“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   190
saparniyozova 0

o‘ldirmoq-jonini 
jahannamga 
jo‘natmoq, 
asfalasofilinga ravona qilmoq
kabi ifodalar. 
Kalambur- 
So‘z o‘yini. Ko‘p ma’noliligiga, fonetik 
tuzilishi 
bir 
xilligiga 
yoki 
yaqinligiga 
asoslanadigan usul
Kanselyarizm- 
Rasmiy stilga xos so‘z va nutq shakllari 
Kataxraza- 
(Oksyumoron) 
Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, so‘zni 
o‘z asl ma’nosiga muvofiq bo‘lmagan holda 
qo‘llash: 
oq tunlar, qizil siyoh
kabi. 
Kinoya- 
Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan 
qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, piching bilan 
ishlatishdan iborat ko‘chim.
Kontaminatsiya- 
Biror munosabat, tasavvurga ko‘ra o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan ikki so‘z yoki iborani 


birlashtirish yo‘li bilan yangi so‘z yoki 
iboraning hosil bo‘lishi. Masalan, 
yerga 
tegmoq // turmushga chiqmoq = yerga 
chiqmoq
Ko‘chim- 
Badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko‘chma 
ma’noda qo‘llangan nutq birligi, ramz bilan 
qo‘llangan so‘z.
Litota- 
Narsa, hodisa yoki belgining hajmi, kuchi 
kabilarni kamaytirib tasvirlash. 
Majoz- 
Mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni aniq obraz 
orqali ifodalash. Ayyorlik belgisiga egalik-
tulki.
Maqol- 
Chuqur ma’noli, tuzilishi gapga teng, alohida 
ritmik-melodik xususiyat larga ega bo‘lgan 
folklor janri
Metateza- 
So‘zdagi tovushlarning o‘rin almashinishi: 
kiprik-kirpik, tuproq-turpoq
kabi.
Metafora- 
Bir predmetning nomini boshqa predmetga 
shakl, belgi va harakat o‘xshashligini e’tiborga 
olib ko‘chirish.
Metonimiya- 
Bir predmet, belgi, harakat nomini o‘zaro 
tashqi yoki ichki bog‘liqlik asosida boshqa 
predmet, belgi yoki haraktga nisbatan qo‘llash.
Monolog- 
So‘zlovchining o‘ziga qaratilgan, boshqa 
shaxsning tinglash va javob berishini e’tiborda 
tutmaydigan nutq.
Muvaqqat 
ma’no- 
So‘zning 
ma’no 
tuzilishida 
shakllanib 
etmagan, ma’lum individual qo‘llanishda 
yuzaga chiqadigan ma’no. Okkazional ma’no. 
San’atimiz gullari, shabada yo‘rg‘aladi
kabi.
Okkazionalizm- 
Mahsuldor bo‘lmagan model asosida yasalgan 
va 
faqat 
shu 
nutqiy 
matnning 
o‘zida 
qo‘llangan so‘z, individual-uslubiy neologizm. 
Oksyumoron- 
(Kataxraza) 
Mantiqan biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tushunchani 
qo‘shib qo‘llash
. Baqirgan sukunat, qizil qor
shirin g‘am
Parallelizm- 
Yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil 


sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. 
Parafraza- 
Tasviriy ifoda. Narsa, hodisani o‘z nomi bilan 
emas, ularni xarakterli belgi-xususiyatlari 
asosida tasviriy usul bilan ifodalash. 
Zangori 
olov-gaz, dala malikasi- makkajo‘xori 
kabi. 
Professionalizm- 
Tildagi kasb-hunarga oid bo‘lgan so‘z va 
iboralar 
Ritorik so‘roq- 
Faqat 
so‘roq 
shaklida 
ifodalanib, 
kuchaytirishdan iborat uslubiy vosita; javob 
talab qilmaydigan so‘roq gap.
Sarkazm- 
Achchiq zaharxanda, istehzoli ta’na, piching
Simvol- 
Badiiy nutqda hayotiy voqea, tushuncha va 
predmetlar ifodasi uchun so‘zlarning ma’lum 
ravishda ko‘chma ma’noda ishlatilishi. 
Sinekdoxa- 
Bir predmet nomining boshqa predmetga 
butun va qism munosabati asosida ko‘chishi, 
butunning nomi qismning nomi yoki aksincha 
bo‘lib qolishi
Tabu- 
Diniy e’tiqod, irim, qo‘rqish va shu kabilar 
ta’sirida so‘zning ishlatilishini cheklash yoki 
man etish. 
Chayon-oti yo‘q, bo‘ri-jondor 
kabi 
Tavtologiya- 
Bir fikrni boshqa so‘z yoki so‘zlar bilan 
takroran ortiqcha qo‘llash: 
oyoq bilan tepish, 
gap gapirmoq 
kabilar. 
Takror- 
Ayni bir so‘z, ibora yoki sintaktik shakllarning 
muayyan maqsad bilan qaytarilishi.
Figural ma’no- 
Voqelik bilan bevosita bog‘lanmaydigan, 
narsa, belgi, haraktning nomiga aylanmagan 
ma’no. Figural ma’no voqelik bilan nomlovchi 
ma’no orqali bog‘lanadi. 
Ovozining shirasi 
qochgan
.
Evfemizm- 
Narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi 
ifodasi, 
ikkiqat-og‘iroyoqli, homilador.
Evfoniya- 
Nutqning tovushlar takrori orqali yuzaga 
chiqariladigan xushohangligi.
Ekzotizm- 
O‘zlashgan so‘zlar, nutqqa alohida bir o‘ziga 
xoslik berish uchun qo‘llaniladigan so‘zlar. 
Ekspressiya- 
Nutqning 
ta’sirchanligi, 
ifodaliligi 
va 


ma’nodor bo‘lishi. 
Emotsiya- 
Insoniy 
his-tuyg‘u, 
kechinma 
va 
hissiyotlarning til birliklarida ifodalanishi.
Emfaza- 
Nutqning 
ko‘tarinki 
ruhda 
bo‘lishi, 
emotsionallikning kuchli bo‘lishi: 
Amr et, 
Tojixon, amr et...
Emfaza takror yordamida 
yuzaga chiqyapti.
Enantiosemiya- 
Bir 
so‘zning semantik tuzilishida zid 
ma’nolarning yuzaga kelishi. 
Chiqmoq-
ichkaridan 
tashqariga 
harakatlanish, 
transportda ichkariga harakatlanish.
Bosh-
yo‘lning boshlanishi va yakuni
Epifora- 
Anaforaning teskarisi. Parallel tuzilgan nutq 
parchalari oxirida ayni bir elementning 
takrorlanishidan iborat uslubiy vosita 
O‘xshatish- 
Ikki 
narsa 
yoki 
hodisa 
o‘rtasidagi 
o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali 
ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, 
aniqroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib berish.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə