propozitsiya faqat kechayotgan voqea haqidagi xabargina bo‘lib
qolmasdan, yetkazilayotgan xabarning tasdig‘i hamdir.
Predikatlar mantig‘i sohasidan o‘zlashtirilgan propozitsiya
tushunchasi tilshunoslikda anchadan buyon qo‘llanib kelinmoqda.
Mantiqda bu atamaga voqelik haqidagi
hukmni nomlash uchun
murojaat qilinadi. Shuning uchun ham mazmuniy sintaksisda
propozitsiya - gaplar qatorining semantik invarianti sifatida
tavsiflanadi.
228
Masalan,
«Abbos menga kitobni berdi», «Abbos
menga kitobni beradimi?», «Abbos, menga kitobni ber!», «Abbos
menga kitobni berishi kerak»
kabi
gaplarning propozitsiyasi
yagonadir:
«Abbosda kitob bor va uni menga beradi».
Ko‘rinib
turibdiki, propozitsiyaning ma’noviy va sintaktik tuzilishi voqelikdagi
hodisa tuzilishiga mos keladi.
Ammo bunday strukturaviy mutanosiblik asosan gap sathida,
ya’ni propozitsiyaning zaxiraviy belgilarida saqlanadi, ya’ni
«Abbos», «kitob» otlari va «men» olmoshi referensiyasi va «bermoq»
predikatining mantiqiy munosabatini
hosil qiluvchi semantik
tuzilmaning lisoniy voqelanishini ta’minlovchi qolip mavjudligida
namoyon bo‘ladi. Virtual propozitsiyaning asosiy vazifasi voqelik
haqidagi
bilimning xotirada, ya’ni ongda saqlanishini ta’minlash va
uning lisoniy ifodalanishi uchun zamin tayyorlashdir. Yаgona bir
zaxiraviy propozitsiya turli muloqot muhitida,
matnlarda turli
darajada ifodalanishi mumkin. Bunda propozitsiyaning predikat qismi
turli modallik va zamon xususiyatlariga ega bo‘lishidan tashqari,
uning ma’no strukturasi ham muloqot maqsadi,
shartlariga
moslashadi. Faol yoki kommunikativ propozitsiya mazmunan va
shaklan nofaol, zaxiradagiga nisbatan murakkab ko‘rinishga ega
bo‘lishi mumkin. Eng asosiysi, faol propozitsiyalar qatoriga tayangan
holda matn mazmuniy markazini ajratish,
uning negizida
shakllanadigan qismlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar miqyosini
aniqlash imkoni tug‘iladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda asosiy tayanch,
albatta,
faol propozitsiyalardir, zero, aynan ularning doirasida gap
tema-rema tuzilishidan matn uchun yaxlit bo‘lgan tema-rematik
tarkibga o‘tish jarayoni kuzatiladi.
Faol
propozitsiyalarning matn
228
Dostları ilə paylaş: