o‘rganilishi til va nutq hodisalarining ilmiy-nazariy tahlilida muhim
o‘rinni egallashiga aminmiz.
Bunday
yondashuvning istiqboli, ayniqsa, matn tilshunosligi
sohasida yaqqol ko‘rinadi. Matnning yaratilishi
va qabul qilinishi
bosqichlarida voqelikda sodir bo‘layotgan hodisa kognitiv obrazining
tasavvur qilinishi birlamchi shartdir. Bu obraz, o‘z navbatida, umumiy
propozitsiyalardan
tashqari, kommunikativ faoliyatni shartlovchi
muloqot
qoidalari, normasi, an’anasi kabi bilimlar zaxirasini ham
qamrab oladi. Ushbu bilimning barchasi
freym yoki ssenariy
ko‘rinishida ifoda topadi. Freym inson ongida mavjud bo‘lgan
(aniqrog‘i, yuzaga keladigan) kognitiv strukturadir.
223
Voqelikdagi tipik
vaziyatlar haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish natijasida shakllanadigan
matn freymi markazida asosiy mavzu
yoki makropropozitsiya tursa,
uning tugunlari (slotlari) esa alohida propozitsiyalar bilan to‘ldiriladi.
Matn
kommunikativ-pragmatik
mazmunini
anglash
maqsadida
bajariladigan kognitiv amallar negizida xuddi shu turdagi mental
strukturalar tarkibiy qismlarining o‘zaro
munosabatlarini aniqlash
vazifasi turadi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Kognitiv lingvistikaning obyekti nima?
2. Kognitiv lingvistikaning predmeti nima?
3. Kognitiv lingvistikaning qanday yo‘nalishlari bor?
4. Konsept nima?
5. Konseptosfera nima?
6. Matnning yaratilishi va qabul
qilinishi bosqichlarida
voqelikda sodir bo‘layotgan hodisa kognitiv obrazining tasavvur
qilinishida qanday ahamiyatga ega?
7. «Kognitiv muqobillik» tamoyili qanday tamoyil?
8. Konseptuallashuv jarayoni matn yaratilishi
uchun qanday
ahamiyatga ega?
223
Бу ҳақда қаранг
:
Dostları ilə paylaş: