axborotning botiniy ko‘rinishda bo‘lishini ruhshunoslar ham e’tirof
etishgan. «Har qanday hikoya (povest, roman)ning mazmuni, -
deb
yozadi
ruhshunos V.V.Znakov, - predmetlik ma’nosida, «fabula»sida emas, balki
o‘quvchining o‘zi o‘qigan manbaga munosabatida mavjuddir. Bu
munosabatlar o‘quvchining talqinida, xulosalarida, taxminlarida, savollarga
javob izlashida namoyon bo‘ladi» .
Ammo badiiy matn mazmunining,
unda ma’lum qilinayotgan axborotning estetik qimmatini faqatgina
o‘quvchining idroki, tafakkur qobiliyatiga bog‘lasak, mazmunni butunlay
subyektivlik bilan bog‘lab qo‘yishimiz mumkin. To‘g‘ri, matn
mazmunini «chaqish» retsipientning vazifasi bo‘lganidek,
uning
mazmuniy yaxlitligini (kogerentligini) va tugalligini aniqlash ham uning
(retsipientning) ixtiyoridadir. Biroq, u bajarayotgan har qanday kognitiv
amallarni harakatga keltiruvchi «kuch», mexanizm matnning o‘zi, uning
kompozitsion qurilishidir. Matn ma’lum strukturaviy ko‘rinishga ega
bo‘lmasa, o‘quvchida axborotni qabul qilish imkoniyati bo‘lmaydi.
Matnning mazmuniy yaxlitligi va kogerentligining o‘zi kognitiv
jarayondir, bu jarayonda retsipient matn kommunikativ-pragmatik
maqsadini anglash majburiyatini olgan faol shaxs hisoblanadi. Matn va
uni idrok etuvchi shaxs o‘rtasidagi munosabat ikki tomonlama
kechadigan dialektik jarayondir. Bu jarayonda o‘quvchi, bir tomondan,
nutqiy axborot adresanti bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, ushbu axborotni
anglovchi va tahlil qiluvchi subyektdir. Matn ma’lum kommunikativ
maqsadni ko‘zlagan holda tartiblashtirilgan lisoniy struktura bo‘lib, uning
tarkibida adresantning mazmun idrokiga yo‘naltirilgan aqliy intellektual
faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi turli kommunikativ-lisoniy «ishoralar
ham mavjud bo‘ladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa qilish
mumkinki, matnning kategorial xususiyatlarini uni yaratuvchi va idrok
etuvchi subyektlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi.
Matn mazmuni ikki
tomonlama faoliyat natijasi bo‘lganligi uchun ham uning
kategorial belgilari muallif va adresant tomonidan bir xilda idrok
etilishi lozim. Faqat shu yo‘sindagina u yoki bu belgining barqarorlik
darajasini aniqlash imkoni tug‘iladi. Kichik hajmdagi matnlarni
kognitiv tahlil etgan E.V.Levchenko
matnning birlamchi, barqaror,
muallif va o‘quvchi ta’siridan xoli xususiyatlari bilan bir qatorda, uning
ikkilamchi, subyektning bevosita matn bilan munosabatga kirishishi
jarayonida yuzaga keladigan xususiyatlari ham mavjudligiga e’tibor
qaratish lozimligini uqtirgan.
220
Albatta, matn maqomini aniqlash,
uning nutqiy muloqot jarayonida, tutgan mavqeini bilish uchun ushbu
hodisaga xos bo‘lgan barcha turdagi xususiyat va belgilarni o‘rganish
lozimligini hech kim inkor qilmaydi.
Lekin tahlil qilinayotgan
hodisaning obyektiv xususiyatini aks ettirmaydigan, o‘tkinchi belgilar
ko‘p holatlarda subyekt tomonidan ushbu hodisaga beixtiyor qo‘shib
berilayotgan nisbat bo‘lishi ham mumkin. Kategorial belgi
uchun asosiy ko‘rsatkichlar barqarorlik, turg‘unlik, barcha
sharoitlarda takrorlana olish xususiyatidir.
Demak, matn tahliliga kognitiv-diskursiv tilshunoslik nuqtayi
nazaridan yondashadigan bo‘lsak,
uning mohiyatini invariant
xususiyatlar zanjiri belgilashini e’tirof etishimiz lozim.
Xususiyatlarning invariantligi matn yaratilishi va idroki
jarayonlarining uzluksizligini, ularning davomiyligi va biri ikkinchisini
taqozo etishini ta’minlaydi. Invariantlikning turli sharoitlarda
(matnlarda) voqelanishi esa uning variantli qo‘llanish imkoniyatlarini
namoyon qiladi. Invariantlik va variantlik xususiyatlari
munosabatlarining uzviyligi sharhini A.Hojiyevning
boshqa turdagi
lisoniy hodisalar mohiyatidagi umumiylik va
xususiylik belgilari
muqoyasasida bildirgan fikrida ham ko‘ramiz. Olimning qayd
qilishicha, paradigma - bir umumiy ma’nosida birlashuvchi xususiy
ma’noli shakllar guruhidir. Bu guruh va unga xos ma’no
tilning
ma’lum sathiga xos kategoriya hisoblanadi. Masalan, fe’lning
zamon kategoriyasi harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi.
Zamon shakllarining hammasi uchun umumiy bo‘lgan bo‘lgan
xususiyat ushbu kategoriyaning tub mohiyatini belgilaydi. «Zamonning
har bir turi esa, - davom etadi A.Hojiyev, - o‘zicha umumiylik va
xususiyliklarga ega. Masalan, o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq
momentigacha bo‘lishini bildiradi - bu umumiylik - o‘tgan zamon
fe’lining mohiyati. Bu zamonning shakllari ana shu umumiy ma’no
asosida birlashadi. Har biri esa o‘ziga xos xususiyatga ega».
221
Olimning
umumiylik
va
xususiylik
munosabati
haqida
bildirayotgan ushbu sharhi matnning
kategorial va nokategorial
belgilarini farqlash tamoyillariga to‘la mos keladi. Bundan tashqari,
220
Dostları ilə paylaş: