“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   190
saparniyozova 0

Левченко Е. В. 
О первичных и вторичных свойствах текста // Стереотипность и 
творчество в тексте.- Пермь, 2004. Вып. 7. -С. 179. 
221
Ҳожиев А.
Ўзбек тилида сўз ясалиши тизими. - Тошкент: Ўқитувчи, 2007. - Б.53. 


kategorial belgilar majmuasi matnning barcha turlariga bir xilda xos 
bo‘lishini ham tasavvur qilish qiyin. Binobarin, badiiy matn uchun xos 
bo‘lgan belgilar ish yuritish hujjatlari matnida unchalik aniq ko‘rinishga 
ega bo‘lmasligi mumkin. Shuningdek, ayrim belgilar ma’lum turdagi 
matnlarda yetakchilik qilsa, boshqalari esa ularni kuchaytirish, 
aniqlashtirish vazifasini ado etishadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, ayrim 
nemis kognitologlari kategorial belgilarning matnda tartib topishini 
gradual hodisa sifatida qarashni lozim deb hisoblaydilar. 
Bundan ikki-uch yil oldin kognitiv tilshunoslikka oid o‘quv 
qo‘llanmalaridan birining muallifi «kognitiv tilshunoslik til tahlilini 
nutq tahlili bilan to‘ldiradi» degan g‘oyani isbotlamoqchi bo‘ldi. 
222
Biz 
nutq lingvistikasini til tizimi tahlilining oddiy ilovasi sifatida 
tavsiflashdan yiroqmiz. Zotan, kognitiv tahlilda nutqiy faoliyat 
jarayonini ta’minlovchi vositalar, uni harakatga keltiruvchi 
mexanizmlarni aniqlash maqsadi ko‘zlanadi. Kognitiv tilshunoslikning
predmeti va vazifalarini aniqlash vazifasini ko‘zlayotgan tadqiqotchilar 
muhokama qilinadigan asosiy muammo insonning voqelik bilan 
munosabatida hosil bo‘lgan tajriba-bilimning kategoriallashuvi 
ekanligini ta’kidlashmoqda. Voqelikni idrok etish jarayonida hosil 
qilingan bilimni kategoriyalashtirish qabul qilingan (o‘zlashtirilgan) 
axborotni tartiblashtirish usulidir. Ushbu usulning amalga oshishida esa 
til tizimi birliklaridan foydalaniladi. Voqelikni idrok etish yo‘li bilai 
hosil bo‘ladigan mental birlik - konseptdir. 
Konsept 
voqea-hodisalarni 
tipiklashtirish, 
modellashtirish 
xizmatini o‘tab, tafakkur va lisoniy faoliyatlarni tutashtiradi va ularni 
obyektiv borliqni bilish jarayonida o‘zaro birlashtiradi. Bilish 
jarayonining bir tekis kechmasligi ma’lum, bu jarayonda predmet-
hodisalarning umumiy va xususiy belgilarini taqqoslash asosida ularni 
farqlamasdan turib, kategoriyalashtirib bo‘lmaydi. Bu turdagi mental 
amallarning bajarilishi negizida kognitiv strukturalar majmuasi turadi. 
Kognitiv strukturalar (tuzilmalar) mohiyatan voqelikni idrok etish va 
shu idrok jarayonida yuzaga kelgan bilim (axborot)ni lisoniy 
voqelantirishning ramziy sxemasidir. Shunga binoan lisoniy tafakkur 
faoliyatida til tizimining rolini aniq tasavvur qilish imkonini beradigan 
kognitiv strukturalar - freym, skrept, ssenariy, propozitsiya kabilarning 
222

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə