“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190
saparniyozova 0

Кубрякова Е.С.
Об установках когнитивной науки и актуальных проблемах когнитивной 
лингвистики // Вопросы когнитивной лингвистики. –Тамбов, 2004. –С.6. 
192
Кубрякова Е.С. 
Части речи с когнитивной точки зрения.-М., 1997.-С.37. 


obrazlarni yoki yagona konseptual sistemaning konseptlarini aks 
ettiruvchi barcha mental tajriba mujassamlangan bo‘ladi”.
193
Ong “kognitiv daraja sifatida” ikki qismga bo‘linadi: til ongi 
va tilga taalluqli bo‘lmagan ong. “Inson ongi nafaqat o‘zaro bog‘langan
mantiqiy hukmlar, tushunchalar va aqliy xulosalar sistemasi shaklida
to‘planilgan hayotiy tajriba, borliq va o‘zi haqidagi bilimlar
yig‘indisini, balki verbal bilimlar, tilni, uning morfologik, fonologik, 
mantiqiy, pragmatik, sintaktik va b. sistemalarini bilishni ham o‘zida
mujassamlashtiradi. Bu bilan til ongi boshqa “bilimlar bloki”ning 
ichiga kirib boradi va ongimizning eng muhim qismi hisoblanadi”.
194
Shu tariqa, til ongi, bu – ongning “ til ma’nolariga ega yig‘indidan 
iborat qismidir”. 
Kognitiv lingvistika nuqtayi nazariga ko‘ra ong to‘plangan 
bilimlar hisoblansa, ushbu bilimlarning yig‘uvchisi bo‘lib tafakkur 
hisoblanadi. Ko‘rinadiki, “tafakkur va ongning mavjud bo‘lishi va
joriylanishi o‘zaro shartlangan: ong (to‘plangan bilimlar holati) tafakkur 
jarayonini ta’minlab beradi, u esa, o‘z navbatida, bilimlar (ongning) 
to‘planish va sistematizatsiya qilinish manbai hisoblanadi”. Inson 
tomonidan bilimlar to‘plash, ya’ni tafakkur jarayoni ikki vaziyatning 
mavjudligi sharti bilan kechadi. Bu, birinchi tomondan, tafakkur 
jarayonida borliqning aks etishi bilan, ikkinchi tomondan, uni 
kodlashtiruvchi belgi sifatidagi tilning mavjudligi bilan bog‘lanadi. 
T.A.Fesenko ta’kidlaganidek: “Agar ong (tafakkur ham) fikrning 
mantiqiy shakllarida borliqni aks ettiruvchisi bo‘lsa, til (turli til 
formulalari vositasida) tafakkurimizning ifodalovchisi sifatida 
qatnashadi”. Shunga ko‘ra, kognitiv lingvistika borliq, tafakkur, ong va 
tilning o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib, “ bilim olish, uni 
qayta ishlash, qayta fikrlash va uni matnlarda voqelanish jarayonlari 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganadi”. 
Kognitiv lingvistikaning bugungi kunda quyidagi asosiy 
yo‘nalishlari mavjud:

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə