Nutqiy tuzilmalarniig matn maqomini
olishida kommunikativ
faoliyat ishtirokchilarining munosabati ham muhimligini unutmaslik
lozim. A.A.Zalevskayaning sharhicha, har
qanday nutq qatori uning
faqat muallif yoki retsipient bilan munosabatda faollashuvidagina matn
bo‘la oladi. Matn inson tomonidan yaratiladi va idrok etiladi, insonning
ishtirokisiz tasavvur qilinayotgan matn faqatgina «moddiy gavda»
ko‘rinishini oladi
211
. Taniqli psixolingvist A.A.Zalevskayaning fikriga
batamom qo‘shilishni istasak ham, lekin bir kichik e’tirozimizni
bildirmaslikning imkoni yo‘q. Haqiqatdan ham matn unga mazmun
bag‘ishlovchi faoliyatning ijrochisi (muallif yoki retsipient)siz hech
qanday qiymatga (olimaning ta’biricha - «ichki quvvatga») ega
bo‘lmaydi, ammo matnning o‘z-o‘zicha, alohida «gavda»
sifatida
mavjud bo‘lishini tasavvur qilish qiyinligini olima unutgandek
ko‘rinadi. Balki, bu uning tilshunoslikda hanuz hukmron bo‘lib turgan
matn va diskurs hodisalarini keskin qarama-йarshi qo‘yish an’anasidan
to‘liq voz kecha olmaganidan bo‘lsa kerak. Bu ikki hodisaning
ziddiyatini
faollik - nofaollik, dinamik-statik xususiyatlarning qarama-
qarshiligi bilan bog‘lashga intilayotganlar oxir-oqibatda matnni yozma
nutq mahsuli, diskursni esa og‘zaki muloqot mahsuli sifatida
ta’riflashga harakat qiladilar. Ushbu yo‘sindagi talqin, so‘zsiz, ularning
birini (matnni)
moddiy hosila, ikkinchisini (diskurs) esa nomoddiy
natija ko‘rinishida tasavvur qilishga undaydi.
212
Matn va diskurs munosabati masalasi hamda ularning ziddiyatli
hodisalar sifatida talqin qilinishi matn tilshunosligi
taraqqiyoti uchun
noxush holatlar tug‘dirishi mumkinligi tilshunoslarimiz tomonidan
e’tirof etilgan.
213
Biz ham ularning fikrlarini quvvatlagan holda
matnning yozma va og‘zaki ko‘rinishda mavjud bo‘lishini
batamom
e’tirof etamiz. Shu bilan birgalikda, «diskurs» va «matn»
tushunchalarini to‘liq muqobillikka ega bo‘lgan sinonim tushunchalar
211
Dostları ilə paylaş: