inson, balki boshqa aqlli mavjudotlarning
tafakkur jarayoni haqidagi
fikrlar bildirilgan.
2. Bilishning biomadaniy nazariyasi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra
oddiy tirik mavjudotlar uchun borliq faqat jismoniy ahamiyat kasb etsa,
inson uchun u ham jismoniy, ham madaniy ahamiyat kasb etadi.Ushbu
nazariyaga ko‘ra inson to‘rt tipdagi qadriyatlarga ega bo‘ladi: 1) stimul;
2) assotsiativ; 3) taqlidiy; 4) ramziy.
195
Shu tariqa, ushbu yo‘nalishlarda til va bilishning
biologik asoslari
insonning qabul qilish, emotsional holati, empirik tajribasi nuqtayi
nazaridan ko‘rib chiqiladi.
3.
Sun’iy intellekt yaratish nazariyasi.
Bu
nazariya asoslari
informatika fanidan olingan bo‘lib, unda sun’iy intellekt va inson ongi,
tili o‘rtasidagi bog‘liqliklar o‘rganiladi.
4. Kognitiv semantika yo‘nalishi.
Kognitiv semantikani yana
“tildagi konseptualizatsiya va kategorizatsiya nazariyasi” deb ham
atashadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra til birligining ma’nosi
boshqa
kognitiv strukturalar kontekstida aniqlanishi zarur, chunki ushbu
bilimlar bloki mazkur ma’nolar ortida turadi va ularni tushunishni
ta’minlaydi”.
196
Kognitiv
strukturalar
kognitiv sferalar, kognitiv
kontekstlar
(R.Lenker),
mental makonlar
(J.Fakone, Dj.Lakoff) yoki
freymlar
(Ch.Filmor) deb ham ataladi. Kognitiv strukturalar “til
analiziga til hamda tilga aloqasi bo‘lmagan (ensiklopedik) bilimlarni jalb
qilgan holda semantik nazariyaga ko‘p darajali xarakterni bahsh etishni”
taqozo qiladi.
197
U yoki bu kognitiv strukturalarda
aniqlanayotgan til
birliklari ma’nolari u yoki bu konseptlar asosida shakllanadi.
N.N.Boldirevning
ta’kidashicha,
konseptlar
til
kategoriyalari
shakllanishining asosida yotadi. Shunga ko‘ra til birliklari va til
kategoriyalari ma’nolarini kognitiv semantika doirasida tadqiq qilish
konseptual analiz metodi asosida amalga oshiriladi. Konseptual analiz
til birliklari va shakllarida
ifodalangan dunyoni anglash, tushunish,
fikrlash, bilish usullarini o‘rganishni taqazo qiladi. Bunda ma’nolar
so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar va, umuman,
matnlar bilan
ifodalanishi mumkin. Konseptual analiz konseptlar mazmunini va bu
bilan bir qatorda yashirin, assotsiativ va b. konseptual xarakteristikalarni
aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: