sifatida qarash ham unchalik ma’qul bo‘lmasa kerak. Bizningcha,
Sh.Safarovning «diskurs inson
ongli faoliyatining bir turi, turkumi
bo‘lsa, matn uning ko‘rinishidir», degan ta’rifiga yergashgan ma’qul.
Matn yaratilishini diskursiv faoliyatning bir turi sifatida talqin
qilish ushbu hodisaning
dinamik xususiyatlariga, jarayonli belgilariga
ko‘proq etibor qaratishni talab qiladi. Matnni o‘zgarmas, harakatsiz,
turg‘un xususiyatlarga ega bo‘lgan hodisa ko‘rinishida
tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Matnning maqomini, kategorial belgilarini aniqlash uchun
uning ongli diskursiv faoliyat bilan bog‘liq tomonlariga e’tiborni
kuchaytirish lozim bo‘ladi. Lisoniy hodisalar
talqiniga yangicha
yondashuv natijasida tadqiq maqsadi matn yaratishning inson kognitiv
qobiliyati bilan bog‘liq jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Subyektning
kommunikativ-ijtimoiy hamda til tizimi
qoida-normalariga mos
ravishda matn yaratish va uni mazmunan idrok etish qobiliyati nutqiy
tafakkur faoliyatining samarasini ta’minlovchi asosiy omillardandir.
Kognitiv tilshunoslikning vazifalari,
uning asosiy tamoyillarini
aniqlashga harakat qilgan V.Z.Demyankov ushbu yo‘nalishdagi tahlilda
«kognitiv muqobillik» va «bevosita muqobillik» tamoyillarini farqlash
muhimligini alohida uqtiradi. «Kognitiv muqobillik», olimning
ta’biricha, biror bir birlik haqida tasavvur qilish yoki uning haqida fikr
yuritishda ushbu birlikning qanday idrok etilishi va hosil bo‘lgan
tushunchaning qay darajada kognitiv voqelikka mos kelishini anglatadi.
Ushbu tamoyil «bevosita muqobillik» holatiga ziddir. Binobarin, oxirgi
tamoyilga binoan lisoniy voqelanish unsurlarining
mazmuni bevosita
voqelikdagi hodisalar mohiyatiga mos keladi. Buning izohini ingliz
kognitologi R.Uilinski keltirgan «Bruklin ko‘prigi» so‘z birikmasi
tahlilida ham ko‘rish mumkin. Bu lisoniy birlikning referenti
obyektiv
borliqdagi predmetdir. Bu predmet ko‘prik ko‘rinishiga ega va uni
«Bruklin ko‘prigi» deb atashadi (chunki u Bruklinda qurilgan). Agarda
kognitiv muqobillik tamoyiliga amal qiladigan bo‘lsak, «Bruklin
ko‘prigi» atamasi real borliqdagi aniq bir predmet bilan bog‘liq emas,
balki bu voqelikning kognitiv tasavvurdagi mohiyatiga yoki boshqacha
ifodalaydigan bo‘lsak, voqelikning tafakkurda qoldirgan «izi»ga mos
kelishi kerak.
214
214
Dostları ilə paylaş: