2-3-amaliy mashg‘ulot. Pythonda ikki o‘lchovli massivlar Darsning maqsadi



Yüklə 14,92 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü14,92 Kb.
#181585
2-3-amaliy mashg‘ulot. Pythonda ikki o‘lchovli massivlar


2-3-amaliy mashg‘ulot. Pythonda ikki o‘lchovli massivlar
Darsning maqsadi: Talabalarga Pythonda ikki o‘lchovli massivlar haqida ko’proq tushuncha berish va ularda bilim, ko’nikmalar hosil qilish.
Python dasturlash tilida ba’zi hollarda bir nechta o‘lchamlari va turi bir xil bo‘lgan, bir o‘lchovli massivlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bir nechta bir o‘lchovli massivlarni birlashtirish natijasida ikki o‘lchovli massivlarni hosil qilish mumkin. Ikki o‘lchovli massivlarni tarkibida ma’lumotlar satrlarning satri ko‘rinishida tasvirlanadi. Ikki o‘lchovli massivlarning tarkibi ham bir o‘lchovli massivlar kabi tartiblangan bo‘ladi.
Ikki o‘lchovli massivlarga matematikadagi matritsalar misol bo‘lishi mumkin. Ikki o‘lchovli massivlar tarkibidagi elementlar xuddi matritsani elementlari kabi tasvirlanadi.
Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlangan matritsa ko‘rinishdagi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi ikki o‘lchovli massivlar deyiladi.
Ikki o‘lchovli massivning barcha elementlari aniq turga mansub bo‘ladi va uning elementlari bir nechta satrlar ko‘rinishda bo‘ladi. Ikki o‘lchovli massivlar quyidagi shaklda bo‘ladi.

Yuqoridagi shakldan ko‘rinib turibdiki ikki o‘lchovli massiv bir o‘lchovli massivlarning bir nechtasi yoki matritsa ko‘rinishida tasvirlanar ekan. Ikki o‘lchovli massivlarning kompyuter xotirasiga har bir satr uchun alohida tartib nomer ya’ni indeks bilan saqlanadi. Ikki o‘lchovli massivlarning har bir elementiga o‘zining indeksi bo‘yicha murojat qilinadi.
Ikki o‘lchovli massivlarni python dasturlash tilida faollashtirishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha.
= array([x1, x2, . . .],[ x1, x2, . . .], . . . ])
Ikki o‘lchovli massivlarni python dasturlash tilida faollashtirish uchun massiv o‘zgaruvchisi, massiv va uning elementlar kvadrat qavslar ketma ketligida yoziladi. Agar a[2,3] massiv berilgan bo‘lsa, 2 – bu satr tartibi, 3 – esa ustun tartibi hisoblanadi. Ikki o‘lchovli massivlarni python dasturlash tilida faollashtirish quyidagicha.

Massiv elementlari sonini, komplyator massiv elementlarining boshlang‘ich qiymatlarga qarab aniqlaydi. Massiv elementlarini ikkiga ko‘paytirb ekranga chiqarish jarayoni quyidagicha.
Misol. A(2,2) massiv berilgan uning elementlarini ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqarish dasturini tuzing.

Ikki o‘lchovli massivlar yordamida python dasturlash tilida matematikani balki boshqa sohalarning ham bir necha masalalarini hal etish mumkin.
Misol. A(n,n) matritsa berilgan uning juft elementlarini ikkiga, toq elementlarini to‘rtga ko‘paytirib ekranga chiqarish dasturini tuzing.


Ikki o‘lchovli massiv elementlarining har birini tekshirish yoki ular ustida amallar bajarish uchun ichma ich sikllardan foydalaniladi.
Bir o‘lchovli massivlar uchun aniqlangan barcha amal va funksiyalar, ikki o‘lchovli massivlar uchun ham o‘rinli hisoblanadi. Quyidagi dastur yuqoridagi fikrni isbotlaydi.


Random funksiyasi
Massiv elementlarini ixtiyoriy tasodifiy sonlar bilan to‘ldirish uchun python dasturlash tilida imkoniyat yaratilgan. Agar massiv elementlarini tasodifiy sonlar bilan to‘ldirish kerak bo‘lsa, tasodifiy sonlar bilan ishlash funksiyasiga murojat qilish kerak. Python dasturlash tilida tasodifiy sonlarni hosil qilishni random funksiyasi va uning bir nechta kutubxonalari amalga oshiradi. [a,b] oraliqda n ta sonni tasodifiy tanlash random funksiyasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Random.randint(a,b,n)
Random funksiyasining vazifasi biror bir o‘zgaruvchiga yoki massiv elementlariga tasodifiy sonni o‘zlashtirish uchun xizmat qiladi. Misol: A(10) massiv elementlarini tasodifiy sonlar yordamida hosil qilib uning juft elementlarini ikkiga ko‘paytirib ekranga chiqaring.

Demak, masala yechimiga e’tibor qaratsak, [1,20] oraliqdagi massivning tasodifiy sonlardan iborat 10 ta elementlari ichidan faqat to‘rttasi juft son ekan. Random funksiyasining random.uniform(a,b,n) va random.normal(a,b,n) funksiyalari ham mavjud.
Mavzularni o‘quvchi tez o‘zlashtirish maqsadida nisbatan oson dasturlar tanlanib olindi. Qiyinlik darajasi yuqori bo‘lgan dasturlarni yaratish uchun sintaksikani o‘rni yo‘q, unda faqat algoritmikani o‘rni bor.


Nazariy savollar

  1. Ikki o‘lchovli massivning umumiy ko‘rinishi?

  2. Ikki o‘lchovli massivning faollashtirish usullari?

  3. Massiv elementlarining shakllantirishni(klaviaturadan) tushintirib bering?

  4. Massivlar ustida aniqlangan amal va funksiyalar vazifalari?

  5. Random funksiyasi va uning umumiy ko‘rinishi?

  6. Random funksiyasining vazifasi?

Yüklə 14,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə