“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Келемен Я. Текст и значение // Семиотика и художественное творчество. – М.: Наука,  1977. -С.106.  216 К и б р и к А. Е



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   190
saparniyozova 0

Келемен Я.
Текст и значение // Семиотика и художественное творчество. – М.: Наука, 
1977. -С.106. 
216
К и б р и к А. Е.
Константы и переменные языка. -СПб., 2003.-С.51.


holda o‘rganilishiga nisbatan ijobiy natijalar berayotganligi barchaga 
ma’lumdir.
Sintaktik shaklning gap semantikasining hosil bo‘lishidagi o‘rni 
tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etib kelinmoqda. Matn mazmunining 
shakllanishida uning formal belgilari muhim rol o‘ynaydi. Lekin matn 
mazmuni uchun asosiy tayanch nuqta uning kompozitsion qurilishidir. 
Kompozitsion shakl, birinchidan, matnni boshqa nutqiy tuzilmalardan 
(ayniqsa, gaplarning tasodifiy qatoridan) farqlash uchun xizmat qilsa, 
ikkinchidan, unga tayangan holda matn turlarini ajratish mumkin 
bo‘ladi. 
Kompozitsion shakl hodisasini matn tilshunosligi nuqtayi nazaridan 
tahlil qilishga intilgan moskvalik germanist O.I.Moskalskaya matnning 
makrokompozitsiya va mikrokompozitsiya qurilishi haqida gapirgan edi.
217
Bulardan birinchisi yaxlit matnning kurilishi bo‘lsa, ikkinchisida matn 
qismlarining ichki qurilishi o‘z ifodasini topadi. Mikrokompozitsiya 
matnning yaxlit kompozitsion qurilishini (makrokompozitsiyasini) 
ta’minlaydi. Barcha turdagi matnlar, ular yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda 
bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bir kompozitsion matritsa - sxema 
asosida yaratiladi. Masalan, epistolyar janrdagi matnlarning asosiy 
kompozitsion qolipi «sana - murojaat - asosiy qism - xotima va ehtirom - 
imzo» ko‘rinishida bo‘lsa, arizaning qolipi boshqacharoq: «murojaat 
shaxsi - murojaat bayoni - ehtirom - imzo» .
218
Biror bir matn kompozitsiyasi qurilishining qoliplashganlik darajasini 
aniqlash uchun matnning ichki tuzilishini tahlil etish bilan chegaralanib 
qolish to‘g‘ri emas, balki turli turkumdagi matnlar qatorini qiyoslash 
amalidan ham foydalanish lozim bo‘ladi. Bunda matn qismlari bajarayotgan 
vazifalardan (masalan, «kirish», «bayon», «izoh», «xulosa» kabilar) 
tashqari, u yoki bu belgining matnning kompozitsion tartibiga ta’sirini ham 
aniqlash imkoni tug‘iladi. Bu ta’sirning darajasi esa turli matnlarda 
turlicha bo‘ladi. Matnlarning tuzilishidagi farqlar va ularda lisoniy 
unsurlarning qo‘llanish darajasini kuzatgan uslubshunoslar turg‘un va erkin 
strukturali matnlarni farqlashni tavsiya qiladilar. Har ikkala tipdagi matn
uchun uning kompozitsion va mazmuniy strukturasini ifodalovchi 
217

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə