“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190
saparniyozova 0

К у б р я к о в а Е. С.
Размышления о судьбах когнитивной лингвистики //Вопросы 
философии, 2001.№ 1. - С 32. 
208
Кубрякова Е. С. 
Язык и знание: На пути получения знаний о языке: Части речи с 
когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. -Москва, 2004. -С. 9. 


qatorda, boshqa har qanday tuzilmaning ajratilishi uchun asos xizmatini 
o‘tar ekan, u kognitiv-diskursiv tahlilda ham asosiy «sinov maydoni» 
bo‘la olishga qodir. Darhaqiqat, matn tilshunosligining taraqqiyoti 
davrida «matn» tushunchasi ancha tor ma’noda talqin qilinib
tadqiqotchilar e’tiborini asosan uning moddiy jihatlari tortib kelayotgan 
edi. Matn yaratilishi va idrokini uzluksiz jarayon sifatida tasavvur qilish 
lozimligi faqat tilshunoslik fanida yuzaga kelgan «kognitiv inqilob»
209
sharoitidagina ayon bo‘ldi. 
Ma’lumki, kommunikatsiya statika va dinamika, jarayon va 
natija qarama-qarshiligi hamda mushtarakligida kechadi. Xuddi shu 
tarzdagi qarama-qarshiliklar va munosabatlar tizimida 
yaratiladigan matnni haqiqiy kommunikativ birlik sifatida e’tirof etib, 
uning kategorial xususiyatlari haqida so‘z yuritishimiz mumkin. Shu 
jihatdan, ayrim tilshunoslarning «matn nihoyatda mavhum xaraktyerga 
ega va uni kommunikativ faoliyatdan ajratib olish mumkin»
210
degan 
da’volari, bizningcha, g‘ayritabiiydir. Kichik hajmdagi matnlarning 
mazmuniy xususiyatlari bilan shug‘ullangan olim V.I.Yuganovning 
ushbu da’vosi bir qarashda asoslidek tuyuladi, chunki qayta 
takrorlanish va o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lgan yozma (ayniqsa, 
badiiy) matn nutq vaziyati bilan bevosita bog‘liqlik xususiyatiga ega 
emasdek ko‘rinadi. Ammo yozma matn ham muloqot vaziyatiga 
aloqadorlik xususiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Ma’lumki, 
situativlik matnning doimiy kategorial belgilaridan biridir va buning 
isbotini biz dastlab matnning qayta takrorlanishi sharoitlarida o‘z asosiy 
kommunikativ mazmunini saqlab qolishida yaqqol ko‘ramiz. Har 
qanday muloqot sharoitida matn vositasida uzatilayotgan axborotning 
qiymati saqlanadi, zero, uzatilayotgan axborotga nisbatan qo‘yiladigan 
asosiy talab - uning ushbu muloqot sharoiti uchun yangiligi, 
muhimligidir. Albatta, bunda matn muallifi axborotni uzatishning eng 
ma’qul usulini topishi zarur bo‘lganidek, retsipient ham matn 
tuzilishiga tayangai holda muallif unga qanday axborotni yetkazish 
niyatida ekanligini zukkolik bilan to‘g‘ri anglay bilishi muhimdir. 
209

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə