holda o‘rganilishiga nisbatan ijobiy natijalar
berayotganligi barchaga
ma’lumdir.
Sintaktik shaklning gap semantikasining hosil bo‘lishidagi o‘rni
tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etib kelinmoqda. Matn mazmunining
shakllanishida uning formal belgilari muhim rol o‘ynaydi.
Lekin matn
mazmuni uchun asosiy tayanch nuqta uning kompozitsion qurilishidir.
Kompozitsion shakl, birinchidan, matnni
boshqa nutqiy tuzilmalardan
(ayniqsa, gaplarning tasodifiy qatoridan) farqlash uchun xizmat qilsa,
ikkinchidan, unga tayangan holda matn
turlarini ajratish mumkin
bo‘ladi.
Kompozitsion shakl hodisasini matn tilshunosligi nuqtayi nazaridan
tahlil qilishga intilgan moskvalik germanist O.I.Moskalskaya
matnning
makrokompozitsiya va mikrokompozitsiya qurilishi haqida gapirgan edi.
217
Bulardan birinchisi yaxlit matnning kurilishi bo‘lsa, ikkinchisida matn
qismlarining ichki qurilishi o‘z ifodasini topadi. Mikrokompozitsiya
matnning yaxlit kompozitsion qurilishini (makrokompozitsiyasini)
ta’minlaydi.
Barcha turdagi matnlar, ular yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda
bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bir kompozitsion matritsa - sxema
asosida yaratiladi. Masalan, epistolyar
janrdagi matnlarning asosiy
kompozitsion qolipi «sana - murojaat - asosiy qism - xotima va ehtirom -
imzo» ko‘rinishida bo‘lsa, arizaning qolipi boshqacharoq: «murojaat
shaxsi - murojaat bayoni - ehtirom - imzo» .
218
Biror bir matn kompozitsiyasi qurilishining qoliplashganlik darajasini
aniqlash uchun matnning ichki tuzilishini tahlil etish bilan chegaralanib
qolish to‘g‘ri emas, balki turli turkumdagi
matnlar qatorini qiyoslash
amalidan ham foydalanish lozim bo‘ladi. Bunda matn qismlari bajarayotgan
vazifalardan (masalan, «kirish», «bayon», «izoh», «xulosa» kabilar)
tashqari, u yoki bu belgining matnning kompozitsion tartibiga ta’sirini ham
aniqlash imkoni tug‘iladi. Bu ta’sirning darajasi esa turli matnlarda
turlicha bo‘ladi. Matnlarning tuzilishidagi
farqlar va ularda lisoniy
unsurlarning qo‘llanish darajasini kuzatgan uslubshunoslar turg‘un va erkin
strukturali matnlarni farqlashni tavsiya qiladilar. Har ikkala
tipdagi matn
uchun uning kompozitsion va mazmuniy strukturasini ifodalovchi
217
Dostları ilə paylaş: