“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190
saparniyozova 0

Боймирзаева С. 
Матн мазмунида темпораллик семантикаси. –Тошкент:ЎзМЭ, 2009.-Б.73.
204
С а ф а р о в Ш.
Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006. -Б.25.
205
С а ф а р о в Ш.
Когнитив тилшунослик. -Б.23.


ma’lum bir voqelikning inson tomonidan idrok etilishi natijasida
yuzaga keladigan hodisadir. Voqelikni idrok etish uchun esa inson 
uning mohiyatini to‘la tasavvur etishi, boshqacha aytganda, to‘g‘ri 
«hazm qila bilmog‘i» yoki anglamog‘i lozim. Faqat shundagina 
mazmunan aniq va tugal matn yaratiladi. Demak, matn, shubhasiz, 
kognitiv tilshunoslikiiig tahlil obyekti bo‘la oladi hamda ushbu 
yo‘nalish doirasida uning mazmuniga xos botiniy xususiyatlar, 
konseptuallashuv jarayonida hosil bo‘ladigan mental qolipining 
tuzilishi o‘rganiladi. 
Matnning kognitiv tahlil obyekti sifatida e’tirof etilishi bevosita 
uning tabiati haqidagi tasavvurlarning ham ma’lum darajada 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Natijada I.P.Susovning matn tabiatan ikki 
jihatga ega («текст двулик по своей природе»)
206
degan tavsifi o‘z 
paytida (o‘tgan asrning 80-yillarida) qanchalik to‘g‘ri deb qabul 
qilingan bo‘lishiga qaramasdan, bu qarash hozirgi kunda 
tadqiqotchilarni qoniqtirmay qo‘ydi. Matnning ko‘p jihatli va ko‘p 
qirrali hodisa ekanligi tinimsiz ta’kidlanayotgan bir paytda, biz 
matnning lisoniy voqelikda tutgan o‘rnini tasvirlovchi zanjirga yana bir 
xalqani qo‘shishni ma’qul ko‘rgan bo‘lar edik va bu xalqa voqelik 
haqidagi tasavvurning konseptuallashuvini aks ettiradi. 
Kognitiv tilshunoslikka xos tadqiq uslublarining matn tahliliga 
tatbiq qilinishi, birinchi navbatda, matnning kommunikativ tizim va 
umuman, insonning borliq haqidagi bilimining asosiy unsuri sifatida 
e’tirof etilishi bilan bog‘liqdir. Bunday e’tirof esa, o‘z navbatida, 
tadqiqotchilar e’tiborini matnning ichki tuzilishi, strukturaviy 
xususiyatlaridan uning yaratilishi va mazmunan idrok etilishi (retsipient 
tomonidan qabul qilinishi) jarayoniga ko‘chishiga sabab bo‘ladi. 
Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasini «lisoniy jarayonlar, 
lisoniy birlik va kategoriya kabilarni ularning xotira, tasavvur, idrok, 
ong bilan munosabatida o‘rganish» deb bilgan E.S.Kubryakova 
207
keyinchalik ushbu vazifani «lisoniy strukturalar va bilim strukturasi 
o‘rtasida mavjud bo‘lgan doimiy muqobillikni yoritish» darajasigacha 
kengaytirdi.
208
Matn, eng muhim lisoniy struktura bo‘lish bilan bir 
206
Сусов И.П. 
О двух путях исследования содержания текста // Значение и смысл речевых 
образований.- Калинин,1979. –С. 90. 
207

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə