“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Нурмонов А., М а ҳ м у д о в Н., Аҳмедов А., С о л и х ў ж а е в а С



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190
saparniyozova 0

Нурмонов А., М а ҳ м у д о в Н., Аҳмедов А., С о л и х ў ж а е в а С.
Ўзбек тилининг 
мазмуний синтаксиси. - Тошкент: Фан, 1992. - Б. 28-30; 
Л у т ф у л л а е в а Д
. Гапнинг семантик-
синтактик қурилиш қолипи ва пропозитив структураси ўртасидаги муносабат.
Филол.фан.докт... дис. –Тошкент, 2006. - 269 б.


mazmuni shakllanish jarayonida tutgan o‘rnining muhimligi yana 
shundaki, matn semantikasi lisoniy faoliyatning ikki muhim qismi 
bo‘lgan nomlash va kommunikatsiyani bir xilda qamrab oladi. 
Shuning uchun ham matn mazmuni tahlili voqelikdagi vaziyatlarni 
lisoniy ifodalash, ya’ni nomlash bilan chegaralanib qolmasdan, balki 
muloqot jarayonida yuzaga keladigan matn mazmuni, boshqacha 
aytganda, inson faoliyati haqidagi axborotlarning ifodalanishini ham 
qamrab olishi lozim. 
G.V.Kolshanskiyning 
matn 
mazmunini 
nominativ 
va 
kommunikativ vazifalar uyg‘unligida qarash lozimligi haqidagi 
fikrlari matn hodisasini kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil 
qilish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmoqda. Ma’lumki, shu paytgacha, 
ayniqsa, matn grammatikasi doirasida, asosiy e’tibor matnning ichki 
tuzilishiga va ushbu tuzilishning mazmun-ma’no shakllanishiga, 
ta’siriga oid muammolarga qaratilib kelinmoqda edi, endilikda esa 
diqqat-e’tibor matnning mazmunan va shaklan yaratilishi hamda 
uning mazmunini idrok etish masalasiga ko‘chdi.
Matnning yaratilishi va mazmunining to‘g‘ri qabul qilinishi - 
kognitiv va nutqiy-kognitiv faoliyat natijasidir. Bu faoliyat dinamik 
xususiyatga ega bo‘lganidek, uning mahsuli bo‘lgan matn ham 
turg‘un (statik) holatda qolmaydi. Ma’lum bir gaplar zanjiri haqiqiy 
matnga aylanishi uchun uni yaratuvchi va qabul qiluvchi shaxs bilan 
aloqada, munosabatda bo‘lmog‘i darkor. Matn inson tomonidan 
yaratiladi va idrok etiladi. Insondan alohida qaralayotgan matn «hech 
qanday ichki energiyaga ega emas». 
Matn mazmuni hodisasini to‘liq yoritish uchun matn qismlarining 
o‘zaro birikishi, yaxlitlikni hosil qiluvchi omillar (kogeziya, 
kogerentlik kabilar)ni sanab o‘tishning o‘zi yetarli emas. Matn 
mazmunining shakllanishi uni yaratuvchi shaxsning kognitiv va 
kommunikativ qobiliyati bilan bog‘liq. Xuddi shuningdek, retsipient 
ham ushbu qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Bu ikki tomonning 
kognitiv-kommunikativ qobiliyati va imkoniyati keskin farq qilgan 
taqdirda mazmun noto‘g‘ri idrok etiladi, natijada ko‘zlangan 
kommunikativ maqsad amalga oshmaydi. 
Shunday qilib, matn mazmuni hodisasining har tomonlama, shu 
jumladan, kognitiv-kommunikativ yo‘nalish doirasida tahlil qilinishi 


faqat nazariy ahamiyatga ega bo‘lmasdan, balki lisoniy faoliyat 
amaliyoti uchun ham muhimdir. 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə