«Kognitiv muqobillik» tamoyiliga amal qilish nutqiy
tuzilmalar (shu jumladan, matn)
mohiyati, mazmunini bevosita
«lisoniy
birlik
(belgi)
-
ma’no» zanjirida talqin qilish
an’anasidan voz kyechishga undaydi. Lekin shuning bilan birgalikda,
kognitiv-diskursiv tahlil amallari hech
qachon lisoniy voqelikni
inkor etmaydi, chunki har qanday kognitiv tuzilma negizida lisoniy
birliklarga xos ma’no ifodasi yotadi. So‘zsiz, matn va boshqa
lisoniy hodisalar tuzilishini to‘liq tasavvur etish uchun ularning
denotativ-referentiv tavsifi yetarli emas.
Bu holatda matnning
strukturaviy tuzilishi ahamiyatsizdek ko‘rinadi. Ammo lisoniy
belgining
ixtiyoriyligi
haqidagi
Sossyur g‘oyasini
absolyutlashtirish yo‘lidagi bunday
qarashning
samarasiz
ekanligini semiotiklarning o‘zlari ham allaqachon sezishgan. «Lison, -
deb yozadi Y.Kelemen, -faqatgina bilim to‘plash va uzatish vositasigina
bo‘lib qolmasdan, balki ushbu bilimni o‘ziga
xos strukturalar asosida
moddiylashtirish vositasi hamdir, shuningdek, u hayotning ma’lum
shakli, uslubidir».
215
Kognitiv tahlil vazifalari va metodlarini chegaralash istagida
bo‘lgan yana bir rus tilshunosi A.E.Kibrikning e’tirof etishicha, «kognitiv
tilshunoslik, uning har qanday ko‘rinishdagi talqini
va tavsifida kognitiv
strukturalarning tilga nisbatan birlamchi ahamiyatga molik bo‘lishiga
tayanadi va bunda til birliklari va qoidalari kognitiv struktura va
jarayonlarning grammatik tus olishi ko‘rinishida tasavvur qilinadi».
216
Albatta, kognitiv strukturalarni ajratish har qanday lisoniy tuzilmaning
yaratilishi, uning yuzaga kelish tarixini o‘rganish uchun muhimdir. Lekin
ushbu strukturalarning ustuvorligi ularning
lisoniy voqelanishi bilan
bog‘liq bo‘lgan hodisalarni orqaga surib qo‘yishga yoki, eng yomoni, inkor
qilishga sabab bo‘lmasligi kerak. Har qanday lisoniy birlikning
kommunikativ qiymati, mazmunini uning shakliy tuzilishidan ajratgan
holda tasavvur qilish qiyin. Mazmun va shakl hodisalarining bunday
mushtarak munosabati matn hodisasiga ham taalluqlidir.
Shunga binoan
matnning
tuzilishi
o‘rganilganda,
asosan
semantik-sintaktik
kategoriyalarga tayaniladi va bunday yondashuv ma’noviy hamda
formal-sintaktik ko‘rsatkichlarning birini ikkinchisidan ajratgan
215
Dostları ilə paylaş: