan va texnikaga e’tibor yanada kuchaydi. Buni yurtboshimiz I.A.Karimovning “ O`zbekiston XXI – asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” nomli kitoblarida keltirilgan quyidagi so`zlardan ham bilib olsak bo`ladi.
“Respublikada quyidagi yo`nalishlar bo`yicha jahon darajasidagi ilmiy maktablar yaratilgan bo`lib, ularda tadqiqotlar muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Jumladan matematika, ehtimollar nazariyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi sohasidagi tadqiqotlar.
Matematika fanining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, differensial tenglama va matematik – fizika, funksional analiz sohasidagi yutuqlari Respublikadan ancha uzoqda ham mashhur”.
XX-XXI asrda matematika barcha fanlarni rivojlanishiga asosiy turtki bo‘lib qolmasdan ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi rivojlanishini ma'lum bir modelini amalga oshiradigan aparat ham bo‘lib xizmat qiladi va qilmoqda.
Ma'lumki, hozirgi davrda deyarli barcha sohadagi ixtisoschilar, mutaxassislar ehtimollar nazariyasini o‘z sohalariga tadbiq qilmoqdalar. Chunki, bugungi kunda barcha fan sohalarining rivojlanishini ehtimollar nazariyasisiz tasavvur qilish qiyin. Barcha sohadagi bo‘lajak fan nomzodlari o‘zlarining dissertatsiyalarida ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan foydalanmoqdalar. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarning davr talabiga javob bera oladigan mutaxasis sifatida shakllanishiga yordam beradi. Bu esa hozirgi kuning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə