“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   190
saparniyozova 0

Р а з и н к и н а Н. М.
Функциональный стиль. -Москва: Высшая шк., 1989. -С.125. 


axborotning botiniy ko‘rinishda bo‘lishini ruhshunoslar ham e’tirof 
etishgan. «Har qanday hikoya (povest, roman)ning mazmuni, -
deb
yozadi 
ruhshunos V.V.Znakov, - predmetlik ma’nosida, «fabula»sida emas, balki 
o‘quvchining o‘zi o‘qigan manbaga munosabatida mavjuddir. Bu 
munosabatlar o‘quvchining talqinida, xulosalarida, taxminlarida, savollarga 
javob izlashida namoyon bo‘ladi» . Ammo badiiy matn mazmunining
unda ma’lum qilinayotgan axborotning estetik qimmatini faqatgina 
o‘quvchining idroki, tafakkur qobiliyatiga bog‘lasak, mazmunni butunlay 
subyektivlik bilan bog‘lab qo‘yishimiz mumkin. To‘g‘ri, matn 
mazmunini «chaqish» retsipientning vazifasi bo‘lganidek, uning 
mazmuniy yaxlitligini (kogerentligini) va tugalligini aniqlash ham uning 
(retsipientning) ixtiyoridadir. Biroq, u bajarayotgan har qanday kognitiv 
amallarni harakatga keltiruvchi «kuch», mexanizm matnning o‘zi, uning 
kompozitsion qurilishidir. Matn ma’lum strukturaviy ko‘rinishga ega 
bo‘lmasa, o‘quvchida axborotni qabul qilish imkoniyati bo‘lmaydi. 
Matnning mazmuniy yaxlitligi va kogerentligining o‘zi kognitiv 
jarayondir, bu jarayonda retsipient matn kommunikativ-pragmatik 
maqsadini anglash majburiyatini olgan faol shaxs hisoblanadi. Matn va 
uni idrok etuvchi shaxs o‘rtasidagi munosabat ikki tomonlama 
kechadigan dialektik jarayondir. Bu jarayonda o‘quvchi, bir tomondan, 
nutqiy axborot adresanti bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu axborotni 
anglovchi va tahlil qiluvchi subyektdir. Matn ma’lum kommunikativ 
maqsadni ko‘zlagan holda tartiblashtirilgan lisoniy struktura bo‘lib, uning 
tarkibida adresantning mazmun idrokiga yo‘naltirilgan aqliy intellektual 
faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi turli kommunikativ-lisoniy «ishoralar 
ham mavjud bo‘ladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa qilish 
mumkinki, matnning kategorial xususiyatlarini uni yaratuvchi va idrok
etuvchi subyektlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi. Matn mazmuni ikki 
tomonlama faoliyat natijasi bo‘lganligi uchun ham uning 
kategorial belgilari muallif va adresant tomonidan bir xilda idrok 
etilishi lozim. Faqat shu yo‘sindagina u yoki bu belgining barqarorlik 
darajasini aniqlash imkoni tug‘iladi. Kichik hajmdagi matnlarni 
kognitiv tahlil etgan E.V.Levchenko matnning birlamchi, barqaror, 
muallif va o‘quvchi ta’siridan xoli xususiyatlari bilan bir qatorda, uning 
ikkilamchi, subyektning bevosita matn bilan munosabatga kirishishi 
jarayonida yuzaga keladigan xususiyatlari ham mavjudligiga e’tibor


qaratish lozimligini uqtirgan.
220
Albatta, matn maqomini aniqlash, 
uning nutqiy muloqot jarayonida, tutgan mavqeini bilish uchun ushbu 
hodisaga xos bo‘lgan barcha turdagi xususiyat va belgilarni o‘rganish 
lozimligini hech kim inkor qilmaydi. Lekin tahlil qilinayotgan
hodisaning obyektiv xususiyatini aks ettirmaydigan, o‘tkinchi belgilar 
ko‘p holatlarda subyekt tomonidan ushbu hodisaga beixtiyor qo‘shib
berilayotgan nisbat bo‘lishi ham mumkin. Kategorial belgi
uchun asosiy ko‘rsatkichlar barqarorlik, turg‘unlik, barcha 
sharoitlarda takrorlana olish xususiyatidir. 
Demak, matn tahliliga kognitiv-diskursiv tilshunoslik nuqtayi 
nazaridan yondashadigan bo‘lsak, uning mohiyatini invariant 
xususiyatlar zanjiri belgilashini e’tirof etishimiz lozim. 
Xususiyatlarning invariantligi matn yaratilishi va idroki 
jarayonlarining uzluksizligini, ularning davomiyligi va biri ikkinchisini 
taqozo etishini ta’minlaydi. Invariantlikning turli sharoitlarda 
(matnlarda) voqelanishi esa uning variantli qo‘llanish imkoniyatlarini
namoyon qiladi. Invariantlik va variantlik xususiyatlari 
munosabatlarining uzviyligi sharhini A.Hojiyevning boshqa turdagi 
lisoniy hodisalar mohiyatidagi umumiylik va
 
xususiylik belgilari 
muqoyasasida bildirgan fikrida ham ko‘ramiz. Olimning qayd 
qilishicha, paradigma - bir umumiy ma’nosida birlashuvchi xususiy 
ma’noli shakllar guruhidir. Bu guruh va unga xos ma’no tilning
ma’lum sathiga xos kategoriya hisoblanadi. Masalan, fe’lning 
zamon kategoriyasi harakatning nutq paytiga munosabatini ifodalaydi. 
Zamon shakllarining hammasi uchun umumiy bo‘lgan bo‘lgan 
xususiyat ushbu kategoriyaning tub mohiyatini belgilaydi. «Zamonning 
har bir turi esa, - davom etadi A.Hojiyev, - o‘zicha umumiylik va 
xususiyliklarga ega. Masalan, o‘tgan zamon fe’li harakatning nutq 
momentigacha bo‘lishini bildiradi - bu umumiylik - o‘tgan zamon 
fe’lining mohiyati. Bu zamonning shakllari ana shu umumiy ma’no 
asosida birlashadi. Har biri esa o‘ziga xos xususiyatga ega».
221
Olimning 
umumiylik 
va 
xususiylik 
munosabati 
haqida 
bildirayotgan ushbu sharhi matnning kategorial va nokategorial 
belgilarini farqlash tamoyillariga to‘la mos keladi. Bundan tashqari, 
220

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə