Matematikadan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,88 Mb.
tarix02.05.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#108004
Azzamov Abbos GM



O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI
SPORTNI BOSHQARISH VA TURIZIM FAKULTETI


MUSTAQIL ISH
Ta’lim yo’nalishi: Sport gimnastikasi
Guruh: GM 51-22
Bajardi: Azzamov Abbos
Tekshirdi : ___________________
MAVZU: GIMNASTIKA KO`PKURASH TURIDAGI MASHQLAR MAZMUNI VA TA’RIFI O`RGATISH XUSUSIYATLARI
Toshkent-2023 yil
GIMNASTIKA KO`PKURASH TURIDAGI MASHQLAR MAZMUNI VA TA’RIFI O`RGATISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Erkin mashqlar
2.Turnikda mashqlar
3.Dastakli otda mashqlar
4.Siltanish harakatlari
5.Qo’shpoyada mashqlar
6.Halqada bajariladigan mashqlar

Ko‘proq salto sifatida tanilgan. Tananing pastki qismi yuqorigi qismi atrofida aylanadigan mashqlar. Orqaga, oldinga va yonga bajarish mumkin


Qo‘llar va boshga tayanish bilan oldinga to‘ntarilishni joydan va oldinga harakatni saqlab qolib, boshqa biron-bir elementdan keyin tempda bajarish mumkin.
Yozilish bilan ko‘tarilib “ko‘prik. D.h. – bukilib kuraklarda tayanib yotish, qo‘llar bosh yonida tayangan. Dastlabki holatni chalqancha yotgan holatda qabul qilish ancha oson. Bunday ko‘tarilishni bajarish uchun oldinga o‘mbaloq oshishdan keyin o‘mbaloq oshishni tosni baland ko‘tarish bilan yakunlab va uni bu holatda ushlab qolish va oyoqlar harakatini to‘xtatmasdan ko‘tarilishni bajarish. Ko‘tarilishni oldinga-yuqoriga yo‘naltirib, tosni dastlabki holatdan pastga tushirmasdan tos-son bo‘g‘imida tez yozilish bilan boshlash. Kerilib, tez qo‘llarni to‘g‘rilash va “ko‘prik” holatiga o‘tib, tez oyoqlarni to‘g‘rilash. Oyoqlarni uchlariga va asta-sekin to‘liq panjalarga qo‘yish.

102-rasm
Bir oyoqqa oldinga to‘ntarilish. Bitta oyoqqa oldinga to‘ntarilishni bajarish texnikasi yuqorida bayon etilganidan faqat depsinuvchi oyoq siltanuvchi oyoqqa qo‘shilmasligi va qo‘nish siltanuvchi oyoqqa amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Agar bu to‘ntarilish to‘xtash bilan yakunlansa, unda bir oyoqqa qo‘nishdan so‘ng boshqa oyoqda oldinga bir qadam qo‘yishga va so‘ng oyoqlarni juftlashga ruxsat beriladi.
Parvozda oyoqlarni almashtirish bilan to‘ntarilishni bajarishda depsinuvchi oyoq siltanuvchiga qo‘shilmaydi, balki tez harakatni qo‘nishgacha davom ettiradi. Oyoq bilan bu harakat to‘ntarilishni yakunlashga yordam beradigan, faol va intiluvchan bo‘lishi kerak.
Oyoqlarni almashtirish bilan oldinga (sekin) to‘ntarilishda parvoz (uchish) yo‘q bo‘lib, joydan boshlanadi. Uni bittada, sekin tempda (juda sekin emas) bajarish kerak. Bir oyoqda depsinib va boshqasida siltanib, kerilib, siltanuvchi oyoqni faol orqaga ko‘tarib (kerilishni ko‘paytirib) unga turish. Boshqa oyoqni tushirishga shoshilish kerak emas, to‘ntarilishni o‘rganish avvalida asosiy diqqatni uning harakatiga qaratish lozim. Tanani oldinga (uni “ko‘prikdan” o‘tishda boshqa oyoqda ushlab qolmasdan) harakatini saqlab, qo‘yilgan oyoqni biroz bukib, unga tana og‘irligini o‘tkazib, tanani oldinga chiqarish.
SHu vaqtda boshqa oyoqni pastga harakatini biroz ushlab qolish kerak., bu esa o‘z navbatida, tanani yuqoriga ko‘tarishga yordam beradi. Keyin kerilgan holatni saqlab qolib, qo‘llar yuqorida, boshni orqaga egib, oyoqni to‘g‘rilash lozim, va ohista to‘g‘rilanib, asosiy turishga o‘tish. Erkin oyoqda oldinga bir qadam ruxsat beriladi.
Oyoqlarni tez hamda parvozda almashtirish bilan to‘ntarilishni bajarishda, siltanuvchi oyoqni tezkor harakatiga depsinuvchi oyoq etib olishi uchun uni harakat tezligiga diqqatni qaratish lozim. Boshqa barcha harakat qismlari oldinga to‘ntarilishdagi kabi.

103-rasm

Yonga dumalash. D.h. – O‘tirib, qo‘llar bilan tizzalardan ushlash. oyoqlarni biroz ko‘tarib, yozizilib va kerilib, o‘ng yonbosh orqali dumalash bilan gujanaklanib, dastlabki holatni egallash. Shu mashqning o‘zi, boshqa tomonga: sekin, tez.


Yonga to‘ntarilish. D.h. – Asosiy turish. chap oyoqda va qo‘llarda yonga siltanish bilan o‘ngga egilish, so‘ng chapda yonga qadam bosib, chapga egilib, chap qo‘lda tayanib, to‘ntarilishni boshlash. Chapga egilish bilan bir vaqtda, o‘ng oyoqda yonga kuchli siltanish va chapda depsinish bilan tos-son bo‘g‘imida bukilmasdan, ochilgan oyoqlar bilan qo‘l panjalarida turishga to‘ntarilish va harakatni shu yuzada davom ettirib, chap qo‘l bilan itarilib, o‘ng oyoqqa turish.
TURNIKDA MASHQLAR
Turnik – asosan siltanish mashqlari to‘xtovsiz bajariladigan gimnastika snaryadlaridan biri.
Mashqdan kelib chiqib, bajaruvchining turnikka nisbatan holatlari hilma-hil bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘p sonli holatlardan quyidagilar asosiy hisoblanadi: “uzunasi” holat, qachonki gimnastikachining elka o‘qi snaryad o‘qiga nisbatan parallel bo‘lsa, “ko‘ndalang” holat, qachonki bu o‘q snaryadning uzunasi o‘qiga perpendikulyar bo‘lsa.
Turnikda deyarli barcha mashqlar uzunasi holatda bajariladi, shuning uchun “uzunasi” so‘zi keyinchalik mashqlar ta’rifida tushib qoladi va “ko‘ndalang” so‘zini anglatuvchi, tananing ko‘ndalang holati ko‘rsatiladi.
Turnikka yuzlanib osilishda bajariladigan mashqlar, “oldinda osilishda”, orqalab bajariladigan – “orqada osilishda” mashqlar deb ataladi. Tayanchda bajariladigan mashqlar, qachonki turnik tana oldida joylashsa, “oldinda tayanishda” deb nomlanadi, agar tana orqasida joylashsa – “orqada tayanishda”. Mashqlarni ifodalashda “oldinda” so‘zi va keiynchalik “osilish” yoki “tayanish” so‘zi tushib qoladi, agar u holatni tushuntiruvchi boshqa so‘z bilan atalmasa, “oldinda osilish” yoki “oldinda tayanish”ni anglatadi.
Tananing oldinga yuzlanib harakatida, osilishda tebranib bajariladigan mashqlar “olinga siltanish bilan”, aksincha harakatda , ya’ni orqalab, “orqaga siltanish bilan” deb nomlanadi.
Agar harakat qo‘l panjalarida tik turishdan boshlansa, unda oldinga harakat yo‘nalishi, tayanishda turgan gimnastikachi yuzlangan tomon hisoblanadi.
Turnikni ushlash usulidan kelib chiqib, quyidagi ushlashlar mavjud: “yuqoridan ushlash”, “pastdan ushlash”.
Bir qo‘lda yuqoridan boshqasida – pastdan ushlashda, pastdan ushlagan qo‘l ko‘rsatiladi, masalan: osilish, o‘ngda pastdan ushlash bilan turli ushlashda osilish yoki tayanish deb ataladi.
“Chalishtirib ushlash” – qachonki qo‘llar chalishtirilgan holatda bo‘lsa, shunday nomlanadi. Agar bir qo‘l pastdan ushlasa, unda qaysi qo‘l ekanligi ko‘rsatiladi.
Agar gimnastikachi mashq bajarayotgan vaqtda biron-bir ushlashdan chalishtirib ushlashga o‘tsa, unda qaysi qo‘l o‘tib ushlayotganligi ko‘rsatiladi va u yakuniy holat bo‘ladi, masalan: pasdan ushlash bilan, o‘ngda pasdan chalishtirib o‘tib ushlash.
Odatiy, eng qulay ushlashda panjalar elka kengligida, qo‘llar o‘zaro parallel joylashadi.
Tor ushlashda panjalar bir-biriga tegib turadi kengda, masalan aksincha ushlashda panjalar elka kengligida joylashadi. Panjalarning barcha boshqacha joylashuvi qo‘shimcha ko‘rsatilishi kerak.
Osilish – bu gimnastikachining elkalari tutish nuqtasidan pastga bo‘lgan holatga aytiladi. Turnikni ushlab, uning ostida turli holatlarda turishi. Gimnastikachi boshqa mashqlarni bajarishga o‘tishdan oldin to‘g‘ri osilish va ushlab turishni o‘rganishi lozim.
Osilishlar “oddiy” va “aralpsh” ga bo‘linadi. Faqat qo‘llarda bajariladigan osilishlar “oddiy osilish” deyiladi (“oddiy” so‘zi keyinchalik tushirilib qoldiriladi). Agar tana osilishda, tananing boshqa qismi bilan ushlansa, masalan oyoq uchi bilan yoki tizza bilan, unda bunday osilish “aralash” (bu alohida ko‘rsatiladi) deb ataladi.
Bukilgan qo‘llarda osilish. Qo‘llar tirsak bo‘g‘imidan oxirigacha bukilgan. To‘liq bo‘lmagan bukilish xato hisoblanadi.
Burchak osilish. Gavda qo‘llar bilan bir chiziqda bo‘lishi kerak. osson bo‘g‘imlarida burchak – to‘g‘ri (oyoqlar polga parallel).
Orqada osilish. Orqada osilishni bajarishda, butun tana bilan iloji boricha ko‘proq cho‘zilib, ya’ni elka bo‘g‘imlarining imkoniyat darajasida osilib turishga intilish kerak; elka qism mushaklari tana og‘irligi ta’siri ostida unga maksimal to‘g‘rilanishiga imkoniyat yaratib taranglashmaydi (zo‘riqmaydi).
Bukilib osilish. Turnikda bukilib osilish ikki hil – oldinda va orqada bo‘lishi mumkin. Orqada bukilib osilishda oyoqlar qo‘llar orasida joylashadi. Qachonki gavdani uzun o‘qi, qo‘llarni uzun o‘qi hamda vertikal chiziqqa nisbatan taxminan 45º burchak ostida joylashib, tos-son bo‘g‘imlaridagi burchak esa 90º ga teng bo‘lsa, bukilib osilish to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
Yuqoridan bukilib osilish. Tana holati oldingiga o‘xshash; oyoqlar oldinga-orqaga ochilgan, turnik – oyoqlar orasida. Oyoqlar turnikka tengmaydi.
Kerilib osilish. Turnikda kerilib osilish orqada va oldinda bo‘lishi mumkin.
Kerilib osilishda gavda uncha katta bo‘lmagan kerilishga ega bo‘ladi, sonlar turnikka tegib turadi, bosh orqaga egilgan.
Tizzalarda osilish. Oyoqlar oxirigacha bukilgan, gavda ktta bo‘lmagan kerilishga ega, bosh biroz orqaga egilgan, qo‘llar yonga yoki yuqoriga.
DASTAKLI OTDA MASHQLAR
Dastakli otda mashqlar siltanishlar, siltanib o‘tishlar va bir yoki ikki oyoqdar aylanalardan tashkil topgan.
Siltani o‘tish va aylanalar burilishlar bilan va burilishlarsiz, dastaklarga, tanaga va bir vaqtning o‘zida dastakda va tanada tayanishda bajarilishi mumkin.
Siltanishlar – bu qachonki oyoqlar yonga harakatlaniyotgan vaqtda tana va oyoqlar ot orqali o‘tmaydigan va oxirgi holatga etib borganda orqaga qaytadigan harakatdir.
Siltanib o‘tish – bu oyoq yoki oyoqlarni ot orqali o‘tkazish bilan (siltanib o‘tishlar) qaytadigan harakatdir.
Aylana – bu oyoq yoki oyoqlarni harakat yo‘nalishini o‘zgartirmasdan va to‘xtatmasdan ikki ketma-ket siltanib o‘tishni bajarishdagi harakatidir, masalan: oldida tayanishdan chapga aylana hamda chapga oldinga siltanib o‘tish va o‘ngga orqaga siltanib o‘tish.
Alohida elementlar va bog‘lamlarni ijro texnikasini qo‘rib chiqilganda harakatning ikki asosiy tavsifini – siltanish va aylana ajratish lozim.
Siltanish harakatlarining o‘ziga hos hususiyati ularni mayatniksimonligi hisoblanadi. Siltanish harakatlarida tos oldinda tayanishda ahamiyatsiz bukilish tufayli katta bo‘lmagan og‘ishlarga ega bo‘lib, faqat yagona vertikal yuzada harakatlanadi.
Aylanma harakatlarning o‘ziga hos hususiyati oldida tayanishda oyoqlar orqaga siltanib o‘tgandan keyin otdan orqaga ajralganda ko‘tarilib, orqada tayanishda oldinga siltanib o‘tishdan so‘ng oldinga harakatlanuvchi tosning aylanma harakati hisoblanadi. Siltanib o‘tishlar kabi aylanalar siltanish va aylanma harakatlar bilan bajariladi, shuning uchun kombinatsiyada elementni bajarilish texnikasi keyingisiga, undan keyin boshqa element tavsifiga bog‘liq.
Otda mashqlar to‘xtashlarsiz bajarilishi kerak. Bunday majburiy shart oqibatida har bir elementni statik holatda emas, balki bajarish uchun oldinga element dastlabki holat hisoblangan boshqa element bilan bog‘langan harakat kabi ko‘rish kerak.
Otda mashqlarni elka bo‘g‘imlaridan “qulamasdan” bajarish lozim. Bu “qulash” tosni tushib ketishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida, nafaqat murakkab mashqlarda, balki sodda siltanib o‘tishlarda ham halal beradi va harakatni to‘xtatib qo‘yadi.
Tayanishda siltanib o‘tishni bajarish uchun depsinishda ko‘z ilg‘amas bukilishlarga yo‘l qo‘yib, qo‘llar doim to‘g‘ri ushlanadi. Ularni ortiqcha siltanishlarsiz, qisqa yo‘l bo‘yicha o‘tkazib qo‘yish lozim. Siltanib o‘tishdan so‘ng muvozanatni ishonchli ushlash va bu bilan kelgusi elementni bajarish uchun mustaxkam tayanch yaratib, qo‘llarni iloji boricha tezroq yana tayanishga qo‘yish kerak.
Otda mashqlarda eng asosiysi, ayniqsa tana og‘irligini bir qo‘ldan boshqasiga o‘tkazishda muvozanatni saqlash hisoblanadi. Mashq ohista, keskin harakatlarsiz, bajarilayotgan mashq tavsifiga mos ma’lum ritmda bajarilishi kerak. Siltanish harakatlari ritmi aylanma harakatlar ritmidan farq qilishi mumkin.
Oyoqlar doim uchlari tortilgan to‘g‘ri bo‘lishi shart. Mashqni bajarishda, o‘z harakatlarini nazorat qilib, ikkala oyoqlarni o‘zaro ishini doim kuzatib borish maqsadga muvofiq. Ularning harakat amplitudasi hilma-hil bo‘lishi mumkin, biroq bir oyoq ishlab, ikkinchisi esa passiv va vertikal osilib turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Otda mashq bajarishda oyoqlarni tegib ketishi mumkin emas. Faqat oldidan tayanishda otga sonlarning oldingi yuzasi bilan tegish mumkin, shunda ham bu tegish engil, sirg‘anuvchan, ot tanasiga urilishlarsiz bo‘lishi kerak.
Otda mashqlar ko‘ndalang va uzunasi bajariladi. CHunki ulardan ko‘pchiligi uzunasi bajariladi, mashqni ifodalashda esa “uzunasi” so‘zi tushirib qoldiriladi va faqat ko‘ndalang bajariladigan mashqlar atayin ta’kidlab o‘tiladi.
Dastaklar elka kengligida (yoki biroz kengroq), otni o‘ng va chap qismlari teng bo‘lishi uchun o‘rtasida o‘rnatiladi.
Siltanib o‘tish va aylanalar ikkala tomonda bajariladi. Materiallarni o‘rganish qulay bo‘lishi uchun mashqni faqat bir tomonga ko‘rib chiqamiz.
Dastakli otda mashqlarni bajarish texnikasini o‘zrganishni bir oyoqda siltanib o‘tishlarni o‘zlashtirish bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Muvozanatni ushlab turish va albatta mashqni keyingi bajarilishi, siltanib o‘tishni ijro sifatiga bog‘liq.
Siltanib o‘tish quyidagicha bajarilishi mumkin: 1. Siltanish harakatlari bilan: a) kelgusi siltanish harakatlarini davom ettirish uchun; b) aylanma harakatlarga o‘tish uchun; 2. Aylanma harakatlar bilan: a) aylanma harakatni davom ettirish uchun; b) siltanish harakatlariga o‘tish uchun.
SILTANISH HARAKATLARI
To‘g‘ri chalishtirish siltanish harakati bilan bajariladi. O‘ngda oldinga siltanib o‘tish, o‘ngda aylana uchun kabi bajariladi. CHap oyoq harakatdan orqada qolib ketmasligini qilish lozim. Siltani o‘tishni bajarayotganda, chapga harakatlanishda tos ot ustidan o‘tishi uchun uni ahamiyatsiz oldinga chiqarib, biroz kerilish. Siltanib o‘tish ortidan yana tezda o‘ng qo‘lda ushlash va unga tana og‘irligini ohista uzatib, kuchli siltanish bilan ikkala oyoqni chapga harakatlanitirish. Asosiy rol go‘yo o‘z ortidan butun gavdani tortayotgan kabi, yuqoriga uloqtirilgan chap oyoqqa tegishli bo‘lishi kerak. CHapda oldinga, o‘ngda orqaga siltanib o‘tishlarni bajarib, biroz kerilib va oyoqlar vertikal holatidan o‘tishini kutib turmasdan, yana chap qo‘l bilan dastakni ushlash. O‘ngga chalishtirish ham bayon etilgan kabi bajariladi.



120-rasm

Mashg‘ulotlarda 10-15ta chalishtirishlarni ketma-ket uzluksiz bajarish maqsadga muvofiq.


Qayta chalishtirish siltanish harakati bilan bajariladi. Orqada tayanishdan ikkala oyoqda o‘ngga siltanib, o‘ngda orqaga siltanib o‘tish. Siltanib o‘tishda oyoq baland ko‘tarilmaydi. Siltanib o‘tish ortidan tana vertikal holatidan o‘tgunicha yana tezda o‘ng qo‘lda ushlash. Vertikal holatdan o‘tayotganda, tana og‘irligini ohista o‘ng qo‘lga o‘tkazib, oyoqlar bilan chapga faol siltanish. Bu siltanishda etakchi rol o‘ng oyoqqa (orqada joylashgan) beriladi.



121-rasm

Oyoqlarni ot ustida baland ko‘tarib, o‘ngda orqaga, chapda oldinga so‘ltani o‘tishlarni bajarish va oyoqlar vertikal holatga etishini kutib turmasdan, yana chap qo‘lda tezda dastakni ushlash. Siltanib o‘tish vaqtida biroz kerilish. O‘ngga chalishtirishni bajarish bayon etilganga o‘xshash.


AYLANMA HARAKATLAR
Ikki oyoqda aylana. Orqada tayanishdan bir oyoqda aylanalar to‘g‘ri va ishonchli bajarilgandan keyingina ikki oyoqda aylanani o‘rganishga kirishish mumkin.
Ikkitada oldinga siltanib o‘tishdan keyin tezda o‘ng qo‘l bilan dastakni ushlab, yozilib, bir vaqtning o‘zida tosni o‘ngga oldinga chiqarib oyoqlarni pastga oldinga yo‘naltirish.
Aylanma harakatni saqlab va tana og‘irligini o‘ng qo‘lga o‘zatib, bir vaqtning o‘zida tosni orqaga chiqarib, oyoqlarni chapga yo‘naltirish. Siltanib o‘tishda oyoqlarni baland ko‘tarmasdan, shu ondayoq elkalarni oldinga chiqarib, tosni ko‘tarishda davom etib, dastakni ushlash.



122-rasm
Tana og‘irligini chap qo‘lga o‘zatib va elkalarni orqaga siljitib, oyoqlarni otdan baland ko‘tarmasdan o‘ngga oldinga yo‘naltirib, tosni o‘ngga oldinga chiqarib o‘ngga siltanib o‘tishni bajarish. Keyin aylana davom etishi uchun harakat takrorlanadi.
Ikki oyoqda aylanani boshqa elementlar kabi ikkala tomonga o‘rganish va mashg‘ulotlarda 5-10tadan uzluksiz takrorlash maqsadga muvofiq.
Ikki oyoqda aylanalardan siltanish harakatlariga o‘tishda, ikkala oyoqda orqaga siltanib o‘tishda tosni orqaga kuchli chiqarish mumkin emas. Siltanib o‘tishni oyoqlarni pastga tushirib, ularni otdan biroz uzoqlashtirib to‘g‘rilangan gavda bilan bajarish lozim.

123-rasm

QO‘SHPOYADA MASHQLAR


Qo‘shpoyada panjalarda tik turish, harakat yo‘nalishida o‘zgarish (tanaffus) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan statik element hisoblanadi. Bir tomondan u orqaga harakatni yakunlaydi, ikkinchi tomondan esa kombinatsiyani davom ettirish uchun dastlabki holat bo‘lib hizmat qiladi.
Tik turish kuch va siltanish bilan bajariladi. Qanday usul bo‘lishidan qat’iy nazar, uni muvozanatni ushlab qolish uchun qo‘shimcha tebranishlarsiz, birgina harakatda bajarish lozim.
Straxovkachi yonboshda turishi va shug‘ullanuvchi orqaga yiqilib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan uni elkalari ostidan ushlashi kerak.
O‘z-o‘zini straxovka qilishning eng yaxshi usuli – bu qo‘llarni bukish va oldinga o‘mbaloq oshish.
Orqaga siltanib panjalarda tik turish. Panjalarda tik turishni bajarish uchun orqaga kuchli siltanish kerak. Vertikal holatga o‘tib, elkalarni biroz oldinga chiqarish. Orqaga kuchli siltanishni qo‘llab, qo‘shimcha tebranishlarsiz muvozanatni ushlab qolish va panjalarda tik turishda to‘xtash uchun qo‘shimcha kuchni qo‘llab uni boshqarish lozim. Gavda gorizontal holatdan o‘tganidan keyin oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish bilan bir vaqtning o‘zida, elkalarni orqaga olish va panjalar ustida panjalarda tik turishda to‘xtash kerak. Orqaga siltanishda qabul qilingan kerilgan holat harakat yakunlangunicha saqlanishi lozim.
Straxovkachi yonboshda turadi va bir qo‘lida mashq bajaruvchini panjasi yonida bilagidan, boshqasida – elka ostidan ushlashi kerak.
Tajribasi kam straxovkachi chap qo‘lini (shug‘ullanuvchini elkasi ostidan ushlayotgan) poyalar ostida ushlashi kerak.
Panjalarda tik turishda o‘z ortidan muvozanatni yo‘qotilishini olib keluvchi, elkalar bilan oldinga katta qulash yoki ortiqcha kerilish holatlarida, bajaruvchi o‘z-o‘zini straxovka qilish sifatida, qo‘llarini bukib, elkalarga tushishi va oldinga o‘mbaloqni bajarishi kerak. Bu vaziyatda straxovkachi uni orqasidan, poyalar orasiga qulab tushishiga yo‘l qo‘ymasdan ushlab turishi lozim.
Kerilib orqaga o‘mbaloq oshish. Kerilib orqaga o‘mbaloq oshishni bajarish uchun tanani qo‘shpoya ustida ko‘tarilgan holatida panjalarni mustaxkam maxkamlab, katta siltanishni bajarish kerak. Oldinga siltanish bilan, vertikal holatdan o‘tib, biroz bukilib oyoqlarni oldinga yo‘naltirish. Oyoqlar poyalardan yuqori oldinga siltanish bilan ko‘tarilib, bir vaqtning o‘zida qo‘llarni yonga yozib, boshni orqaga olib, faol, ammo ohista kerilish. Bosh pastga holatidan o‘tib, tezda poyalarni ushlash va hali tana qo‘shpoya ustida bo‘lganida mustaxkam maxkamlanish. Bu kelgusi harakatga o‘z vaqtida tayyorlanish uchun imkoniyat beradi. Elkalarda tik turishga o‘mbaloq oshishni bajarishda faol yozilishni xojati yo‘q, ya’ni elkalarda tik turishdan o‘tishda orqaga harakat deyarli to‘xtataydi. YOzilish bilan bir vaqtda, elkalarda tik turishni qat’iy qayd etib, qo‘llarni tezda tik turish uchun qulay holatga o‘tkazib ushlash.

125-rasm

Straxovkachi yonboshda turadi va orqaga qayta harakatlanishda siltanish etarlicha bo‘lmagan vaziyatda shug‘ullanuvchining orqasidan ushlaydi, mashq bajaruvchi esa o‘z-o‘zini straxovka qilish maqsadida, bir vaqtning o‘zida qo‘llarni oldinga o‘tkazib ushlab, oyoqlarini ochishi va oyoqlar bilan poyalariga yotishi yoki oyoqlarni yonga ochish o‘rniga tezda g‘ujanaklanishi kerak.


Qo‘shpoya ustida oldinga siltanish bilan burilish. Burilishni bajarish uchun kuchli siltanish kerak bo‘ladi. Eng qulay dastlabki holat panjalarda tik turish hisoblanadi. Elkalarni biroz oldinga chiqarib, harakatni ushlab qolmasdan, erkin oldinga siltanishni boshlash. Vertikal holatdan o‘tib, biroz bukilib, oyoqlarni oldinga yo‘naltirish. Oyoq panjalari bilan bosh darajasigacha yaqinlashib, kerilib, tezda burilish. Burilishni harakat pastga boshlanishigancha yakunlash uchun burilish tez bajarilishi kerak.

126-rasm

Qachonki tana harakati oldinga yuqoriga emas, balki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lganida, qo‘llarni bo‘shatish va burilishni boshlash mumkin. Agar qo‘llar erta bo‘shatilsa, unda burilish vaqtidan oldin bajariladi, natijada u oldinga past uchish bilan sodir bo‘ladi. Burilishni yakunlab, qorin bilan oldinga “qulash” mumkin emas. Qo‘llarni oldinga emas, balki tayanish uchun qulay holatni yaratib biroz o‘z ostiga qo‘yish. Ta’lim avvalida, burilishni qo‘llarda tayanishda bajarishni boshlash maqsadga muvofiq.


HALQALARDA BAJARILADIGAN MASHQLAR
Asosiy holatlar Osilish (1). Orqada osilish (2). Kerilib osilish (3). Bukilib osilish (4). CHuqur ushlash (5). Orqada gorizontal osilish (6).



130-rasm
Osilishda tebranish. Osilishda bukilib, bir vaqtning o‘zida tosni biroz ko‘tarib, to‘g‘ri oyoqlarni gorizontal holatdan biroz yuqori, oldinga yuqoriga ko‘tarish, bu holatni qayd qilmasdan, tana qo‘shimcha kuch ishlatmasdan og‘irlik kuchi ta’siri ostida harakatlanishi uchun oyoqlarni pastga erkin “uloqtirish”. Vertikal holatdan o‘tib, tana to‘g‘rilanadi va inersiyaga ko‘ra oyoqlarda orqaga sodir bo‘ldai. Undan foydalanib, uncha katta bo‘lmagan kuch bilan oyoqlarni orqaga olib kerilish. Oldinga siltanish bilan bajariladigan mashqlar uchun tebranish shu harakat bilan tugashi kerak. Agar bu siltanish etrali bo‘lmasa, unda orqaga siltanishning oxirgi holatini qayd qilmasdan, harakatni takrorlash lozim. Oxirgi pastki holatda sodir bo‘ladigan to‘g‘rilanish yakunida, oyoqlar va tosni oldinga ko‘tarib, oyoqlarni oldinga harakatini kuch bilan ushlab olish, so‘ng oyoqlar harakatini yuqorida aytilgan kabi, biroq ancha faol, takrorlash.
Orqaga siltanish ortiqcha tebranishlarsiz bajariladi. Osilishdan siltanishni talab qilingan kattalikda to‘plab, mashqni birinchi siltanishdanoq bajarishga harakat qilish lozim. Bitta dastlabki tebranishga yo‘l qo‘yish mumkin.
Oldinga siltanib – bukilgan qo‘llarda osilish. Oldinga kuchli siltanish bilan, vertikal holatdan o‘tib, biroz bukilib oyoqlarni yuqoriga yo‘naltirish. Ortidan tezda qo‘llarga tortilish. Tana orqaga qayta harakatni boshlagunicha tortilishni yakunlash.
Oldinga siltanish oxirida, bukilgan qo‘llarda osilishda mustaxkam maxkamlanib va yozilib, qo‘llarni to‘g‘rilamasdan orqaga siltanishni bajarish.
Oldinga buralish. Oldinga buralishni avval straxovka va yordam bilan bajarishni o‘rganish kerak. Oldinga buralishni bajarish uchun kuchli siltanish kerak bo‘ladi. CHunki o‘rganish boshidanoq shug‘ullanuvchi uni bajara olmaydi va talab qilingan siltanish kattaligidan to‘g‘ri foydalanishga qodir emas, demak oldinga buralishni bukilib bajarish maqsadga muvofiq.
Orqaga kuchli siltanishni bajarib, halqalar ostida vertikal holatdan o‘tib, oyoqlarni orqaga olib, faol kerilish. Gavdani yuqoriga harakatidan foydalanib, panjalarni tezda barmoqlar bilan tashqariga burib, qo‘llarni yonga yozib buralishni bajarish. Buralish oxirida gorizontal holatdan o‘tib, tsoni ko‘tarib keskin bukilish. Bu harakatni tezlashtiradi va buralishni bajarishni engillashtiradi.



131-rasm

Straxovkachi yonboshda turadi va shug‘ullanuvchining sonlari ostidan yuqoriga turtadi. Buralish to‘liq bo‘lmagan vaziyatlarda, elka bo‘g‘imlarida og‘riq hissi paydo bo‘lishidan qochish maqsadida, straxovkachi bajaruvchining oyoq harakatlari pastga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan uni oyoqlarini biroz ko‘tarib buralishni yakunlashiga yordam berishi kerak.


Kerilib oldinga buralishni bajarish texnikasi bukilib buralishga o‘xshaydi, biroq orqaga ancha kuchli siltanish va bel mushaklarini ancha fal ishga jalb qilish kerak bo‘ladi. Birgina siltanishga ishonib qolish kerak emas, uni oyoqlarni orqaga yuqoriga ko‘tarish bilan kuchaytirish va orqada osilishga qo‘llarni orqaga faol etkazish talab qilinadi.



132-rasm

Buralish 6,e,j rasmlarda ko‘rsatilgan holatlar orasida hamda tanani gorizontal holati va yuqoriga 45º burchak osida holati orasida yakunlanishi lozim.


OSILISHDAN SAKRAB TUSHISH


Oyoqlarni ochib to‘ntarilish bilan sakrab tushish. Bu sakrab tushishni kuchli siltanish bilan bajarish kerak. Halqalar ostidan vertikal holatdan o‘tib, biroz bukilib, oyoqlarni faol yuqoriga yo‘naltirish va ularni yon tomonga ochib, troslarga yaqinlashib, gavdani ko‘tarish hisobiga keskin kerilish, so‘ng halqalarni qo‘yib yuborish. Kerilgan holatni saqlab qolib va oyoqlarni birlashtirib qo‘nish.



133-rasm
Straxovkachi yonboshda turadi va o‘rganish boshida shug‘ullanuvchini 10-rasmda ko‘rastilgani kabi ushlaydi.
Oldinga siltanib – orqaga salto. Bu sakrab tushishni kuchli siltanishda bajarish kerak. Halqalar ostida vetikal holatdan o‘tib, biroz bukilib, oyoqlarni yuqoriga yo‘naltirish va shu ondayoq qorinni yuqoriga uloqtirib, faol kerilish; bir vaqtning o‘zida qo‘llar bilan halqalarga tayanib, ko‘krakda oldinga sapchish. Ko‘krakda keskin harakatlanish ortidan halqalarni qo‘yib yuborish va kerilgan holatni saqlab qolib qo‘nish. Halqalar gavda gorizontal holatdan o‘tganida qo‘yib yuborilishi kerak.



134-rasm

Straxovkachi yonboshda turadi va oyoqlarni ochib to‘ntarilishdagi kabi shug‘ullanuvchini qo‘lidan ushlaydi.


KO‘TARILISHLAR, QULASHLAR VA AYLANISHLAR


To‘ntarilib ko‘tarilish. Oldinga kuchli siltanib, vertikal holatdan o‘tib, biroz buklib, oyoqlar va tosni yuqoriga shiddat bilan yo‘naltirish. Tana bilan gorizontal holatdan o‘tib, oyoqlarni yuqoriga harakatini saqlab qolib, qorin bilan yuqoriga faol kerilish. YOzilish bilan bir vaqtda ko‘krakda oldinga sapchish bilan, qo‘llarda toritlib, tayanishga ko‘tarilish.
Qo‘llarni gorizontal holatdan tayanishga o‘tganda tezda to‘g‘rilash.
Mashqni birgina uzluksiz harakat bilan tez bajarish.
Oldinga siltanib ko‘trilish. Oldinga kusli siltanishni bajarish. Osilishda vertikal holatdan o‘tib, biroz bukilib, oyoqlarni faol oldinga yo‘naltirish va gorzizontal holatga yaqinlashib, gavdani yuqoriga keskin harakatlantirish bilan – kerilish, bir vaqtning o‘zida qo‘llarda tortilib, panjalarni barmoqlari bilan tashqariga burish. Tortilishda davom etib, tosni panjalarga yaqinlashtirib, qo‘llarni tezda to‘g‘rilab va oyoqlarni yuqoriga harakatini ushlab qolib, tayanishga o‘tish. Oyoqlarda yuqoriga harakat to‘xtamaguncha ko‘tarilishni tezda bajarish lozim. Ko‘rib chiqilayotgan kinogrammada orqaga buralishdan keyin oldinga siltanib ko‘tarilishni bajarilishi ko‘rsatilgan.



136-rasm
Tayanishga o‘tish vaqtida kuchli bukilishga yo‘l qo‘ymaslik va shu bilan oyoqlar harakatini ushlab qolish kerak.
BALAND-PAST QO‘SHPOYADAGI MASHQLAR
Qizlar uchun asosiy element, bu oyoqlar bilan yuqori-poyaga tayanib, pastki poya–poyaga kerilib osilish va pastki poya poyaga tayanishga o‘tish hisoblanadi. SHu bilan birga ular, o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil talabalar tomonidan tuzilgan turli o‘quv majmua mashqlarini bajarishni takomillashtirishni davom ettiradilar. Elka mushaklarini va qorin mushaklarini rivojlantirish uchun osilib yotishdan tortilish va gimnastik devorga osilib turishdan to‘g‘ri oyoqlarni hamda bukilgan oyoqlarni ko‘tarishlarni bajaradilar.
Yuqori poyaga osilish. Osilish mashqlari bilan talabalar tanish bo‘lib, gimnastika devoriga osilishni o‘zlashtirganlar. Farqi shundan iboratki, yuqori poyada tana bir joyda to‘xtab turmaydi, balki erkin holatda bo‘ladi. Osilishni takomillashtirish uchun quyidagi mashqlarni taklif qilish mumkin: yordam bilan yuqori poyaosilish – oyoqlarni bukib osilish – osilish – pastga sakrab tushish. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, osilish turli balandlikdagi qo‘shpoyada bajariladigan ko‘pgina mashqlar uchun dastlab holat hisoblanadi.
Pastki poyaga o‘tirib osilish
Bajarish texnikasi. Bu shunday holatki, talaba qiz yuqori poyaosilib, bukilgan oyoq uchi bilan pastki poyatayanadi.
O‘rgatish ketma-ketligi.
Osilishdan oyoqlarni bukib, o‘tirib osilish holatini egallab – oyoqlarni bukib osilib – osilish va pastga sakrab tushish.



144-rasm

Extiyotlash va yordam. YOnboshdan turib, bir qo‘lda beldan, ikkinchisida oyoqdan ushlab yordam beriladi.


Oyoqlarni kerib yotib osilish
Bajarish texnikasi. Oyoqlarni ochib yotib osilish turli usullarda bajarish mumkin, ammo o‘rgatish ketma-ketligini hisobga olib, talabalarda mavjud bo‘lgan harakat tajribalarini qo‘llash maqsadga muvofiq.

145-rasm



Shuning uchun, bir oyoqda siltanib o‘tib yotib osilishdan yoki oyoqlarda itarilib osilishdan pastki poyaga o‘ng (chap) bilan yotib osilishni bajarish yaxshi. Oyoqlarni ochib yotib osilishda tana, yotib osilishdagi kabi bo‘lib, biroz kerilgan, qo‘llar to‘g‘ri, bosh orqaga egilgan, bir oyoq pastki poyaga sonning orqa qismidan tayanib, ikkinchisi poyadan pastga joylashadi.

YAKKACHO‘PDA BAJARILADIGAN MASHQLAR
Xodada bajariladigan mashqlar kishining muvozanat funksiyasiga samaraliroq va har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan muvozanat saqlash mashq turlaridan biridir. Ular mazmun va shakl jihatidan turli-tuman bo‘lib, ijrosining murakkabligi va qiyinligi jihatidan ham har xildir. Bu esa ularni faqat gimnastikachilarni tayyorlashdagina emas, balki maktablarda asosiy gimnastika darslarida, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarda hamda yoshlar jismoniy tarbiyasi tizimida ham qo‘llash imkonini yaratadi.
Xodada o‘tiladigan mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga va harakat qoibiliyatlarini takomillashtiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qomatning shakllanishga ko‘maklashadi, fazoda mo‘ljal olish hissini yaxshilaydi,qat’iylik va dadillikni tarbiyalaydi.
Kinematik shakliga qarab xodada bajariladigan barcha elementlarni to‘rtta katta guruhga ajratish mumkin: muvozanat saqlashlar va turli hil tik turishlar, bir va ikki oyoqda (yoki qo‘llarda) burilishlar, har hil usullar bilan yurishlar va akrobatika mashqlari.
Xodada bajariladigan mashqlar gimnastikachidan, asbob bo‘yicha to‘xtovsiz oldinga harakatni, harakat ritmini o‘zgartirishini, murakkab, tavakkal elementlarni bajarishni va barmoqlarda baland turib, burilishlar bilan go‘zal harakatlarni qo‘shib, bu harakatlarda o‘zini yakkaligini namoyish etish qobiliyatini talab qiladi. Mashqlarni mukammal darajada bajara oladigan etakchi bo‘lish; gimnastikaning harakat jarayonida qomatni to‘g‘ri saqlay olish qobiliyatiga; oyoq panjalari mushaklarining sezuvchanligiga; fazoda mo‘ljal olishga ta’sir ko‘rsatuvchi vestibulyar analizatorlarining faoliyatiga; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, harakat koordinatsiyasi, qat’iylik va jasurlik kabi hislatlarga bog‘liq. Xodada mashq bajarish bu hislatlarni rivojlantirish uchun eng samarador vosita va uslubiyat hisoblanadi. Gimnastika xodasida zamonaviy mashqlarni bajarish, shug‘ullanuvchidan yaxshi akrobatik va xoreografiya tayyorgarligini talab qiladi.
Harakat texnikasini o‘rgatishda, mashqlarni boshida polda, keyin chizilgan chiziq bo‘yicha, gimnastik o‘rindiqda, past xodada bajarib o‘zlashtiriladi. O‘rganilgan mashqni bajarish ko‘nikmalari shakllanish darajasiga ko‘ra o‘rtacha va baland xodaga ruxsat beriladi. Ehtiyotlash yon tomondan turib, gimnastikachining qo‘lidan, belidan yoki qornidan ushlab yordam beriladi. Ehtiyotlash uchun xoda bilan bir hil darajada yotqizilgan porolon matlardan foydalaniladi.
Balandlikdagi xodadan oshib o‘tish.
Bajarish texnikasi. Xodadan oshib o‘tish quyidagicha amalga oshiriladi. Xodaga yuzlanib turib, tayanish holati, o‘ng oyoqda tashqaridan siltanib o‘tib, o‘ng qo‘lni o‘tkazib ushlash va chap oyoqda siltanib o‘tib, sakrab tushish.
Ehtiyotlash va yordam. Yonboshda turib, bilak va elkalardan qarshi siltanish bajariladigan tomondan ushlanadi.
Ehtiyotlash va yordam. Siltanib o‘tishni bajarayotgan oyoqning qarama-qarshi tomonda yonbosh turib, ikki qo‘l bilan qo‘llarning tirsakdan yuqorisidan ushlanadi.
Sakrab chiqish – mashqni boshlash uchun shart bo‘lgan element. Sakrab chiqish gimnastika ko‘prigidan foydalanib yoki usiz, yon tomondan yugurib kelib (xoda oxirida), uzunasi va ko‘ndalang turib, joydan va yugurib kelib bajariladi. Sakrab chiqishga o‘rgatishda, ot va dastakli ot, gimnastik o‘rindiq, past va o‘rtacha xoda qo‘llaniladi.



154-rasm
Uzunasi turib sakrab chiqish – tayanib, o‘ngda tayanib chap yon tomonga oyoq uchida, tashqaridan tayanib o‘ng bilan (chap) bir vaqtda siltanib o‘tish; o‘ng bilan siltanib o‘tib, chapga burilib oyoqlarni ochib tayanib o‘tirish; o‘ngda oyoqlarni ochib tayanib siltanib o‘tish; oyoqlarni bukib siltanib o‘tib, o‘ng bilan oyoqlarni ochib tayanish oyoqlarni bukib siltnaib o‘tib orqadan tayanish; oyoqlarni ochib tayanib turish; oyoqlarni tashqaridan tayanish, bittaga tayanib o‘tirib, boshqasi oyoq uchi tomonga yoki boshqa tomonga, oyoq uchini xodaga qo‘yilmay bajariladi.
Xodani oxirida ko‘ndalang turib sakrab chiqish – oyoqlarni ochib tashqaridan tayanib o‘tirib, bir oyoqqa o‘tirib, ikkinchisi oldinga oyoq uchiga yoki oldinga, qo‘llarda turish orqali oldinga o‘mbaloq oshish.
YOnlab yugurib kelib sakrab chiqishni (xodaga yonbosh) bajarish – o‘ng (chap) sonda tayanib o‘tirib, chap (o‘ng) orqaga; tizzalarda tayanib turish, bitta tizzaga tayanib turib, ikkinchi oyoq orqaga; tayanib o‘tirish; bitta oyoqga orqadan tayanib o‘tirib, ikkinchisi oyoq uchida oldinga qo‘yiladi (bir qo‘lga tayanib); bir oyoqda o‘tirib, ikkinchisi oyoq uchida oldinga, qo‘llarga tayanmasdan orqaga burilish bilan oyoqlarni ochib tayanish.
Xodaga chap yon bilan turib, chap oyoqda itarilib va xoda bo‘ylab o‘ng oyoqda siltanib bajariladi. Qo‘llarga tayanib o‘ng bilan siltanib o‘tish va qo‘llarda tayanib chapga orqaga burilib, oyoqlarni ochib ko‘ndalang tayanib o‘tirish .
Murakkab sakrab chiqishlar oldinga o‘mbaloq oshib (bukilib tayanib yotib, kuraklarda turish, tayanib o‘tirish) qo‘llarda uzunasiga yoki ko‘ndalang turib bajariladi.
Harakatlanish xodada bajariladigan barcha elementlarni bir butun kombinatsiyaga biriktiradi. Bularga turli xildagi yurishlar, yugurishlar, sakrashlar raqs qadamlari va bu elementlarning moslashuvi kiradi. Ular qo‘l, bosh, tananing turli harakatlari bilan bajariladi. Oyoq panjasi o‘rta chiziqqa qo‘yilib, panja xodaning qirrasini sezib turishi kerak.
Yurish va yugurish turlari: oyoq uchidan qadam qo‘yish, oyoq uchida yurish, tayanch oyoqqa yarim o‘tirish, tashlanish, erkin oyoqlarda (to‘g‘ri va bukilgan) oldinga, orqaga yoki yon tomonga harakatlanib yoki uni oxirgi yuqori holatda ushlab turish, juftlovchi va almashuvchi qadam; to‘g‘ri (bukilgan) oyoqlarni oldinga (orqaga) chiqarib oyoqdan oyoqqa kichik sakrashlar bilan, oyoq uchida kichik qadamda yugurish.
Salto – g‘ujanak holatida, kerilib, oldinga, orqaga, yon tomonga ikki oyoqda itarilib yoki bir oyoqda itarilib bajariladi.
Sakrab tushish xodada bajariladigan mashqlarni yakunlaydi. Ularga bir oyoqda yoki ikki oyoqda itarilib oddiy sakrab tushish; bir qo‘lda yoki ikki qo‘lda yoki tayanch bilan turish orqali o‘tirish; murakkab akrobatik elementlar (to‘ntarilish, salto) kiradi.
Oddiy sakrab tushishlar – bir yoki ikki oyoqda itarilib bajariladi: uzunasiga turishdan oldinga kerilib, ko‘ndalang turishdan – yon tomonga; oyoqlarni ochib kerilib; oyoqlarni oldinga yoki orqaga bukib; oyoqlarni ochib bukilib; xoda o‘rtasidan yoki oxiridan qadam qo‘yib yoki yugurib; oyoqlarda itarilib yoki o‘ng (chap)ga burilib qadam bilan bajariladi. Oddiy sakrab tushishlarga o‘rgatish uchun, chuqurlikka sakrash, otdan va prujinali ko‘prikdan foydalaniladi.

158-rasm
Tayanib turish orqali yoki bir (ikki) qo‘lda itarilib sakrab tushish xoda oxirida yonbosh to‘ntarilib; chapga (o‘ngga) burilib yonbosh to‘ntarilib, xodaga yuzlanib; xoda oxiridan ko‘ndalang turishdan oldinga kerilib to‘ntarilish; qo‘llarda ko‘ndalang turishdan kerilib uzunasi turishdan oldinga to‘ntarilib kerilish; ko‘ndalang turishdan qo‘llarda turishgacha oldinga to‘ntarilish va yon tomonga to‘ntarilish; xoda oxiridan yoki o‘rtasidan orqaga to‘ntarilish; xoda oxiridan templi sakrashdan keyin qo‘llarda itarilib oldinga to‘ntarilish.
Murakkab akrobatik elementlardan sakrab tushishlarni xodaning oxiridan sakrab orqaga to‘ntarilish (flyak); uzunasi yoki ko‘ndalang turishdan, ikki yoki bir oyoqda itarilib g‘ujanak holatida orqaga salto; xoda oxiridan bir oyoqda itarilib oldinga kerilib siltanishli salto. SHuning o‘zi orqaga burilish bilan; bir oyoqda siltanib, ikkinchisida itarilib orqaga kerilib salto; xoda oxiridan yonbosh salto va boshqalar bilan bajarish mumkin.



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə