“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


O‘zbekistonda matnni tekshirishda lingvostatistik metodlardan



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190
saparniyozova 0

O‘zbekistonda matnni tekshirishda lingvostatistik metodlardan
foydalanish 
Rus va o‘zbek tillarining qiyosiy fonetikasi bo‘yicha dastlabki 
statistik tadqiqot V.M.Popovning “O‘zbek va rus tillarini qiyosiy 
o‘rganishda statistik metodni qo‘llash”
 
nomli maqolasi (1949) 
sanaladi. Bu maqolada har ikki tildagi tovushlarning nutqdagi o‘rni, 
ishlatilishi, miqdori, yumshoqlik va qattiqlik xususiyatlarini aniqlash 
bo‘yicha olib borilgan tekshirishlarning natijalari keltirilgan. 
A.Pankrateva 60-70-yillarda rus va o‘zbek tillarida so‘zlarning 
qo‘llanish chastotalarini M.Sholoxovning «Tinch Don» epopeyasi 
misolida tahlil etgan edi. Olimaning hisob-kitoblariga qaraganda
o‘zbek tilida 187 ta rang bildiruvchi so‘z mavjud, rus tilida esa 147 
ta rang ifodalovchi so‘z bor. Ana shu 147 rang bildiruvchi 
so‘zlardan 45 tasi, ya’ni 33,0 % i o‘zbek tilida o‘z ekvivalentiga 
ega emas.
Tilshunos olim B.Bafoyevning Alisher Navoiy asarlari
leksikasiga oid monografiyasining dastlabki bobi "Alisher Navoiy 
asarlari leksikasini statistik o‘rganish natijalari" deb nomlanadi. 
Ishning "So‘z boshi" qismida Alisher Navoiy asarlari tilini statistik 
jihatdan o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar, e’lon 


qilingan lug‘atlar, "Abushqa", "Sangloh", "Badoe ul-lug‘at" singari 
bir qator qo‘lyozma lug‘atlardagi izohlangan so‘zlar miqdori haqida 
qisqacha ma’lumot berilgan. B.Bafoev Alisher Navoiy asarlari tilida 
forscha-tojikcha 
va 
arabcha so‘zlar miqdori haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun 
shoirning "G‘aroyib us-sig‘ar" devoniga kiritilgan bir g‘azaldagi 
100 ta so‘zni olib, ularning 55 tasi o‘zbekcha, 20 tasi arabcha, 19 tasi 
forscha-tojikcha ekanligini qayd etadi hamda bu ma’lumotlarni ulug‘ 
shoirga yaqin zamondosh bo‘lgan Gadoiy, Atoiy, Lutfiy, Sakkokiy, 
Husayniy she’riyatidan olingan xuddi shunday 
miqdoriy 
ko‘rsatkichlar bilan qiyoslaydi va quyidagi haqqoniy xulosaga 
keladi: 1) barcha ijodkorlar ijodida, arabcha, forscha-tojikcha 
so‘zlar deyarli bir xil sonni tashkil qiladi; 2) Alisher Navoiy o‘z 
asarlarida arabcha, forscha-tojikcha so‘zlarni, ko‘p qo‘llagandek 
tuyulsa-da, bu ko‘plik uning asarlarining hajmi bilan bog‘liqdir.
181
Eng 
muhimi, 
bu 
monografiyada 
Alisher 
Navoiyning 
24 
ta asari qo‘lda, EHMsiz miqdoriy tahlil qilinib, ularda jami 
26035 ta so‘z qo‘llangani haqidagi aniq statistik ma’lumotlar
 
keltirilgan.
O‘zbek tilshunosligida matnning lug‘aviy tarkibini 
miqdoriy jihatdan o‘rganish sohasida V.V.Reshetov (1934), 
A.K.Borovkov (1940), F.Abdullayev (1949), M.Mirzayev
(1951), 
I.Rasulov 
(1951), 
G.Muhammadjonova 
(1972), 
N.G‘ulomova (1975) kabi olimlar amalga oshirgan ishlar 
keyinchalik ayrim olimlar tomonidan tanqid qilindi. Masalan, 
prof.E.Begmatov matn leksikasini tahlil qilishning
bunday miqdoriy 
usullarini o‘z mohiyatiga ko‘ra noilmiy, nazariy jihatdan yetarli 
asoslanmagan bir urinish, deb hisoblaydi. Prof.E.Begmatov o‘zining 
bu fikrini quyidagi dalillar bilan asoslashga intiladi: 1. Matnlarda 
ko‘p bor takror qo‘llanuvchi so‘zlar (masalan bog‘lovchilar, atoqli 
otlar va b.) miqdoran qanday hisoblangani bu ishlarda noaniq. 2. 
O‘zlashma so‘zlar asosida o‘zbek tilida yasalgan so‘zlarning o‘z 
qatlamga kiritilgani yoki o‘zlashma qatlamga kiritilgani ham 
noma’lum. 3. Olib borilgan tahlillarda asosiy diqqat o‘zlashma 
181

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə