“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190
saparniyozova 0

 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1. Matn kommunikativ-axborot tuzilishining nechta bosqichli 
hodisasi sifatida qaraladi? 
2. Matnning tema-rema qurilishi nechanchi bosqich? 
3. Uning ikkinchi bosqichi qanday bosqich? 
4. Kommunikativ reja nima va u qanday tuziladi? 
5. “Mavzu referent vaziyatining - poydevori, shu poydevor 
asosida mazmun shakllana boshlaydi” fikrini izohlang. 
6. Matn mazmunida qanday qatlamlar ajratiladi? 
7. Propozitsiya matnda qanday ahamiyat kasb etadi? 
8. “Matn mazmunining shakllanishi uni yaratuvchi shaxsning 
kognitiv va kommunikativ qobiliyati bilan bog‘liq” fikrini izohlang. 


GLOSSARIY 
 
Anafora - 
She’riy misralarning boshida yoki nasriy 
asardagi gaplarning oldida bir xil jaranglagan 
tovush, ohangdosh so‘z va iboralarning 
takrorlanib kelishi. 
Antiteza -
Badiiy asarda bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni 
yonma-yon qo‘llash, qarshilantirish san’ati. 
Antifraza- 
Ironiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, biror shaxs 
yoki predmetga xos bo‘lgan u yoki bu ijobiy 
xususiyatni kulgili intonatsiya bilan inkor 
qilishga aytiladi. 
Allegoriya- 
Qochirim, kesatish, pichingga asoslangan 
ma’no ko‘chishi 
Alliteratsiya- 
Misralar, undagi so‘zlar boshida bir xil undosh 
tovushlarning 
takror 
qo‘llanishi: 
Qaro 
qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma 
qoshing qiz...
Amfiboliya- 
Ikki xil talqin etish, ikki ma’noda tushunish 
mumkin bo‘ladigan gap. 
Bu //ahmoq odam 
emas. Bu ahmoq // odam emas.
Apastrofa- 
Jonsiz predmetlarga jonli narsadek murojaat 
qilish va shunday munosabatda bo‘lish 
Argo- 
Yasama til. Biror ijtimoiy guruh, toifa vakillari 
o‘rtasida 
tushunarli 
bo‘lgan, 
boshqalar 
tushunmaydigan lug‘aviy birliklar.
Arxaizm- 
Ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan 
chiqa boshlagan til birligi. 
Assonans- 
Aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanishi 
natijasida yuzaga keladigan ohangdoshlik. 
Aferezis- 
Oldingi so‘zning so‘nggi tovushi ta’sirida 
keyingi so‘z boshidagi tovushning tushishi. 
Aytar edi → aytardi

Varvarizm- 
Ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi 
sifatida qo‘llangan so‘z yoki ibora: madam, 
missis, mersi... 
Vulgarizm- 
Adabiy tilga kirmaydigan dag‘al so‘z va 
iboralar. 


Geminatsiya- 
Qo‘sh undoshlik. Ikki aynan bir xil undoshli 
holatning 
yuzaga 
kelishi: 
uchchida, 
teppasida...
Giperbola- 
Narsa-hodisa, 
jarayonlarning 
belgi-
xususiyatini, holatini o‘ta bo‘rttirib tasvirlash.
Gradatsiya- 
Nutq 
parchalaridan 
biri 
ikkinchisining 
ma’nosini kuchaytirib borishidan iborat 
uslubiy jarayon. 
Demunitiv 
shakl- 
Kichraytirish 
shakli 
(deminutiv 
shakl, 
deminitus): 
qizcha, tugunchak, kelinchak
.
Jargon- 
Biror guruh vakillarining, o‘z nutqi bilan 
ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, o‘zicha 
mazmun berib ishlatadigan so‘z va iboralari.
Jonlantirish- 
Jonsiz predmet, mavhum narsalarga insonga 
xos 
xususiyatlar 
berib 
tasvirlash 
usuli. 
Personifikatsiya. Tashxis.
Intellektual 
leksika- 
Ma’lum 
bir 
tushunchanigina 
ifodalab, 
qo‘shimcha emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa 
ega bo‘lmagan so‘zlar 
Ironiya- 
So‘z va iboralarning kesatiq yoki piching bilan 
o‘z 
ma’nosiga 
qarama-qarshi 
ma’noda 
ishlatilishi.
Kakofemizm- 
(disfemizm) 
Ayrim tushunchalarni qo‘pol va dag‘al usulda 
ifodalash. Evfemizmning teskarisi. Masalan: 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə