“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   190
saparniyozova 0

1. 
Bilishning 
biologik 
nazariyasi. 

biosemiotika
ma’lumotlariga asoslanadi. Biosemiotika tadqiqotchilari ishlarida nafaqat 
193
Кубрякова Е.С.
Об установках когнитивной науки и актуальных проблемах когнитивной 
лингвистики. –С.13.
194
Фесенко Т.А. 
Концептуальный перевод в структуре взаимоотношения «деятельность – 
мышление-сознание-язык» // Вопросы когнитивной лингвистики. –Тамбов, 2004. –С.112. 


inson, balki boshqa aqlli mavjudotlarning tafakkur jarayoni haqidagi 
fikrlar bildirilgan.
2. Bilishning biomadaniy nazariyasi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra 
oddiy tirik mavjudotlar uchun borliq faqat jismoniy ahamiyat kasb etsa, 
inson uchun u ham jismoniy, ham madaniy ahamiyat kasb etadi.Ushbu 
nazariyaga ko‘ra inson to‘rt tipdagi qadriyatlarga ega bo‘ladi: 1) stimul; 
2) assotsiativ; 3) taqlidiy; 4) ramziy.
195
Shu tariqa, ushbu yo‘nalishlarda til va bilishning biologik asoslari 
insonning qabul qilish, emotsional holati, empirik tajribasi nuqtayi 
nazaridan ko‘rib chiqiladi. 
3.
Sun’iy intellekt yaratish nazariyasi. 
Bu nazariya asoslari
informatika fanidan olingan bo‘lib, unda sun’iy intellekt va inson ongi, 
tili o‘rtasidagi bog‘liqliklar o‘rganiladi. 
4. Kognitiv semantika yo‘nalishi. 
Kognitiv semantikani yana
“tildagi konseptualizatsiya va kategorizatsiya nazariyasi” deb ham 
atashadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra til birligining ma’nosi boshqa 
kognitiv strukturalar kontekstida aniqlanishi zarur, chunki ushbu 
bilimlar bloki mazkur ma’nolar ortida turadi va ularni tushunishni 
ta’minlaydi”.
196
Kognitiv strukturalar
kognitiv sferalar, kognitiv 
kontekstlar
(R.Lenker), 
mental makonlar
(J.Fakone, Dj.Lakoff) yoki 
freymlar
(Ch.Filmor) deb ham ataladi. Kognitiv strukturalar “til 
analiziga til hamda tilga aloqasi bo‘lmagan (ensiklopedik) bilimlarni jalb 
qilgan holda semantik nazariyaga ko‘p darajali xarakterni bahsh etishni” 
taqozo qiladi.
197
U yoki bu kognitiv strukturalarda aniqlanayotgan til 
birliklari ma’nolari u yoki bu konseptlar asosida shakllanadi. 
N.N.Boldirevning 
ta’kidashicha, 
konseptlar 
til 
kategoriyalari 
shakllanishining asosida yotadi. Shunga ko‘ra til birliklari va til 
kategoriyalari ma’nolarini kognitiv semantika doirasida tadqiq qilish 
konseptual analiz metodi asosida amalga oshiriladi. Konseptual analiz 
til birliklari va shakllarida ifodalangan dunyoni anglash, tushunish, 
fikrlash, bilish usullarini o‘rganishni taqazo qiladi. Bunda ma’nolar
so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar va, umuman, matnlar bilan 
ifodalanishi mumkin. Konseptual analiz konseptlar mazmunini va bu 
bilan bir qatorda yashirin, assotsiativ va b. konseptual xarakteristikalarni
aniqlaydi. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə