O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MEXANIKA FAKULTETI
“MATERIALLAR QARSHILIGI VA MASHINA DETALLARI”
kafedrasi
“AMALIY MEXANIKA” fanidan
5-LABORATORIYA ISHI
CHERVYAKLI REDUKTORNING TUZILISHI BILAN TANISHISH VA ASOSIY DETALLARNING OʻLCHAMLARINI ANIQLASH
Guruh:___________________
Bajardi:__________________
Qabul qildi:_______________
Toshkent-2023
5 – LABORATORIYA ISHI CHERVYAKLI REDUKTORNING TUZILISHI BILAN TANISHISH VA ASOSIY DETALLARNING OʻLCHAMLARINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: chervyakli reduktorning tuzilishi bilan tanishish va asosiy detallarning oʻlchamlarini aniqlash.
Kerakli asbob va uskunalar: . Lineyka 300 mm, shtangentsirkul, kalkulyator, krontsirkul, taxometr.
Nazariy ma’lumotlar
Chervyakli uzatma oʻqlari ayqash boʻlgan vallarga harakatni uzatish uchun qoʻllaniladi. Ayqashlik burchagining qiymati, koʻpincha 90º boʻladi.
Chervyakli uzatmalar mashinasozlikda koʻp tarqalgan boʻlib, ularning quyidagi afzalliklari bor: tuzilishi oddiy, oʻzi esa ixcham boʻlib, bir pogʻonaning oʻzida uzatish soni katta boʻladi, ravon va shovqinsiz ishlaydi, uzatmaning oʻzi tormozlanuvchi qilib tayyorlanishi mumkin. Aytib oʻtilgan afzalliklar bilan bir qatorda chervyakli uzatmaning quyidagi kamchiliklari ham bor: foydali ish koeffitsienti nisbatan kichik, gʻildirak tishlari nisbatan tez yeyiladi, gʻildirak uchun qimmat - baho metall (bronza) ishlatish talab qilinadi, uzoq vaqt toʻxtamay ishlaganda uzatma qizib ketadi.
Uzatmaning turlari: chervyak tanasining tuzilishiga qarab silindr va globoid chervyakli uzatma boʻladi (1.1-rasm).
1.1-rasm
Chervyak oʻramlarning shakliga qarab esa Arximed, konvolyutaviy va evolventaviy chervyakli uzatma boʻladi (7.2. rasm).
Chervyakning gʻildirakka nisbatan egallagan oʻrniga qarab chervyagi pastda, yuqorida va yon tarafda joylashgan uzatmalar boʻladi (7.3-rasm a,b,d).
Agar Arximed chervyagini oʻz oʻqi boʻylab oʻtadigan tekislik bilan kesilsa, hosil boʻlgan kesim teng yonli trapetsiya shaklida boʻladi. Konvolyutaviy chervyakni uning oʻram yoʻnalishiga tik boʻlgan tekislik bilan kesilganda, hosil boʻlgan kesim trapetsiya shaklida boʻladi. Evolventaviy chervyakni asosiy aylanasiga urinma tekislik bilan kesilganda, hosil boʻlgan kesim trapetsiya shaklida boʻladi.
1.2-rasm. Chervyakning turlari.
I - Arhimed chervyagi, II - evolventali chervyak, III -konvolyutaviy chervyak.
1.3-rasm. Chervyakning joylashish holatlari: a - pastda, b - yuqorida va d - yon tarafda
Dostları ilə paylaş: |