“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   190
saparniyozova 0

A.Dastlabki tayyorgarlik
. Har qanday badiiy asarni o‘qish 
uchun dastlabki tayyorgarlik zarur bo‘ladi. Bu tayyorgarlik aslida 
avtomatik tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, biror bir asarni 
o‘qimoqchi bo‘lganingizda asar muqovasining o‘ziyoq sizga dastlabki 
ma’lumotlarni beradi. Muqovaning bezatilishi, muallif ismi-sharifi
hatto roman deb yozib qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha so‘zning o‘zi ham matn 
bilan munosabatga kirishishingizni ta’minlaydi. Biz aytmoqchi 
bo‘lgan tayyorgarlik ham shunga yaqin faqat biroz vaqt, biroz qunt va 
jiddiyat talab qilishi bilan farqlanadi. Bu tayyorgarlikni to‘rt odimda 
umumlashtirishga harakat qildik. 
Birinchi odim. Matnga aloqador ma’lumotlarni o‘rganish.
- Asarning nomi, yozuvchisi, nashr etilgan yili va joyi. Hajm 
belgisiga ko‘ra matn turini aniqlash. 
- Matn haqidagi yozuvchining yoki nashrga tayyorlovchining 
kirish so‘zi. 
- Matn turini aniqlash. 
Ikkinchi odim. Matn tuzilishini o‘rganish.
- Matnning tashkil tarzini o‘rganish. Bob, fasl, qism, bo‘lim va 
ularning nomlarini, nazmiy asar bo‘lsa bayt, misra kabi tashqi 
xususiyatlarini aniqlash. 
- Yordamchi qismlarini aniqlash. Epigraf, epilog, agar nazmiy 
asar bo‘lsa sarlavha, atov so‘zi bayt, misra kabilarni aniqlash.
Uchinchi odim. Matnni birinchi marta o‘qish.
 
Matnni sinchiklab 
o‘qish va tushunilishi qiyin bo‘lgan joylarni belgilab borish, o‘qish 
jarayonida e’tiborni tortgan so‘z, ibora, maqol-matal va ayrim 
epizodlar yoniga belgi qo‘yib borish tavsiya qilinadi. 
To‘rtinchi odim. Matn va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi aloqani 
o‘rganish. 
-
Matn qaysi davrda, qayerda, qanday ijtimoiy muhitda 
yozilganligini aniqlash. 
-Matnda qalamga olingan voqealar qaysi hudud va qaysi davr 
uchun xosligini aniqlash. Matnning ifoda maqsadi va mazmuniga 
ko‘ra turini belgilash. 
-Matn yozilgan davr va yozuvchi mavqeyi. Yozuvchiga 
zamondoshlarining munosabati va yozuvchining zamondoshlariga 
munosabati. 
-Yozuvchining boshqa asarlari va siz tahlil qilayotgan asari 
o‘rtasidagi aloqadorlik. Bu asarning boshqa asarlardan farqi. 



Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə