kategorial belgilar majmuasi matnning barcha
turlariga bir xilda xos
bo‘lishini ham tasavvur qilish qiyin. Binobarin, badiiy matn uchun xos
bo‘lgan belgilar ish yuritish hujjatlari matnida unchalik aniq ko‘rinishga
ega bo‘lmasligi mumkin. Shuningdek, ayrim belgilar ma’lum turdagi
matnlarda
yetakchilik qilsa, boshqalari esa ularni kuchaytirish,
aniqlashtirish vazifasini ado etishadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, ayrim
nemis kognitologlari kategorial belgilarning
matnda tartib topishini
gradual hodisa sifatida qarashni lozim deb hisoblaydilar.
Bundan ikki-uch yil oldin kognitiv tilshunoslikka oid o‘quv
qo‘llanmalaridan birining muallifi «kognitiv tilshunoslik til tahlilini
nutq tahlili bilan to‘ldiradi» degan g‘oyani isbotlamoqchi bo‘ldi.
222
Biz
nutq lingvistikasini til tizimi tahlilining oddiy ilovasi sifatida
tavsiflashdan yiroqmiz. Zotan, kognitiv
tahlilda nutqiy faoliyat
jarayonini ta’minlovchi vositalar, uni harakatga keltiruvchi
mexanizmlarni aniqlash maqsadi ko‘zlanadi. Kognitiv tilshunoslikning
predmeti va vazifalarini aniqlash vazifasini ko‘zlayotgan tadqiqotchilar
muhokama qilinadigan asosiy muammo
insonning voqelik bilan
munosabatida hosil bo‘lgan tajriba-bilimning kategoriallashuvi
ekanligini ta’kidlashmoqda. Voqelikni idrok etish jarayonida hosil
qilingan bilimni kategoriyalashtirish qabul qilingan (o‘zlashtirilgan)
axborotni tartiblashtirish usulidir. Ushbu usulning amalga oshishida esa
til tizimi birliklaridan foydalaniladi. Voqelikni idrok etish yo‘li
bilai
hosil bo‘ladigan mental birlik - konseptdir.
Konsept
voqea-hodisalarni
tipiklashtirish,
modellashtirish
xizmatini o‘tab, tafakkur va lisoniy faoliyatlarni tutashtiradi va ularni
obyektiv borliqni bilish jarayonida o‘zaro birlashtiradi. Bilish
jarayonining bir tekis kechmasligi ma’lum,
bu jarayonda predmet-
hodisalarning umumiy va xususiy belgilarini taqqoslash asosida ularni
farqlamasdan turib, kategoriyalashtirib bo‘lmaydi. Bu turdagi mental
amallarning bajarilishi negizida kognitiv strukturalar majmuasi turadi.
Kognitiv strukturalar (tuzilmalar) mohiyatan
voqelikni idrok etish va
shu idrok jarayonida yuzaga kelgan bilim (axborot)ni lisoniy
voqelantirishning ramziy sxemasidir. Shunga binoan lisoniy tafakkur
faoliyatida til tizimining rolini aniq tasavvur qilish imkonini beradigan
kognitiv strukturalar - freym, skrept, ssenariy, propozitsiya kabilarning
222
Dostları ilə paylaş: