“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   190
saparniyozova 0

З а л е в с к а я А. А.
Текст и его понимание. - Тверь: ТвГУ, 2003. -С.25. 
212
Архипов В. К.
«Знак - предмет» и «знак - ситуация»: текст и дискурс. В кн.: А р х и п о в
В. Человеческий фактор в языке. -СПб., 2003. -С.102. 
С а ф а р о в Ш. 
Прагмалингвистика. –
Тошкент:Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. - Б. 224.
213
Xегай В. О.
 
О понятии дискурс // Филология масалалари. 2006, № 2 (11). -С.63-66.; 
С а ф а р о в Ш. 
Прагмалингвистика. -Тошкент:ЎзМЭ, 2008.- Б.222-229;
Йў л д о ш е в М. 
Бадиий 
матн лингвопоэтикаси. - Тошкент: Фан, 2008. - Б. 48. 


sifatida qarash ham unchalik ma’qul bo‘lmasa kerak. Bizningcha, 
Sh.Safarovning «diskurs inson ongli faoliyatining bir turi, turkumi 
bo‘lsa, matn uning ko‘rinishidir», degan ta’rifiga yergashgan ma’qul.
Matn yaratilishini diskursiv faoliyatning bir turi sifatida talqin 
qilish ushbu hodisaning dinamik xususiyatlariga, jarayonli belgilariga 
ko‘proq etibor qaratishni talab qiladi. Matnni o‘zgarmas, harakatsiz, 
turg‘un xususiyatlarga ega bo‘lgan hodisa ko‘rinishida tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Matnning maqomini, kategorial belgilarini aniqlash uchun 
uning ongli diskursiv faoliyat bilan bog‘liq tomonlariga e’tiborni 
kuchaytirish lozim bo‘ladi. Lisoniy hodisalar talqiniga yangicha 
yondashuv natijasida tadqiq maqsadi matn yaratishning inson kognitiv 
qobiliyati bilan bog‘liq jihatlarini aniqlash sari yo‘naladi. Subyektning 
kommunikativ-ijtimoiy hamda til tizimi qoida-normalariga mos 
ravishda matn yaratish va uni mazmunan idrok etish qobiliyati nutqiy 
tafakkur faoliyatining samarasini ta’minlovchi asosiy omillardandir. 
Kognitiv tilshunoslikning vazifalari, uning asosiy tamoyillarini 
aniqlashga harakat qilgan V.Z.Demyankov ushbu yo‘nalishdagi tahlilda 
«kognitiv muqobillik» va «bevosita muqobillik» tamoyillarini farqlash 
muhimligini alohida uqtiradi. «Kognitiv muqobillik», olimning 
ta’biricha, biror bir birlik haqida tasavvur qilish yoki uning haqida fikr 
yuritishda ushbu birlikning qanday idrok etilishi va hosil bo‘lgan 
tushunchaning qay darajada kognitiv voqelikka mos kelishini anglatadi. 
Ushbu tamoyil «bevosita muqobillik» holatiga ziddir. Binobarin, oxirgi 
tamoyilga binoan lisoniy voqelanish unsurlarining mazmuni bevosita 
voqelikdagi hodisalar mohiyatiga mos keladi. Buning izohini ingliz 
kognitologi R.Uilinski keltirgan «Bruklin ko‘prigi» so‘z birikmasi 
tahlilida ham ko‘rish mumkin. Bu lisoniy birlikning referenti obyektiv 
borliqdagi predmetdir. Bu predmet ko‘prik ko‘rinishiga ega va uni 
«Bruklin ko‘prigi» deb atashadi (chunki u Bruklinda qurilgan). Agarda 
kognitiv muqobillik tamoyiliga amal qiladigan bo‘lsak, «Bruklin 
ko‘prigi» atamasi real borliqdagi aniq bir predmet bilan bog‘liq emas, 
balki bu voqelikning kognitiv tasavvurdagi mohiyatiga yoki boshqacha 
ifodalaydigan bo‘lsak, voqelikning tafakkurda qoldirgan «izi»ga mos 
kelishi kerak.
214
214

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə