“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190
saparniyozova 0

Г а л ь п е р и н И. Р.
Текст как объект лингвистического исселедования. -М.: 
Наука, 1981. - С.З. 
225
Н о в и к о в А. И.
Семантика текста к её формализация. - М.: Наука, 1983. -С.49. 


nomutanosibligini sezish uchun esa uni idrok etish lozim bo‘ladi. 
Idrok etiladigan, anglanishi lozim bo‘lgan narsa - matnning ichki, 
botiniy 
shaklidir. 
Botindagi 
shakl 
matnning 
mazmuni 
va 
mundarijasini hosil qiladi. Matn mazmuni «tafakkurdagi tuzilma 
bo‘lib, u inson ongida shakllanadi va tashqi shakl bilan tashkil 
qiluvchi qismlar (elementlar) bog‘lanishida emas, balki barcha lisoniy 
vositalarning butun bir yaxlitlik hosil qilishi bilan bog‘liqdir». Zero, 
«har qanday lisoniy hodisa ayni paytning o‘zida shakl va ma’no 
uyg‘unligiga ega bo‘lmasa yoxud unda moddiylik va mavhumlik-
ramziylik belgilari o‘zaro uyg‘unlashmasa, mazmun ifoda etish 
qobiliyatini yo‘qotadi». 
226
Matnning shakliy va mazmuniy tuzilishi 
o‘rtasidagi munosabat masalasi muhimdir. Bu munosabatni 
o‘rganishda tadqiqotchilar turli tadqiq metodlari va me’yorlariga 
asoslanib kelmoqdalar. Bularning ayrimlari «sof» tilshunoslik 
yo‘nalishidagi tahlil uslublari bo‘lsa (masalan, distributiv tahlil
bevosita ishtirokchilarga ajratish kabilar), boshqalari esa mainiqiy-
vazifaviy xaraktyerdagilardir (masalan, nutqiy tuzilmalarning aktual 
bo‘linishi nazariyasiga asoslangan tahlil metodi). 
Keyingi yillarda matn tuzilishini bevosita muloqot muhiti
vaziyati bilan bog‘lab o‘rganishni taqozo etuvchi psixolingvistik tahlil 
metodlari keng tus olayotganligi ma’lum. Lekin qo‘llanilayotgan 
metodlar qaysi yo‘nalishga xos bo‘lishidan qat’i nazar matn tuzilishi 
tadqiqi uch asosiy me’yorga tayanishi shubhasiz. Bu tadqiq me’yorlari 
quyidagilardir: a) tuzilma tarkibidagi bo‘laklarning xarakteri 
(xususiyatlari); b) ularning o‘zaro munosabati; v) ushbu 
munosabatlarning yaxlit mazmun ifodalanishidagi o‘rni. 
Bu me’yorlarni inobatga olish tadqiqotchining diqqatini har 
qanday holatda ham matnning formasi, shakliy tuzilishiga yetaklaydi. 
Ilmiy-texnik mavzudagi matnlar mazmuni tadqiqi bilan shug‘ullangan 
N.N.Leonteva ko‘rsatilgan yo‘ldan borib, matn mazmuni shakllanishi 
va tahlilining lisoniy va axborot uzatish ko‘rinishlarini farqlashga 
undaydi. Lisoniy yondashuv gap semantikasi tahliliga tayanadi. 
Boshqacha aytganda, matn ma’nosi alohida gaplar semantik 
tuzilishining aksidek yoki ularning to‘plamidek tasavvur qilinadi. 
Ikkinchi yondashuvda esa uzatilayotgan axborotning butun bir 
226

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə