ma’lum bir voqelikning inson tomonidan
idrok etilishi natijasida
yuzaga keladigan hodisadir. Voqelikni idrok etish uchun esa inson
uning mohiyatini to‘la tasavvur etishi, boshqacha aytganda, to‘g‘ri
«hazm qila bilmog‘i» yoki anglamog‘i lozim.
Faqat shundagina
mazmunan aniq va tugal matn yaratiladi. Demak, matn, shubhasiz,
kognitiv tilshunoslikiiig tahlil obyekti bo‘la oladi hamda ushbu
yo‘nalish doirasida uning mazmuniga xos botiniy xususiyatlar,
konseptuallashuv jarayonida hosil bo‘ladigan
mental qolipining
tuzilishi o‘rganiladi.
Matnning kognitiv tahlil obyekti sifatida e’tirof etilishi bevosita
uning tabiati haqidagi tasavvurlarning ham ma’lum darajada
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada I.P.Susovning matn tabiatan ikki
jihatga ega («текст двулик по своей природе»)
206
degan tavsifi o‘z
paytida (o‘tgan asrning 80-yillarida) qanchalik to‘g‘ri
deb qabul
qilingan bo‘lishiga qaramasdan, bu qarash hozirgi kunda
tadqiqotchilarni qoniqtirmay qo‘ydi. Matnning ko‘p jihatli va ko‘p
qirrali hodisa ekanligi tinimsiz ta’kidlanayotgan bir paytda, biz
matnning lisoniy voqelikda tutgan o‘rnini tasvirlovchi zanjirga yana bir
xalqani qo‘shishni ma’qul ko‘rgan bo‘lar
edik va bu xalqa voqelik
haqidagi tasavvurning konseptuallashuvini aks ettiradi.
Kognitiv tilshunoslikka xos tadqiq uslublarining matn tahliliga
tatbiq qilinishi, birinchi navbatda, matnning
kommunikativ tizim va
umuman, insonning borliq haqidagi bilimining asosiy unsuri sifatida
e’tirof etilishi bilan bog‘liqdir. Bunday e’tirof esa, o‘z navbatida,
tadqiqotchilar e’tiborini matnning ichki tuzilishi,
strukturaviy
xususiyatlaridan uning yaratilishi va mazmunan idrok etilishi (retsipient
tomonidan qabul qilinishi) jarayoniga ko‘chishiga sabab bo‘ladi.
Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasini «lisoniy jarayonlar,
lisoniy birlik va kategoriya kabilarni ularning xotira, tasavvur, idrok,
ong bilan munosabatida o‘rganish» deb bilgan E.S.Kubryakova
207
keyinchalik ushbu vazifani «lisoniy strukturalar
va bilim strukturasi
o‘rtasida mavjud bo‘lgan doimiy muqobillikni yoritish» darajasigacha
kengaytirdi.
208
Matn, eng muhim lisoniy struktura bo‘lish bilan bir
206
Сусов И.П.
О двух путях исследования содержания текста // Значение и смысл речевых
образований.- Калинин,1979. –С. 90.
207
Dostları ilə paylaş: