“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190
saparniyozova 0

Йўлдошев Б. 
Матнни ўрганишнинг лингвостатистик методлари. –Самарқанд, 2008.-Б. 26. 
183
Йўлдошев Б.
Матнни ўрганишнинг лингвостатистик методлари. –Самарқанд, 2008.-Б. 28. 


1400 ga yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga taalluqli 
so‘zlarning qo‘llanishda davom etganligi aniqlandi. Ot turkumiga
oid leksemalar yuqorida keltirilgan 1400 ta leksik birlikning deyarli 
25,1 

ini, ya’ni 583 tasini tashkil qiladi. Sifat kategoriyasiga oid
116 ta qadimgi turkiy leksema Navoiy asarlarida qo‘llanishda
davom etgan. Qadimgi turkiy tildagi son turkumiga oid 
so‘zlarning 44 tasi Navoiy asarlarida ham qo‘llangan. Statistik
tahlil Navoiy asarlari so‘z boyligida 33 ta olmoshlar keng 
qo‘llanganligidan dalolat beradi. Navoiy asarlarida qo‘llanishda
davom etgan leksemalarning 557 tasi (24,0 %)ni fe’l kategoriyasiga 
oid so‘zlar tashkil etadi, bu fe’llarning 183 tasi tub, qolgan 374 tasi 
esa yasama ekanligi aniqlandi.
184
O‘zbek tili materiallari bo‘yicha statistik tadqiqotlar olib borgan 
yana bir olimlar S.Rizayev va S.Muhamedovlardir. Mazkur olimlar 
ham asosan kompyuter lingvistikasining statistik tahlil yo‘nalishi 
bo‘yicha ishlarni amalga oshirishgan. S.Muhamedov o‘zining 
R.R.Piotrovskiy bilan hammualliflikda yozgan «Инженерная 
лингвистика и опыт системно-статистического исследования 
узбекских текстов» nomli kitobida lingvistik modellar
modellashtirish va uning umumiy tamoyillari haqida fikr yuritib, 
o‘zbekcha matnlarning kvantitotiv modellarini keltiradi. Mualliflar, 
shuningdek, mazkur asarda turk gazeta matnlarining leksik-
morfologik mashina tarjimasini ham berganlar (ishning oldingi 
sahifalarida qayd etilgan A.Babanarovning tadqiqotlariga munosabat 
sifatida). Mazkur asarda sun’iy intellekt yaratish va injener 
lingvistikasi metodlari bilan o‘zbekcha nutqni avtomatik qayta ishlash 
jarayonida foydalanish uchun zaururiy bo‘lgan o‘zbekcha matnlarning 
leksik – morfologik tuzilishining statistik tahlili natijalari keltirilgan. 
Albatta, bunday yirik, jiddiy ilmiy asarni yaratishda S.Muhamedov bu 
sohadagi o‘z izlanishlariga suyangan. Yа’ni uning «Статистический 
анализ лексико-морфологической структуры узбекских газетных 
текстов» (nomzodlik dissertatsiyasi) va «O‘zbek tilining alfavitli–
chastotali lug‘ati (gazeta tekstlari asosida)» asarlari yuqoridagi 
asarning yozilishida manba bo‘lib xizmat qilgan. 
S.Rizayev «Kibernetika va tilshunoslik» asarida tilshunoslikda 
aniq metodlarning qo‘llanilishi va bunda EHMni qo‘llash, til va nutq 
hodisalariga statistik yondashishining sabablari hamda matnlarni 
184
Йўлдошев Б.
Матнни ўрганишнинг лингвостатистик методлари. –Самарқанд, 2008. -Б. 29.


avtomatik qayta ishlash va mashina tarjimasi muammolari
shuningdek, harflar chastotasini aniqlashda EHMdan foydalanishga 
doir ma’lumotlar bergan
5
. S.Rizayevning ko‘plab boshqa ilmiy ishlari 
ham asosan kompyuter lingvistikasining statistik tahlil yo‘nalishiga 
oiddir. Shu jumladan, olimning nomzodlik dissertatsiyasi ham o‘zbek 
adabiy tilining grammatik va fonologik sistemasini statistik 
tekshirishga bag‘ishlangan. S.Rizayev 2008 -yilda “O‘zbek tilining 
statistik tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 
Doktorlik ishida fonetik, morfologik va leksik sath birliklarini 
statistik tadqiq qilish metodlari ko‘rsatilgan.
Demak, o‘zbek tilshunosligida ham keyingi yillarda statistik 
metodlardan foydalanish sohasida muayyan natijalarga erishilgan.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə