“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190
saparniyozova 0

С а ф а р о в Ш.
Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006. -
Б.41-46;
Тур н и ё з о в Н., Ту р н и ё з о в а К.
Фрейм ва унинг прагматик
мавқеи хусусида баъзи 
мулоҳазалар // Хорижий тил таълимининг когнитив-прагматик тамойиллари.
Республика илмий-
амалий анжумани материаллари. 
– 
Самарқанд, СамДЧТИ, 2007. - Б. 6-8; 
Нурмонов А., 
Искандарова Ш.
Умумий тилшунослик. - Андижон. 2007. -Б.194. 


9. Konseptlarning lisoniy voqelanish rejasini amalga oshirishga
mo‘ljallagan “botiniy nutq”ni ta’riflang.
 
MATNNING KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK 
MAZMUNI 
Ma’lumki, matn - axborot almashish birligi va u asosan shu 
vazifani bajarish uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, uning mazmuni 
ham muloqot va axborot almashinuv kabi vazifalarning uyg‘unligini 
taqozo etadi. 
Odatda, matn kommunikativ-axborot tuzilishining ikki bosqichli 
hodisasi sifatida qaraladi. Bulardan birinchisi, matnning tema-rema 
qurilishi bo‘lsa, ikkinchisi uning mazmuniy (mavzuviy) markazi yoki 
asosidir. Matn mazmunining dinamik (harakatdagi) va statik (turg‘un 
holatdagi) qobiqlarini tashkil qiladi deb hisoblanib kelinayotgan bu 
ikki xususiyatni alohida, ayri holda o‘rganish odat tusiga kirib qolgan. 
Buning sababini, bizningcha, qo‘llanilayotgan tadqiq uslublarining 
nomutanosibligi bilan izohlash mumkin. Binobarin, gapdan yuqori 
birliklarning tema-rema qurilishi masalasi ushbu birliklardagi 
qismlarning o‘zaro munosabatga kirishishi va shu munosabat asosida 
yagona yaxlitlikning tadrijiy shakllanish sharoitiga nisbatan 
o‘rganilsa, mazmuniy markaz hodisasi esa shakllangan yaxlit tuzilma 
- matnga nisbatan qaraladi. Bundan tashqari, mazmuniy markaz 
aksariyat holatlarda matnning mavzusi, ya’ni tasvirlanayotgan 
voqelikdagi asosiy obyektning nomlanishi, xabar predmeti kabilar 
bilan bir xil hodisa sifatida qaraladi. Mazmuniy markaz va tema-rema 
tuzilishi munosabati ham bir tomonlama tavsiflanib kelinmoqda: matn 
mazmuniy markazining tavsifida uning tarkibidagi gap (lar)ning 
tematik jihatlariga ahamiyat berilib, rema tomoni esa nazardan chetda 
qolmoqda. Bunday holatda gap qurilishiga oid ayrim hodisalarga xos 
belgi-xususiyatlarning matn qurilishi tahliliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ko‘chib qolish xavfining paydo bo‘lishi muqarrardir. 
Tema-rema munosabatlarini jumladan yuqori pog‘onada turadigan 
tuzilmalar tarkibidan izlash harakati o‘z-o‘zidan yuzaga kelgani yo‘q. 
Gap mavhum birlik, qolip sifatida qaralganda, uning qurilishi aktual 
yoki boshqacha aytganda, biror bir mazmuniy bo‘linishga ega 
bo‘lishini tasavvur qilish qiyin masala. Mazmuniy bo‘linish hodisasi 


va 
tema-rema 
munosabatlari 
faqatgina 
nutqiy 
voqelangan 
kommunikativ tuzilmalargagina xosdir. Shu sababli bu hodisa va 
munosabatlarni matn grammatikasi nuqtayi nazaridan o‘rganish 
ma’quldir. 
Lekin 
matn 
grammatikasi 
yo‘nalishida 
bajarilayotgan 
tadqiqotlarda ham tema-rema munosabatlarining yaxlit matn 
mazmuniy markazi shakllanishidagi o‘rni haqida aniq ma’lumotlar 
deyarli yo‘q. Bu yo‘nalishdagi ishlarda asosiy e’tibor mazmuniy 
markazning 
shakllanishi 
masalasi 
faqatgina 
tematik 
munosabatlarning 
yuzaga 
kelishi 
bilan 
bog‘lanib, 
matn 
kommunikativ-axborot tuzilishining boshqa jihatlari nazardan chetda 
qolgan. Fikrimizcha, matn mazmuni, semantikasini uning yaxlitligini 
ta’minlovchi omillarning umumiyligida, tarkibiy qismlarning 
kommunikativ harakatida, ya’ni ushbu qismlar tema-rema 
munosabatlarining matn mazmunining shakllanish jarayonida 
bajaradigan vazifasi darajasida tahlil etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Matn - nutq birliklarining umumiy kommunikativ vazifani 
bajarish maqsadiga bo‘ysundirilishi, yagona bir pog‘onani 
mazmuniy-semantik butunlik tarkibida birikishidir. Har bir matn 
o‘ziga xos mazmunga ega, unda aniq bir kommunikativ reja 
ifodalanadi va u ongli ravishda bajariladigan nutqiy ijod
jarayonida shakllanadi.
224
Nutqiy muloqotga kirishayotgan shaxs ma’lum maqsadni 
ko‘zlaydi va shu maqsadga nisbatan o‘z muloqot rejasini tuzadi. 
Ushbu rejasini amalga oshirish uchun u til tizimi zaxiralariga 
murojaat qiladi. Kommunikativ reja nutqiy xabar ko‘rinishini olishga 
qodir tuzilma bo‘lib, u yashirin mantiqiy predikat shakliga egadir. 
Matn semantikasi muammosi bilan batafsil shug‘ullangan 
A.I.Novikov eslatganidek, so‘zlovchida dastlab o‘zi axborot berish 
istagida bo‘lgan ma’lum predmet haqida tushuncha, fikr bo‘lishi 
kerak.
225
Xuddi shu fikr konseptual tuzilma sifatida matnning 
mazmuniy markazini tashkil qilishi ehtimoldan xoli emas. 
Albatta, har qanday nutqiy birlik kabi matn ham tashqi ko‘rinish, 
shaklga ega. Shakl va mazmun uyg‘unligi yoki asimmetrik 
224

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə