“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Новиков А. И., Чистякова Г. Д



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190
saparniyozova 0

Новиков А. И., Чистякова Г. Д.
К вопросу о теме и денотата текста // Известия ЛНСССР. 
Серия литературы и языка. Т.40. –М., 1981. - №1. - С 53. 


propozitsiya faqat kechayotgan voqea haqidagi xabargina bo‘lib 
qolmasdan, yetkazilayotgan xabarning tasdig‘i hamdir. 
Predikatlar mantig‘i sohasidan o‘zlashtirilgan propozitsiya 
tushunchasi tilshunoslikda anchadan buyon qo‘llanib kelinmoqda. 
Mantiqda bu atamaga voqelik haqidagi hukmni nomlash uchun 
murojaat qilinadi. Shuning uchun ham mazmuniy sintaksisda 
propozitsiya - gaplar qatorining semantik invarianti sifatida 
tavsiflanadi.
228
Masalan, 
«Abbos menga kitobni berdi», «Abbos 
menga kitobni beradimi?», «Abbos, menga kitobni ber!», «Abbos 
menga kitobni berishi kerak» 
kabi gaplarning propozitsiyasi 
yagonadir: 
«Abbosda kitob bor va uni menga beradi». 
Ko‘rinib 
turibdiki, propozitsiyaning ma’noviy va sintaktik tuzilishi voqelikdagi 
hodisa tuzilishiga mos keladi. 
Ammo bunday strukturaviy mutanosiblik asosan gap sathida, 
ya’ni propozitsiyaning zaxiraviy belgilarida saqlanadi, ya’ni 
«Abbos», «kitob» otlari va «men» olmoshi referensiyasi va «bermoq» 
predikatining mantiqiy munosabatini hosil qiluvchi semantik 
tuzilmaning lisoniy voqelanishini ta’minlovchi qolip mavjudligida 
namoyon bo‘ladi. Virtual propozitsiyaning asosiy vazifasi voqelik 
haqidagi bilimning xotirada, ya’ni ongda saqlanishini ta’minlash va 
uning lisoniy ifodalanishi uchun zamin tayyorlashdir. Yаgona bir 
zaxiraviy propozitsiya turli muloqot muhitida, matnlarda turli 
darajada ifodalanishi mumkin. Bunda propozitsiyaning predikat qismi 
turli modallik va zamon xususiyatlariga ega bo‘lishidan tashqari, 
uning ma’no strukturasi ham muloqot maqsadi, shartlariga 
moslashadi. Faol yoki kommunikativ propozitsiya mazmunan va 
shaklan nofaol, zaxiradagiga nisbatan murakkab ko‘rinishga ega 
bo‘lishi mumkin. Eng asosiysi, faol propozitsiyalar qatoriga tayangan 
holda matn mazmuniy markazini ajratish, uning negizida 
shakllanadigan qismlar o‘rtasidagi semantik munosabatlar miqyosini 
aniqlash imkoni tug‘iladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda asosiy tayanch, 
albatta, faol propozitsiyalardir, zero, aynan ularning doirasida gap 
tema-rema tuzilishidan matn uchun yaxlit bo‘lgan tema-rematik 
tarkibga o‘tish jarayoni kuzatiladi. 
Faol propozitsiyalarning matn 
228

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə