“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   190
saparniyozova 0

Д е м ь я н к о в В.3. 
Когнитивная лингвистика как разновидность, интерпретующего 
подхода // Вопросы языкознания. -Москва. 1994. - №4. - С. 18. 
210
Юганов В.И.
Текст как продукт коммуникативного акта // Коммуникативно-
прагматические и семантические функции речевых единств. - Калинин, 1980. -С 73.


Nutqiy tuzilmalarniig matn maqomini olishida kommunikativ 
faoliyat ishtirokchilarining munosabati ham muhimligini unutmaslik 
lozim. A.A.Zalevskayaning sharhicha, har qanday nutq qatori uning 
faqat muallif yoki retsipient bilan munosabatda faollashuvidagina matn 
bo‘la oladi. Matn inson tomonidan yaratiladi va idrok etiladi, insonning 
ishtirokisiz tasavvur qilinayotgan matn faqatgina «moddiy gavda» 
ko‘rinishini oladi 
211
. Taniqli psixolingvist A.A.Zalevskayaning fikriga 
batamom qo‘shilishni istasak ham, lekin bir kichik e’tirozimizni 
bildirmaslikning imkoni yo‘q. Haqiqatdan ham matn unga mazmun 
bag‘ishlovchi faoliyatning ijrochisi (muallif yoki retsipient)siz hech 
qanday qiymatga (olimaning ta’biricha - «ichki quvvatga») ega 
bo‘lmaydi, ammo matnning o‘z-o‘zicha, alohida «gavda» sifatida 
mavjud bo‘lishini tasavvur qilish qiyinligini olima unutgandek 
ko‘rinadi. Balki, bu uning tilshunoslikda hanuz hukmron bo‘lib turgan 
matn va diskurs hodisalarini keskin qarama-йarshi qo‘yish an’anasidan 
to‘liq voz kecha olmaganidan bo‘lsa kerak. Bu ikki hodisaning 
ziddiyatini faollik - nofaollik, dinamik-statik xususiyatlarning qarama-
qarshiligi bilan bog‘lashga intilayotganlar oxir-oqibatda matnni yozma 
nutq mahsuli, diskursni esa og‘zaki muloqot mahsuli sifatida 
ta’riflashga harakat qiladilar. Ushbu yo‘sindagi talqin, so‘zsiz, ularning 
birini (matnni) moddiy hosila, ikkinchisini (diskurs) esa nomoddiy 
natija ko‘rinishida tasavvur qilishga undaydi.
212
Matn va diskurs munosabati masalasi hamda ularning ziddiyatli 
hodisalar sifatida talqin qilinishi matn tilshunosligi taraqqiyoti uchun 
noxush holatlar tug‘dirishi mumkinligi tilshunoslarimiz tomonidan 
e’tirof etilgan.
213
Biz ham ularning fikrlarini quvvatlagan holda 
matnning yozma va og‘zaki ko‘rinishda mavjud bo‘lishini batamom 
e’tirof etamiz. Shu bilan birgalikda, «diskurs» va «matn» 
tushunchalarini to‘liq muqobillikka ega bo‘lgan sinonim tushunchalar 
211

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə