“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   190
saparniyozova 0

Леонтьева Н. Н.
Семантика связного текста и единицы информационного анализа // 
Научно-техническая информация, серия 2. - М.,1981. - № 1. 


matnning mazmunini aks ettirishi e’tiborga olinadi. Axborot 
tuzilishidagi mazmunda umumiy ma’no strukturasining alohida 
gaplar ma’nolariga taqsimlanishi e’tiborga olinmaydi. Axborot 
tuzilmalari murakkab, yetarli darajada katta hajmdagi butunliklar 
bo‘lib, ular ifodada umumiy tushunchalar, kontseptlar shaklini olishi 
mumkin. 
N.N.Leonteva bu ikki yo‘nalishni bir-biridan farqlashga har qancha
urinmasin, matn tuzilishi tahlili borasida u taklif qilayotgan 
uslublar bari bir ushbu tuzilmaning shakliga, formal xususiyatlariga 
borib taqaladi, ularga tayanadi. Matnning shakliy va mazmuniy
xususiyatlari bogliqligiga bu tarzda (ya’ni matn grammatikasi 
doirasida) yondashish struktur-sistem tilshunoslikka xos bo‘lgan tadqiq 
maqsadi va rejasining amalga oshishidan boshqa narsa emas. Matn
sintaksisi bu holda umumiy sintaksis nazariyasining yakuniy
bosqichi hisoblanadi, zero, xuddi shu bosqichda so‘z va gapdan
yuqori «tabaqa»dagi, ularga nisbatan murakkabroq tuzilmalar 
qurilishi qonuniyatlarini o‘rganish, nutq qurilishining tamoyil va 
qoidalarini tadqiq qilish imkoniyati hosil bo‘ladi. Natijada matn «gap - 
so‘z - morfema - fonema» pog‘onali qatorida joylashtirilib, unga eng 
yuqori bosqichdan o‘rin ajratiladi. Matnning bu qatorga kiritilishi unga 
til tizimi birligi maqomining berilishiga sabab bo‘ladi. Unda ushbu 
hodisa tahlili kichik birliklarning o‘zaro birikishidan boshlanib, 
ularning mazmunan va shaklan o‘zaro munosabatga kirishishi hamda
oxir-oqibatda yagona yaxlit «mahsulot» mazmunini aniqlashga qarab
intiladi. 
Matn mazmuni - inson tafakkurida uning kommunikativ maqsadi, 
g‘oyasi bilan bog‘lik holda shakllanadigan semantik tuzilma sifatida 
ta’riflanishi lozimligini A.I.Novikov taklif etganligini yuqorida 
eslatdik. Ammo psixolog olimning ushbu
taklifi tilshunoslarni 
qanoatlantirmaydi. Birinchidan, olimning o‘zi e’tirof etganidek, 
tavsiflanayotgan semantik tuzilma har qanday holatda ham tarkibiy 
qismlardan iborat bo‘lishi kerak, ammo
berilayotgan ta’rifda undagi 
qismlarning o‘zaro munosabati e’tiborga olinmagan. Ikkinchidan esa, 
matn faqatgina tasavvur, his etish, idrok etish kabi hissiy kechinmalar, 
harakatlar mahsuli emas, balki u nutqiy va intellektual harakatlar 
uyg‘unligini taqozo etuvchi, ma’lum faoliyat jarayonida hosil
bo‘luvchi hodisadir. Shuningdek, u barcha lisoniy qurilmalardek, 
botiniy va zohiriy sathlarga ega bo‘lgan, mazmun va shakl uyg‘unligi 


doirasida hosil bo‘ladigan hodisadir. U ko‘p qirrali nutqiy tafakkur 
faoliyati mahsuli sifatida, o‘z tarkibidagi bo‘laklarning mazmuniy 
mundarijasiga ta’sir o‘tkazadi. 
To‘g‘ri, matn sintaksisi doirasidagi mazmuniy tahlil dastlabki 
o‘rinda mazmunning denotat va referent bo‘laklarini, ya’ni ushbu 
mazmunning voqelik bo‘lagi bilan bog‘liqligini aniqlashni talab qiladi. 
Biroq modallik, emotivlik, temporallik (voqeaning malum zamon 
doirasida kyechishi) kabi mazmunning qator kommunikativ-pragmatik 
xususiyatlari matn mazmunining ajralmas qismi ekanligini ham 
unutmaslik lozim. 
Shu paytgacha bo‘lgan kuzatishlarda matn mazmuni muammosiga 
oid ikki tushuncha, ya’ni «mavzu» va «mazmuniy markaz» 
tushunchalarini farqlamaslik holatlari uchrab turadi. Ushbu tushunchalar 
farqiga e’tiborsizlikning sababi matn mazmuni yoki uzatilayotgan 
axborotda voqelikdagi predmet-hodisalar ususiyatlarining aks 
topishidadir. Ammo mavzu (tema) ko‘proq ifodalanayotgan ma’noning 
predmetlik xususiyati yoki referenti bilan bog‘liq bo‘lsa, mazmuniy 
markaz asosan voqelikdagi predmet-hodisa haqidagi fikrdir. Matn 
mazmuni tahliliga denotativ-referent yondashuvida qo‘llaniladigan asosiy 
usullardan biri bayon qilinayotgan voqelikning alohida qismlari 
bog‘liqligiga ishora qiluvchi tayanch so‘zlar va iboralar majmuasini 
aniqlashdir. 
Yana bir keng tarqalgan usul kechayotgan hodisaning asosiy 
ishtirokchilari, shu jumladan, bayon «qahramoni»ni ajratishdir. Bu esa, 
o‘z navbatida, matnga sarlavha tanlash imkoniyatini beradi. (Ushbu 
holatni ko‘proq matbuotda e’lon qilinadigan maqolalar, maktab 
insholari mavzularida ko‘rish mumkin.) So‘zsiz, mavzu referent 
vaziyatining - poydevori, shu poydevor asosida mazmun shakllana 
boshlaydi. 
Ma’lumki, matn mazmunida denotativ va signifikativ qatlamlar 
ajraladi. Matn denotati tasvirlanayotgan voqelikdir, shuning uchun ham 
uning mazmuni ko‘p jihatdan bayon qilinayotgan voqealar, hodisalar 
o‘rtasidagi bog‘liq munosabatlarni aks ettiradi. Psixolingvistlarning 
ta’biricha, matn denotati nutqiy faoliyatning dinamik birligidir va bu 
birlik bizning ongimizda ma’lum bir voqelik parchasining tasviri sifatida 
aks topadi. Matn denotativ mazmuni uzatilayotgan axborotning idrok 
etilish hamda tushunilish jarayonida anglanadi. Uzatilayotgan
axborotniyag mazmuni, mohiyatini fahmlash uchun esa o‘quvchi


mental faoliyat ko‘rsatmog‘i, dalillar izlashi kerak bo‘ladi. 
A.I.Novikov va G.D. Chistyakovalarning izoh berishlaricha,
matnni tushunish faqat lisoniy bilim bilan chegaralanmaydi, bunda 
axborotni uzatuvchi va qabul qiluvchi uning mazmunini voqelikdagi 
yagona bir hodisa bilan bog‘lashi g‘oyat muhimdir. Shuning bilan
birgalikda, yagona bir denotatning nutqiy tasviri muallif
ko‘zlayotgan g‘oya, niyatga nisbatan turlicha bo‘lishi
mumkinligini ham unutmaslik kerak. Mualliflarning e’tirof etishicha, 
«g‘oya mavzular tanlovi asosida matn boshlanishi va
tugallanishini muvofiqlashtiradi hamda bo‘lajak matnni yaratadi». 
227
Shunday qilib, matn mazmuni muallif ko‘zlayotgan g‘oya, 
maqsad va muloqot muhiti asosida muallif ongida shakllantirilgan 
semantik tuzilmadir. Muallif g‘oyasining shakllanishi va voqelanishi 
asosida matn mavzusi tug‘iladi. Lekin referent vaziyati nafaqat 
predmetlar, balki belgi, munosabatlar harakatini ham qamrab oladi. 
Shunga nisbatan matnda denotatlar asosan ot turkumiga oid birliklar 
bilan ifodalansa, ular o‘rtasidagi munosabatlar fe’l yoki boshqa 
predikatlar 
vositasida 
belgilanadi. 
Harakatdagi 
munosabatlar 
qamrovini aks ettiruvchi ma’noviy asosni aniqlash uchun esa
predmetlik xususiyatidagi denotativ-referent vaziyat tavsifiga ko‘ra, 
signifikativ bog‘liqlikka
nisbatan beriladigan tavsifga tayanish 
ma’qulroqdir. 
Matn mazmuni signifikativ qismining shakllanishi ham voqelik 
(denotat)ning nutqiy tafakkurdagi tasviri asosida kechadi. Ammo bu 
nutqiy-tafakkur faoliyati ikkinchi bosqichdagi faoliyat bo‘lib, uning 
yuzaga kelishida muallif g‘oyasi, kommunikativ maqsadini 
anglashdan tashqari, kommunikatlarning bilim darajasini hisobga 
olish ham muhim. Subyektiv va obyektiv bilish individual va umumiy 
(ijtimoiy) bilimlarning o‘zaro munosabati matnning mazmuniy 
tuzilishini belgilaydi (yaratadi). 
Matn mazmuniy markazi yoki, boshqacha aytganda, uning 
semantik mohiyati voqelik va uning nutqiy - tafakkur idroki 
jarayonida) tug‘iladigan tushuncha hamda lisoniy tuzilma o‘rtasidagi 
signifikativ ramzidir (aksidir). Bunday lisoniy va ruhiy-mantiqiy 
bog‘liqlik propozitsiya ko‘rinishini oladi hamda ushbu turdagi 
227

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə