“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


V.Badiiy matn va tasviriy vositalar



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190
saparniyozova 0

V.Badiiy matn va tasviriy vositalar.
Har qanday badiiy 
asarning ta’sirchanligini unda qo‘llanilgan badiiy tasvir vositalari 
ta’minlaydi. Ularsiz badiiy asar quruq va zerikarli bo‘ladi. Chunki 
kitobxon uchun asarda qalamga olingan voqealargina muhim emas. 
Balki, voqealar qanday ifodalangani ahamiyatlidir. Yozuvchining 
mahorati badiiy tasvir vositalarini qay darajada ishlata olishiga bog‘liq 
bo‘ladi.
-Metafora, metonimiya, sinekdoxa, kinoya, o‘xshatish, farqlash, 
jonlantirish, mubolag‘a, kichraytirish, antiteza, parafraza, oksyumoron 
kabilarni aniqlash va ularning badiiy matndagi o‘rnini, ahamiyatini 
yoritish. 
-Ibora, maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, ta’sirchan 
birikmalarni belgilash. Kimning nutqida, qanday muhitda, qay 
maqsadda, o‘rinli-o‘rinsiz qo‘llanilishi kabilar haqida fikr yuritiladi. 
-Matnlararo aloqadorlikni aniqlash. Matn variantlarini qiyoslash. 
Matn ichida qo‘llanilgan o‘zga matn ko‘rinishlarini (nazira, taqlid, 
naql, hadis, rivoyat, miflar, afsonalar, didaktemalar) aniqlash va asar 
mazmuni bilan qay darajada uyg‘unligi haqida fikr yuritish.
G.Estetik hodisa sifatida matn. 
Badiiy asar agar kitobxonlar e’tiborini tortgan bo‘lsa, albatta bu 
asar haqida gazeta, jurnallarda, turli adabiy tanqidiy kitoblarda, ilmiy 


tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada fikr-mulohazalar berilgan 
bo‘ladi. 
Asar 
haqidagi 
tanishtiruv 
maqolalar, 
taqrizlar 
munaqqidlarning fikrlari bilan tanishish fikr ufqingizni kengaytiradi. 
Shuningdek, tahlil xolisligini ta’minlashga yordam beradi.
-Yozuvchi uslubi va asar yozilgan davrdagi yetakchi uslublarni 
aniqlash. Asar tili va davr tili o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash. 
Asarning boshqa tillarga tarjima qilinishi, adabiyotshunoslik nuqtayi 
nazaridan asar ahamiyatini belgilash kabilar tahlil tugalligiga xizmat 
qiluvchi omillar hisoblanadi.
Badiiy asar lisoniy jihatdan tahlil qilinayotganda mavzuga 
aloqador ilmiy-nazariy adabiyotlardan foydalanilsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Faqat foydalangan adabiyotingizni albatta havolada 
ko‘rsatgan bo‘lishingiz lozim. Adabiyotni havolada ko‘rsatishning 
ham o‘z tartibi bor. Masalan, biror bir asardan olingan ko‘chirma 
keltirdingiz deylik. Qo‘shtirnoqdan keyin havola raqami qo‘yiladi. 
O‘sha sahifaning pastki qismiga havola raqami qo‘yiladi va 
muallifning ismi sharifi, asar nomi, nashr joyi, yili va ko‘chirma 
olingan sahifa raqami yoziladi. Masalan:
178
Hojiyev A. Tilshunoslik 
terminlarining izohli lug‘ati.-T., 2002, 5-b.
Agar asardan ko‘chirma olmay mazmunidan foydalangan 
bo‘lsangiz havolada muallif ismidan avval «Bu haqda qarang» 
birikmasini qo‘shib qo‘yasiz. Bir asardan bir necha o‘rinlarda 
foydalangan bo‘lsangiz birinchisida to‘liq yoziladi, keyingilarida esa 
muallif ismi sharifidan keyin «O‘sha asar» yozuvi va sahifasi 
ko‘rsatiladi. Asar umumiy adabiyotlar ro‘yxatida berilganida siz 
foydalangan sahifa raqami emas, balki asarning necha sahifadan iborat 
ekanligi yoziladi.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə